O‘zbekistonda qimmatbaho metallar sohasida ilmiy markaz tashkil etiladi

© Sputnik / Mark Agnor / Mediabankka o‘tishPogruzka zolotosoderjashey rudi
Pogruzka zolotosoderjashey rudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kamob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturi shakllantiriladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazi tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mamlakatda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprelya provel soveshanie po obsujdeniyu zadach v sfere geologii i gorno-metallurgicheskoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
“Natijada o‘tgan yili tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi. Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, elektromobil, “yashil” energetika, elektrotexnika sanoatida kamob metallarga talab tobora ortib bormoqda. Shuning uchun so‘nggi yillarda jahon bozorida molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oshgan.
“Sanoat uchun muhim minerallar xomashosi hamda ularning turini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. Hozirda yurtimizda 6 turdagi shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga qo‘shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganes kabi minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor. Masalan, avvallari o‘zimizda bo‘lmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovchi qismlar yo‘nalishida 100 million dollarlik qiymat yaratish mumkin”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi bilan muhim minerallar bo‘yicha erishilgan kelishuv bu borada katta bozor ochadi.
O‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda
Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi. Bu yo‘nalishni ilm bilan rivojlantirish, shu maqsadda loyiha ofisi tashkil etib, yetakchi institut va ilmiy markazlarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko‘paytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
Prezident kombinatda ishlab chiqarish tannarxini 10-15 foizga pasaytirish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprelya provel soveshanie po obsujdeniyu zadach v sfere geologii i gorno-metallurgicheskoy promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
“Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Uzbekneftegaz i Tatneft  razrabotayut strategiyu povisheniya effektivnosti geologorazvedochnix rabot v respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2024
“O‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv sohasiga “Tatneft” mutaxassislarini jalb qildi
Yangiliklar lentasi
0