Ismatulla Irgashev Afg‘oniston-O‘zbekiston loyihalari haqida

© Mejdunarodniy press-klubSpespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev
Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Sputnik O‘zbekistonga bergan ekslyuziv intervyusida afg‘on muammosini tartibga solish bo‘yicha Toshkent tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqida so‘zlab berdi.

- Bugungi kunda O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlikka erishish uchun qanday siyosatni olib bormoqda?

- O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda barqaror va mustahkam rivojlanish istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqligini bir necha marta ta’kidlagan. Mamlakatimiz odatdagidek afg‘on xalqi tanlagan hukumatni qo‘llab-quvvatlab, ushbu davlatga nisbatan o‘zaro hurmat, teng huquqlik va bir-birlarini manfaatlarini hisobga olish prinsipiga asoslangan do‘stlik siyosatini olib bormoqda.

Predsedatel obyedineniya VETERAN Tal’at Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan

O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni mustahkamlash va ushbu mamlakatning normal rivojlanishga qaytishiga oid barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ushbu yo‘nalishda 2018-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya muhim voqea bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv ishtirokchilarini umumiy pozitsiyasi ifodalangan, forum yakunida qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi Afg‘oniston uchun o‘ziga xos tinchlik loyihasi bo‘ldi.

Aynan shu konferensiyadan keyin Afg‘onistonning barcha ichki siyosiy kuchlari, jumladan, “Tolibon” harakatini jalb qilib, muhokamalar o‘tkazish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar sezilarli darajada faollashdi. Afg‘on muammosi BMTning Xavfsizlik kengashining yana diqqat markaziga aylandi. Kobul jarayoni, “Osiyo yuragi” deb nomlangan Istambul jarayoni, Moskva  formati, Xalqaro muloqot guruhi, “ShHT-Afg‘oniston” muloqot guruhi va boshqa ko‘p tomonlama muhokama jarayonlari yangicha tus oldi.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston muammolari Markaziy Osiyoning barcha davlatlarini tashvishlantiradi – Turdenev

Bugungi kunda hech bir afg‘on ushbu siyosiy jarayonidan chetda qolib ketmasligi kerak, degan umumiy fikr barcha qo‘shiladi. Butun afg‘on jamiyati mamlakat gullab-yashnashi va tinchlik maqsadida milliy manfaatlar atrofida birlashmog‘i lozim.

O‘zbekiston Qobul bilan kelishgan holda Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Afg‘onistonning asosiy ichki siyosiy kuchlari yetakchilari, shuningdek, “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bundan tashqari biz Rossiya, AQSh, Xitoy, Pokiston, Hindiston va mintaqaning boshqa davlatlari hamda afg‘on muammosini tartibga solish bo‘yicha musulmon dunyosining asosiy davlatlari bilan aloqa qilamiz.

Toshkent Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati maslahatlashuvlarini fikr almashish va Afg‘onistondagi vaziyatni yakuniy mustahkamlash, mamlakat hududida jangovar harakatni to‘xtatish masalasini hal qilishda birgalikda yo‘l izlash imkoniyati sifatida ma’qullaydi. Biz Rossiyaning ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini o‘z vaqtida va talab etilgan deb hisoblaymiz.

Yangiliklar lentasi
0