Plastik paketlar muammosi: Markaziy Osiyo davlatlarida bu masalaga munosabat qanday?

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishProblema utilizatsii bitovix otxodov vo Lvove
Problema utilizatsii bitovix otxodov vo Lvove - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisobotlarga ko‘ra, plastik paketlar nafaqat global ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, balki energetika resurslari bexuda sarflanishiga ham sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, Xitoyda polietilen paketlar ishlab chiqarilishi va foydalanishi ta’qilangach 1,6 million tonna neft tejab qolingan

Butun dunyo plastik paketlarga qarshi kurash kampaniyasini ishga tushirdi. Sobiq SSSR mamlakatlarida ham plastik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Misol uchun, 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududida polimer plonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tan narxidan past narxlarda sotish, qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plonkali paketlarni ishlab chiqarish, polimer plonkali paketlarni olib kirish ta’qiqlandi.

Elison Til prizivayet jiteley planeti borotsya s zagrazneniyami /otxodami, ubivayushimi okrujayushuyu sredu - Sputnik O‘zbekiston
Insoniyatga xavf solayotgan plastik

O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga xorij tajribasi va jamoatchilik muhokamasini hisobga olib, 2020-yilning 1-yanvariga qadar foydalanish xususiyatini yo‘qotganidan so‘ng atrof-muhitga zarar yetkazadigan, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar guruhiga ekologik yig‘imni joriy qilish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Sputnik O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlarida plastikka qarshi kurash qay tarzda olib borilayotganini qiziqib ko‘rdi.

Qozog‘iston: chiqindilarni saralab to‘plash amaliyotini yo‘lga qo‘ymoqchi

Rasmiy Ostona ham O‘zbekiston singari avvaliga polietilen mahsulotlarni bepul tarqatish amaliyotidan voz kechib, so‘ngra uni ishlab chiqarishni butkul yo‘qqa chiqarishni rejalashtirgan. Ammo ekologlar bunday tashabbusni ma’nisiz deb topmoqda.

"Polietilenning qulayliklari ko‘p, shu bois, odamlar undan voz kechmaydilar. Polietilenni to‘plash kerak, xolos. Shu bois, Qozog‘iston hukumati endilikda chiqindilarni alohida to‘plashni joriy etmoqda", - deyiladi Sputnik Qozog‘iston xabarida.

Ostonada plastik, oyna va qog‘oz chiqindilar uchun sariq rang baklarni o‘rnatish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

Qirg‘iziston: plastik idishlardan voz kechmoqchi

Qirg‘iziston hukumati respublikada polietilen paketlar va plastik idishlardan foydalanishni ta’qiqlash taklifini ilgari surmoqda.

Bu haqda "Issiq Ko‘ldagi biosfera hududga polietilen paketlar va plastik idishlarni olib kirish, ularni ishlab-chiqarish va foydalanishni ta’qiqlash to‘g‘risidagi" Vazxirlar mahkamasi xulosasida nazarda tutilgan. Hujjat tashabbuskori - Jokorg‘u Kenesh deputati Ekmat Baybakpayev. Deputat bu qonun qabul qilingach, qonunbuzarlik holati ro‘y bergan taqdirda jinoiy, ma’muriy, axloq tuzatish hamda moddiy javobgarlik choralarini kiritishni taklif etgan.

Tojikiston: ro‘zg‘orda polietilendan voz kechish taklif etilmoqda

Tojikiston OAVlari xabariga ko‘ra, mamlakat tabiatni muhofaza qilish organlari vakillari ro‘zg‘orda polietilen paketlardan foydalanishdan voz kechishni taklif qilishmoqda.

Aksiya zelenix protiv ispolzovaniya plastikovix paketov - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya yangi yildan plastik paketlardan voz kechadi

Ayni vaqtda Tojikiston tabiati plastik chiqindilar bilan ifloslanib ketishi muammosiga duch kelgan va respublika Hukumati qoshidagi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mita bir marta ishlatiladigan plastik paketlardan foydalanishdan voz kechish bo‘yicha choralarni bosqichma-bosqich qabul qilishni taklif etmoqda. Masalan, plastik paketlar o‘rniga qog‘oz va tekstil xaltalarga o‘tish taklif qilingan.

Shuningdek, Respublikada plastik chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha sexlar ishga tushirilgan.

Sputnik Tojikiston Xo‘jand viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi sal oldin jamoat tamaddixonalarida plastik idishlardan ishlatishni ta’qiqlaganini ma’lum qilgandi.

Aniqlik kiritilishicha, plastik idishlar 52 turdagi kasalliklar, shu jumladan, oshqozon, ichak, jigar kasalliklari o‘chog‘idir. Ba’zi hollarda rakni ham keltirib chiqarishi mumkin.

"Plastik idish kimoviy materiallardan ishlab chiqilgan bo‘lib, unga issiq taom solinganda, kimoviy reaksiya yuzaga keladi, natijada inson salomatligiga ziyon yetkazuvchi zararli moddalar ajralib chiqadi", - deyiladi xabarda.

Turkmanistonda hozircha plastik paketlarga nisbatan ta’qiq choralari ko‘rilmagan.

Aytgancha...

Plastik paketlarga birinchi ta’qiq 2002-yilda Bangladesh tomonilan joriy qilingan. Bu davlatda shahar zovur tizimini plastik paketlar yopib qo‘ygani tufayli suv toshqini yuzaga kelgan va minglab odamlar halok bo‘lishgan.

Yeroparlament Yevropa Ittifoqi davlatlarida bir marta ishlatiladigan plastik tovarlar- paketlar, naychalar va boshqa mahsulotlardan foydalanishni to‘liq ta’qiqni ma’qullagan.

Jenshina s paketom produktov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-yanvardan polietilen paketlarni bepul tarqatish taqiqlanadi

Albatta, plastik paketlar ixtirosi oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlari xaridorlari hayotiga birmuncha yengillik olib kelgan bo‘lsa-da, ammo vaqt o‘tgach bu paketlar atrof-muhitga qanchalik zarar yetkazishi aniqlandi. Sintetik polimerlarning eng "ko‘hna"lari, masalan yoshi 60dan oshganlari ham tabiiy sharoitlarda yo‘q bo‘lgani yo‘q. Pessimistik prognozlarga ko‘ra, ularning tabiiy holatda chirishi 400-yilni tashkil qiladi.

Okeanni ifloslantiradigan plastiklar esa polietilen bo‘laklarini ozuqa sifatida qabul qiluvchi dengiz hayvonlari o‘limiga sabab bo‘ladi. Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi xabariga ko‘ra, har yili 100 ming tulen, kit va dengiz toshbaqalarini xuddi shunday qismat kutadi.

Yangiliklar lentasi
0