O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida 2,58 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaO‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri OIIB vitse-prezidenti bilan uchrashdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki o‘rtasida (OIIB) 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida o‘tgan uchrashuvda so‘z bordi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo OIIB vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi.
© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaO‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi.
Ministr investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan Laziz Kudratov provol vstrechu s vitse-prezidentom Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy Konstantinom Limitovskim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2024
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashdi.
Tomonlar energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va suv ta’minoti sohalarida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq qilish jarayoni hamda 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqishdi.
“Dastur doirasida yashil energetika, suv ta’minoti, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va infratuzilmaviy rivojlanish kabi jami 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyihani moliyalashtirilishi nazarda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda bank ishtirokida davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi tarmoqlarda umumiy qiymati 2,57 milliard dollarlik 13 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan AIIB Boshqaruvchilar Kengashining 9-yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining shu yilning yanvar oyida OIIB bosh qarorgohiga tashrifi yakunlari bo‘yicha 2024-2026-yillarda O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolangan edi.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy Szin Litsunya v ramkax meropriyatiy vtorogo dnya gosudarstvennogo vizita v KNR.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
O‘zbekiston Xitoy banki bilan yangi sheriklik dasturini qabul qiladi

Yangiliklar lentasi
0