O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energiya tizimlarini birlashtirishga kelishib oldi

© Ministerstvo energetiki respubliki UzbekistanToshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qozog‘iston Ozarbayjon energetika vazirlari energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolashdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Tadbirda O‘zbekiston energetika vaziri, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika vazirlari, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri hamda boshqa vazirlik va idoralar, xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirok etdi.
Unda “O‘zbekiston - Qozog‘iston - Ozarbayjon energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash loyihasi (“Yashil yo‘lak”)” taqdimoti o‘tkazildi.
“Anjumanda Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash orqali mintaqada ishlab chiqarilgan yashil energiyani Yevropaga eksport qilish loyihasini dastlabki texnik-iqtisodiy asoslantirishning texnik shartlarini tasdiqlash, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini o‘rganib chiqish uchun xalqaro konsultantlarni yollash masalalarini ko‘rib chiqish, loyiha yuzasidan davlatlararo bitim loyihasini tayyorlash singari va boshqa masalalar muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir so‘ngida Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika vazirliklari rahbarlari energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolashdi.
Imzolangan memorandumdan maqsad O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash loyihasi doirasidagi hamkorlikning asosiy shartlarini belgilashdan iborat.
Hujjatda ishtirokchilar O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istondan yashil energiya savdosining texnik va iqtisodiy nuqtayi nazaridan eng maqbulini amalga oshirish uchun Kaspiy dengizi tubi va boshqa mamlakatlar hududida yuqori voltli kabel yotqizish orqali energiya tizimlarini ulash imkoniyatlarini o‘rganish nazarda tutilgan.
Qozog‘iston energetika vazirining qayd etishicha, avvalroq Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab chuqur dengiz kabelini yotqizish bo‘yicha texnik shartlar loyihasi ishlab chiqilgan.
“Texnik topshiriqlar doirasida xalqaro uzatish yo‘laklarini rivojlantirish (moliyalashtirish, daromadlar oqimi va mulkchilik) hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yashil energiyani sotish bo‘yicha taklif etilayotgan biznes modeli ishlab chiqiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, uch mamlakat energetika vazirliklari o‘rtasida Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika tizimlarini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik memorandumi loyihasi ishlab chiqildi”, — dedi vazir.
Qozog‘iston Energetika vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu loyihani amalga oshirishning asosiy yondashuvlari muhokama qilingan va kelishilgan hamda Qozog‘iston departamenti kelgusida to‘laqonli hamkorlik qilishga to‘liq tayyor.
Yangiliklar lentasi
0