O‘zbekiston dunyoni hayratga solishiga ishonchim komil - Habib Abdullayev

© Sputnik / Vladimir TrefilovPredsedatel Uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii v gorode Moskva Xabib Abdullayev
Predsedatel Uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii  v gorode Moskva Xabib Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri Moskvada shahridagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi rahbari Habib Abdullayev bilan suhbatda bo‘ldi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik, Dilshodbek Asqarov. Sputnik o‘quvchilarni xorijda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar bilan tanishtirishda davom etadi. Tahririyatning bugungi mehmoni Moskvada shahridagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi rahbari Habib Abdullayev.

- Habib aka, avvalo o‘zingiz haqingizda gapirib bersangiz.

— Men 1967-yilda Moskvada o‘zbek oilasida tug‘ilganman. Ajdodlarim Farg‘ona vodiysining O‘sh shahri yaqinidagi Aravon qishlog‘iga borib taqaladi. Ismimni taniqli davlat arbobi va geolog olim bo‘lgan bobom sharafiga qo‘yishgan. Bobom O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi prezidenti sifatida, O‘zbekiston ilmiy salohiyati yuksalishi uchun munosib hissa qo‘shgan inson sifatida o‘zidan yorqin xotira qoldirgan. U kishi sobiq ittifoqdagi oliy darajadagi ilmiy mukofot — Lenin mukofotini olgan birinchi o‘zbek olimi bo‘lgan. Bobom judayam quvnoq va ko‘ngilchan bo‘lgan ekan. Afsuski, u 49 yoshida vafot etgan, menga bobomni ko‘rish nasib etmagan.

Predsedatel Uzbekskoy natsionalno-kulturnoy avtonomii g. Moskvi Xabib Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Navro‘zni nishonlash migrantlar uchun juda muhim - Habib Abdullayev

Otam Toshkentda o‘sgan, ammo voyaga yetgach Moskvaga yo‘l olgan. U Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) talabaligidan tortib sobiq SSSR va Rossiyaning qator davlatlardagi elchisi lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan, ko‘p yillar yadroviy qurolsizlanish sohasida faoliyat ko‘rsatgan. Bo‘sh vaqtlarida esa fransuz imperatori Napoleonning o‘tkir iboralaridan iborat to‘plam — "Napoleon shunday degandi" nomli kitob yozgan.

Men ham MGIMOni bitirganman, ammo diplomatik xizmatda ko‘p ishlamaganman. Xorijiy va Rossiya kompaniyalarida ish yuritganman, bir muddat Rossiya Matbuot va Iqtisodiy taraqqiyot vazirliklari tizimida faoliyat ko‘rsatganman. Bobom va otamdan farqli ravishda hozircha kitob yozganim yo‘q, lekin numizmatika bo‘yicha risola yozish niyatidaman. Shuningdek, MDU tarix fakultetida Rossiyadagi o‘zbek diasporasining tarixi va bugungi kuni haqida dissertatsiya yozapman.

O‘zbekistonga muntazam ravishda borib turaman — axir u yerda mening ota va ona tomondan ko‘plab qarindoshlarim yashaydi. Avvallari faqatgina qarindoshlarnikiga mehmonga borardim, lekin oxirgi vaqtda O‘zbekistonga safarlarim kasbiy tusga ega bo‘lib bormoqda.

- Moskvada 2005-yildan buyon sizning muassisligingizda «O‘zbegim» gazetasi chop etib kelinadi. Gazeta chop etish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan va u kimlarga mo‘ljallangan?

— 2005 yilda Moskvadagi qurilishlardan birida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari qanday sharoitlarda ishlashlari va yashashlariga tasodifan guvoh bo‘lib qoldim. Bu holat menda og‘ir taassurot qoldirdi. O‘shanda uylaridan uzoqda yashayotgan insonlar hayotini nima bilandir rang-barang qilish fikri uyg‘ondi. Ular uchun o‘zbek tilida gazeta chop etish qarori menga yaxshidek ko‘rindi. Avvaliga begona yurtda o‘z ona tillarida gazeta o‘qishsa milliy ruhlarini saqlab qolishadi va ishdan so‘ng charchoqlari yoziladi deb o‘yladim. Keyin esa gazeta tobora ma’rifiy loyiha ko‘rinishini oldi. Uning asosiy vazifasi o‘zbek mushtariylarini Rossiya madaniyati va tarixi bilan tanishtirish, ularning bilimlarini oshirishdan iborat.

- Siz Moskva shahridagi O‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi rahbari hisoblanasiz. Ushbu tashkilotning maqsadi va faoliyati haqida so‘zlab bersangiz. Ishingiz davomida qanday qiyinchilik va muammolarga duch kelasiz?

— Rossiyada o‘z hududiga ega bo‘lmagan har bir xalq milliy-madaniy avtonomiyasini tashkil etish huquqiga ega. Har bir regionda bitta ana shunday tashkilot bo‘lishi mumkin. Bizning avtonomiyamiz kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan moskvaliklarni birlashtiradi. Aytgancha, o‘zbek hamjamiyati Moskvadagi eng yirik diasporalar o‘nligiga kiradi (agarda poytaxtda ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya fuqarolari hisoblanadigan bo‘lsa).

Zulayxo Kadirova - Sputnik O‘zbekiston
Migrant-friendly: Razandagi o‘zbeklar qanday hayot kechirishmoqda

Bizning uchta maqsadimiz bor.

Birinchisi — o‘zbek madaniyatini saqlab qolish va targ‘ib qilish. Biz rossiyaliklarni o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va bugungi O‘zbekistonning yutuqlari bilan tanishtiramiz.

Ikkinchisi — o‘zbeklarning ijobiy obrazini shakllantirish. Bu millatlararo munosabatlar nuqtayi nazaridan juda muhim.

Uchinchisi — o‘zbek mehnat migrantlarining ijtimoiy muhitga moslashishi. Biz nafaqat gazeta chiqaramiz, balki yana boshqa foydali nashrlar — masalan, qo‘llanma va so‘zlashgichlar chop etamiz. Mutaxassislar — yuristlardan tortib shifokorlargacha bepul maslahatlar tashkil etamiz.

Bu vazifalarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq.

Muammolarga keladigan bo‘lsak, bor-yo‘g‘i bitta muammo mavjud — faoliyatimizning moddiy bazasi yo‘qligi. Davlat avtonomiyalar uchun pul ajratmaydi, grant olish mashaqqatli va minnatli ish. Shu bois ziyolilar ajratadigan mablag‘lar bilan cheklanganmiz. Biz Moskvadagi o‘zbek tadbirkorlarini ko‘proq jalb etishimizga to‘g‘ri keladi. Bu yil ularning mazkur loyihada ishtirok etishlari bilan shug‘ullanamiz deb umid qilaman.

Gap shundaki, Moskvadagi o‘zbeklarning o‘z «uylari» yo‘q. Yagona O‘zbek markazi tashkil etish payti allaqachon yetib kelgan. Bu yer madaniy-ma’rifiy va iqtisodiy (shuningdek, o‘zbekistonlik eksportorlar uchun ham) maskan bo‘ladi. Biz ana shunday markaz konsepsiyasini ishlab chiqdik, faqat uni amalga oshirish sezilarli mablag‘ talab qiladi.

- Siz shuningdek, "Rikor" xay-tek innovatsiyalar markazida ham rahbarlik lavozimlaridan birida ishlaysiz. Ushbu markaz nima bilan shug‘ullanadi? O‘zbekistonda 2018-yil innovatsiyalar yili deb e’lon qilingan. O‘zbekistonda mazkur markaz filialini ochish yoki bu borada o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilish rejasi bormi?

Posetiteli vistavki - Sputnik O‘zbekiston
Innovatsiya, innovatsiya, innovatsiya: bizga u nimaga kerak?

— Rikor — Moskvadagi 30ta texnoparkdan biri. U eng yirigi emas, lekin geografik jihatdan eng markaziysi hisoblanadi. Jiddiy aytadigan bo‘lsam, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘sha olishimga juda katta umid bilan qarayapman. Harholda, Toshkentdagi Innovatsion taraqqiyot vazirligi bilan ishchi muloqotlar boshlandi.

Innovatsiyalar yilidan qat’i nazar, O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘sishga erishishi uchun energetika, qishloq xo‘jaligi, informatika, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish juda muhim.

Mening fikrimcha, Rossiyada O‘zbekiston imtiyozli shartlarda olishi mumkin bo‘lgan foydali ishlanmalar ko‘p, asosiysi ularni tezkorlik bilan joriy etish. O‘zbekiston dunyoni hayratga soladigan katta sakrashni amalga oshirishiga ishonchim komil. Asosiysi — mamlakat uchun istiqbolli bo‘lgan yo‘nalishlarga e’tibor qaratish. Va albatta, og‘riqli ijtimoiy muammolarni hal etish.

- Yaqinda xorijda ishlab muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlardan tashkil topgan «Buyuk kelajak» Ekspertlar kengashi tuzildi. Siz ham ushbu kengashdan o‘rin olgansiz. Mazkur kengash haqida qanday fikrdasiz? Kengash yordamida birinchi navbatda qanday muammolarni hal qilish lozim?

— Kengash a’zolarining asosiy vazifasi — tarixiy vatanimiz bo‘lgan O‘zbekistonga o‘sha uzoq yillardan beri kutilgan oldinga siljishda yordam berish. O‘zbekiston ulkan iqtisodiy salohiyatga ega va aholisi yuqori darajadagi turmush tarziga ega bo‘lgan qudratli va farovon davlatga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Buning uchun esa bugungi islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi lozim.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Kelajak ekspertlar kengashining dastlabki ro‘yxati tuzildi

Kengash a’zolari boy tajriba va keng bilimga ega bo‘lgan mutaxassislardir. Ularning tavsiyalari mamlakat uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda to‘g‘ri qarorlar ishlab chiqishda judayam foydali bo‘lishi mumkin.

Mening fikrimcha, O‘zbekistonda a’lo bilim va tajribaga ega bo‘lgan iste’dodli mutaxassislar ko‘plab topiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘ljallayotgan bunday ulkan miqyosdagi olg‘a siljish uchun pasportlarining rangi qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar, barcha bilimli o‘zbeklarni birlashtirish lozim.

- Bugungi kunda migratsiya sohasidagi eng asosiy muammo nima va uni qanday yechish mumkin deb o‘ylaysiz?

— Agarda Rossiyaga mehnat migratsiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, men mehnat migrantlarining katta qismi past malakali ekanligini asosiy muammo deb aytgan bo‘lardim. Ammo bugungi islohotlar ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasidagi keng miqyosdagi o‘zgarishlarni qamrab oladi. Bu esa o‘zbeklar yaqin kelajakda xalqaro mehnat taqsimotida yuqoriroq mavqega ega bo‘lishlarini bildiradi va bu Rossiyadagi migrantlar maqomida namoyon bo‘ladi. Kelgusida boshqa davlatlardan kelgan migrantlar sovuqda chuqur qaziydi va ko‘cha supuradi.

Ammo eng asosiysi — agarda mamlakat yoshlarga cheksiz imkoniyatlar beruvchi iqtisodiy bilimlar jihatidan rivojlana olsa O‘zbekistondan keladigan migrantlar oqimi keskin kamayadi.

Yangiliklar lentasi
0