Yelsin xoinlik qilmaganida, Afg‘onistonda vaziyat boshqacha bo‘lardi - ekspert

© Sputnik / Aleksandr Grashenkov / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Afganistan, generalniy sekretar Narodno-demokraticheskoy partii Afganistana Moxammad Nadjibulla (v sentre) s jitelyami Kabula.
Prezident Respubliki Afganistan, generalniy sekretar Narodno-demokraticheskoy partii Afganistana Moxammad Nadjibulla (v sentre) s jitelyami Kabula. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar Yelsin xiyonat qilmaganida, Afg‘onistonda vaziyat bugun boshqacha bo‘lishi mumkin edi, deydi ishonch bilan ekspert

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiyadagi Afg‘oniston veteranlari uyushmasi rahbari, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mita a’zosi, zaxiradagi polkovnik Frans Klinsevich 1986-1988 yillarda Afg‘oniston hududida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

Ruslan Aushev - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Aushev O‘zbekistonning yangi nafasi va Afg‘onistondagi urush haqida - eksklyuziv

Sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqarilganining 30-yilligi arafasida Klinsevich Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenkoga Afg‘onistonning 30-yillik tarixi boshqacha bo‘lishi mumkinligi xususida gapirib berdi.

"Afg‘onistonning ozirgi 30-yillik tarixi boshqacha bo‘lishi mumkin edi va bo‘lardi ham, agar 1992-yilda Yelsin xoinlik qilmaganida. Bizning Afg‘oniston bilan munosabatlarimiz ham mutlaqo boshqacha bo‘lar edi, biz bugungi kunda eng avvalo AQSh va G‘arb davlatlari maxsus xizmatlari sayi-harakatlari tufayli yuzaga kelgan Markaziy Osiyodagi notinchlik singari tahdidlarga duch kelmas edik.

Prezident Najibulla v 1992-yil toliblar to‘ntarishi arafasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tank va bronetransporterlar zapravkasi uchun Rossiyadan bor-yo‘g‘i 500 tonna dizel yoqilg‘i so‘ragan. Ammo bu vaqtda Moskvada SRUga ishlaydigan maslahatchilar bisyor bo‘lib, ular yoqilg‘ini yetkazib berish maqsadga muvofiqligini bildirishgan. Shunday qilib Yelsin Najjibulla iltimosiga rad javobini bergan, vaholanki, unga qadar Afg‘onistondagi harbiy operatsiyalar vaqtida biz kuniga ming tonnalar yoqilg‘i sarflaganmiz. Ushbu siyosiy qaror bahosi esa oddiy - bugungi kunda butun dunyoda terroristik tahdidlar kuchaydi, "Al-Qoida", "islom davlati" va boshqa ekstremistik tashkilotlar rivoj topdi, narkotrafikning esa cheki yo‘q", - dedi Xrolenkoga bergan intervyusi davomida Klinsevich.

Yangiliklar lentasi
0