Zaynutdinov: Rossiya O‘zbekistonga aerokosmik sohada obro‘ni qaytaradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShaxabutdin Zaynutdinov jurnalist, ssenarist dokumenalogo kino. ekspert po aviatsii i kosmosu
Shaxabutdin Zaynutdinov jurnalist, ssenarist dokumenalogo kino. ekspert po aviatsii i kosmosu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert O‘zbekistonda kosmonavtika sohasi Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni hamda rossiyalik hamkasblarning yordami bilan qayta tug‘iladi va taraqqiy etadi, degan fikrda

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Ikki minginchi yillar o‘rtasidan O‘zbekiston kosmos tadqiqotlari masalalarida o‘z salohiyatini yo‘qota boshladi, dedi Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan intervyusida jurnalist, hujjatli filmlar ssenariy ustasi, aviatsiya va kosmos bo‘yicha ekspert Shahobiddin Zaynutdinov.

Vladimir Turdenev, diplomat - Sputnik O‘zbekiston
Turdenev lunoxod yasashda yordam bergan o‘zbeklar hamda ilk fazogir Yuriy Gagarin haqida

"Bizda aviatsiya instituti bor edi — yopishdi! Texnika universitetida aviatsiya fakulteti bor edi — yopishdi. "Koinot" Ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi bor edi — uning negizida boshqa bir firmani tashkil qilishdi, uning afsuski, kosmosga heq qanday aloqasi yo‘q. Endi esa bularning barchasini tiklash kerak", — dedi suhbatdosh.

Ekspert "So‘fa" radio astronomik observatoriyasiini misol tariqasida keltirib o‘tdi — ushbu loyiha SSSR vaqtida qurila boshlagan va keyinchalik to‘xtab qolgan, endi esa uni qurib bitkazish kerak. Zaynutdinovning aytishicha, obyekt deyarli qurib bitkazilgan bo‘lgan, 85% ish bajarib bo‘lingan, ammo Sovet ittifoqining tarqalib ketishi tufayli ulkan loyiha muzlatib qo‘yilgan.

Ekspert O‘zbekistonda kosmonavtika sohasi Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni hamda rossiyalik hamkasblarning yordami bilan qayta tug‘iladi va taraqqiy etadi, degan fikrda.

"O‘zbekistonning kuchi yetmaydi. Mutaxassislari yetmaydi! Mutaxassislar yo‘q — ular tarbiya qilinmaydi va o‘rgatilmaydi. Borlari esa O‘zbekistonni tark etishgan. Biz bir o‘zimiz bu ishni uddalay olmaymiz, bu yerda Rossiya juda katta yordam beradi — u O‘zbekiston bilan ko‘p sonli shartnomalar, shu jumladan, ittifoqdoshlik shartnomalari bilan bog‘langan", — deb ta’kidladi Zaynutdinov.

Eskpertning to‘liq izohini rus tilidagi audiopodkastimizda tinglashingiz mumkin.

Zaynutdinov: Rossiya vernet Uzbekistanu prestij v aerokosmicheskoy otrasli

Yangiliklar lentasi
0