Leonid Vardomskiy: MDH o‘z faoliyatini davom ettiradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite YevrAzES
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite YevrAzES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sochi shahrida o‘tkazilgan MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq sammitlarida qator davlat rahbarlari o‘z fikrlarini bildildilar. Bu fikrlar ortiqcha maqtovlarsiz va davlatlararo hamkorligining turli sohalariga tegishli bo‘ldi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik, Lev Rijkov. Davlat rahbarlarining fikrlariga izoh olish maqsadida Sputnik tahririyati iqtisodiyot institutining sobiq Sovet tadqiqotlar markazi rahbari Leonid Vardomskiyga murojaat qildi.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston MDH erkin savdo hududi shakllantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi

Integratsiya muammolari

— Sammitda MDH zamonaviy voqeliklarga javob berish zarurligi aytildi. Prezident Lukashenko ushbu tashkilotning samarasizligini keskin tanqid qildi. Bugungi kunda unga a’zo bo‘lgan davlatlarga MDH kerakmi hamda bu tashkilot ular iqtisodiyotiga nimalarni bermoqda?

— Prezidentlar doim haqdirlar. Bu shak-shubhasiz faktdir, bu bilan hisoblashish kerak. Yuqori darajadagi rahbarlar chiqishlarida doim oqilona tanqid va har tomonlama asoslangan takliflar qayd etiladi. Chunki ular maslahatchilar, muammolarni tatqiq qiluvchilar, amaliyotchilar fikrlariga tayanib, umumlashtiriladi va bularning barchasi hosil bo‘lgan fikrlarni jamoatchilik ko‘rib chiqilishi va o‘z fikrini shakllashtirilishi uchun havola etiladi.

Haqiqatdan, hozir MDH tashkilot sifatida qiyin ahvolda qoldi. Chunki tashkilotga a’zo bo‘lgan mamlakatlar turli integratsiya yo‘nalishlariga ega. Mamlakatlarning bir qismi Yevroosiyo ittifoqiga a’zo mamlakatlarga, qolgan mamlakatlar, Yevropa interatsiyasiga yo‘naltirilgan. Uchinchi qism betaraf pozitsiyaga ega bo‘lgan mamlakatlardir. Shuning uchun, Rossiya va Yevropa Ittifoqi, geosiyosiy mojarolar, Ukraina masalasini hisobga olgan holda hamma mamlakatlarini birlashtiradigan biror kun tartibini o‘ylab topish juda qiyin.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: MDH O‘zbekiston uchun qarashlarni solishtirish "maydoni" emas

O‘ylaymanki, shu bilan birga barcha mamlakatlar Ukraina bilan sherikchilik saqlab qolinishidan manfaatdor. Ayniqsa, ularning ko‘pchiligida MDH doirasidaga erkin savdo hududi amal qiladi. Ushbu birlashmaning a’zosi bo‘lgan birgina Rossiya Ukraina bilan erkin savdo zonasi tartibi amal qilinishini muzlatib qo‘ygan. Qolgan davlatlar muzlatmagan.

- Bugungi kunda davlatlararo yirik loyihalar bo‘lishi mumkinmi?

— Dargumon. Bu tushunarli. Lekin Yevroosiyo ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bor. Va u MDH mamlakatlari uchun ochiqdir. Bularga raqamli iqtisodiyot, texnologik platformalar, transport, energetika sohalarida hamkorlik masalalari kiradi. Barcha mamlakatlar buni biladi. Lekin qandaydir sabablarga ko‘ra, turli darajada faollik ko‘rsatmoqda. Shu bois shunday qiyin vaziyat yuzaga kelmoqda. Va hozir chamasi Yevropa Ittifoqi va Rossiya bilan munosabatlar yo‘lga tushmaguncha Yevroosiyo va Yevropa integratsiyalari o‘rtasida vositachi bo‘lgan MDH missiyasini o‘ylab topish kerak bo‘ladi. Lekin hozircha siyosiy shart-sharoitlar paydo bo‘lmadi. Shuning uchun bori shu. O‘ylaymanki, MDHni yopish kerak emas. Agarda ovozga qo‘yiladigan bo‘lsa, ko‘pchilik Hamdo‘stlik tarqatib yuborilishiga qarshi ovoz beradi. Ishni shunday tashkil qilish kerakki, barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanish zarur.

Qardosh xalqni qo‘llab-quvvatlash zarur

— Moldova prezidenti Igor Dodon MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq mavjudligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. Qanday qilib bu integratsiya Moldova tomonidan imzolangan Yevropa ittifoqi bilan assotsiatsiya to‘g‘risidagi bitimga mos keladi?

— Moldova etnik tarkibi va madaniy an’analari jihatidan ancha murakkab mamlakatdir. Aholining bir qismi Ruminiya tomon intiladi va ular Yevropa Ittifoqi orqali ushbu tarixiy orzuni amalga oshirishga umid qiladilar. Boshqalar esa Ruminiya tarkibida bo‘lishni xohlamaydilar. Ular Yevropa ittifoqi, Yevroosiyo ittifoqi hamda MDH bilan muvozanatga keltirilgan munosabatda bo‘lishni xohlashadi.

Sotrudnik TIK vo vremya podscheta golosovov na viborax. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezidentlik saylovlari: ikkinchi bosqich bo‘lishi mumkinmi

Moldovada jamiyat bo‘linib qolgan. Prezident ko‘ptomonlama hamkorlik va muvozanatli siyosatni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor bo‘lgan qismini ifodalaydi. Hukumat va parlament Yevropaga xayrixoh bo‘lmoqda. Shu sababli qarama-qarshiliklar yuzaga kelmoqda.

Aholining katta qismi prezidentni qo‘llab-quvvatlashiga qaramasdan uning vakolatlari oz. Siyosiy tomondan davlat boshqaruv organlarida aholi vakillari kamchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun bunday qarama-qarshi qarashlar yuzaga kelmoqda. Bunga katta urg‘u berish kerak emas, deb o‘ylayman. Mamlakatdagi og‘ir vaziyatni inobatga olgan holda imkon borich prezidentga yordam berish kerak. Qardosh Moldova xalqini qo‘llab quvvatlash zarur.

Bitkoynlar bilan to‘laymizmi?

— Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida mamlakat rahbarlari 2025-yilgacha qo‘shma raqamli kun tartibi to‘g‘risida bitim imzolashdi. Sizning fikringizcha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida internet-iqtisodiyot va raqamli savdo qanday pul birligida hisob-kitob qilinadi? Ilgariroq Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Semashko hisob-kitoblar Rossiya rubliga o‘tish mumkinligi haqida aytgan edi.

— Bu texnik masala, deb o‘ylayman. Rossiya va Belarus o‘rtasida katta miqdordagi savdo hajmi milliy valyutalarda amalga oshiriladi. Qozog‘iston bilan ham shunday. Shuning uchun bu yerda muammolar yo‘q. Savdo-sotiq qilishga narsa bo‘lsa bo‘ldi!

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlari rahbarlari nimalar haqida kelishib olishdi

O‘ylaymanki, bu yerda Xitoy katta o‘rin egallaydi. Agarda Xitoy mahsulotlari bilan internet-do‘konlar orqali savdo qilinsa, qanday farqi bor?

Elektron savdo kanallari bo‘yicha milliy tovarlar sotilsa bu boshqa gap. U holda bo‘lsa vaziyat boshqacha bo‘ladi. Unda valyuta qandaydir rol o‘ynashi mumkin. Shuning uchun, bu yerda eng asosiysi: a) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari aholisi talabgor bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish sanoatini yo‘lga qo‘yish zarur; b) elektron savdoning zamonaviy tizimini yaratish kerak. Lekin bular yetarli emas.

Raqamlashtirish keng ko‘lamli qo‘llash imkoniyatlariga ega. Gap kompyuter va informatsion texnologiyalar yutuqlarini boshqaruv va biznesda, uy-ro‘zg‘orda joriy etish haqida bormoqda. Elektron savdo — bu raqamlashtirishning faqatgina bir qismi. Bu kelishilgan, rejalashtirilgan va hamkorlikda tatbiq etiladigan jarayondir. Masalan, Belarus nimadir joriy etdi, Qirg‘iziston ortda qoldi. Ana shunda davlatlar turli tilda gaplashadigan bo‘ladi. Ushbu jarayon bir tekisda, ravon tarzda, barcha a’zo mamlakatlarni qamrab olgan holda kelishi lozim. Texnologik sohada oldinga chiqqan mamlakat texnologik ustunlikni qo‘lga kiritadi. Va bu yerda, qanday valyutada olish farqi yo‘q, baribir ular ustunlikka ega bo‘ladilar.

- Nima bilan to‘lash — bu o‘ninchi darajadagi ishmi?

— O‘ylaymanki, agarda mahsulot bo‘lsa, iste’molchilar har doim qanday to‘lash yo‘lini topadilar. Agarda valyuta ozmi ko‘pmi barqaror bo‘lsa unda farqi yo‘q. Lekin, albatta siyosiy jihat ham bor. Nima uchun boshqa davlat moliviy tizimini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak, agar o‘zimiznikini qo‘llab-quvvatlashimiz mumkin bo‘lsa?

- Bitkoynlar bo‘lishi mumkinmi?

— Bitkoynlar ko‘proq xizmatlar sohasida rivojlanadi. Qayerda kerak bo‘lsa va maqsadga muvofiq bo‘lsa. Xizmatlar sohasi markazlashmagan  bo‘ladi va davlat tomonidan qattiq nazorat qilinmaydi. Strategik tovarlar: ko‘mir, neft, gaz — bular bitkoynlar bilan hisob-kitob qilinishi dargumon.

Yangiliklar lentasi
0