Legranova: Markaziy Osiyo davlatlarida narkotrafikka qarshi kurash samarasi sezilmoqda

© SputnikEkspert Viktoriya Legranova
Ekspert Viktoriya Legranova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutaxassis Viktoriya Legranova Markaziy Osiyoda narkotrafikka qarshi kurash samaradorligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Legranovaning ta’kidiga ko‘ra, narkotrafik bu xalqaro muammodir, negaki bu singari jinoyatchilikning turli davlatlarda ildiz otgan keng tarmoqlari mavjud.

Legranova: v stranax SA yest bolshie podvijki v borbe s narkotrafikom

"Markaziy Osiyo davlatlarida kichik bo‘lsa-da yutuqlar bor. Bunday shaxslar va tashkilotlar haqida ma’lumot almashish, shuningdek xavfsizlik va ma’lumot almashish tizimini shakllantirish borasida aniq kelishuvlar bor. Shuningdek, biometrik ma’lumotlar umumiy tizimini yaratish haqida ham gap ochilmoqda", - deya tushuntirdi Legranova.

Sal oldinroq birgina Qozog‘istonning o‘zida 2016-yildan 2018-yilga qadar ichki ishlar bo‘linmalari tomonidan 400 kilogramm ag‘on geroini olib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. Shulardan bir qismini narkodilerlar Markaziy Osiyo davlatlarida, kattagina qismini esa Rossiya va G‘arbiy Yevropa bozorlarida sotishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0