O‘zbekiston bolalari orasida qanday kasalliklar ko‘p uchraydi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tish7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade
7-milliardniy jitel Zemli rodilsya v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida respublikada keng tarqalgan kasalliklar haqida gapirib berdi, shuningdek, nega oradan o‘n yilliklar o‘tgach, yana qizamiqqa chalinish holatlari aniqlanayotganini tushuntirdi

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan bo‘lib, ushbu hujjat doirasida fuqarolar salomatligini mustahkamlash hamda o‘ta xavfli viruslar va kasalliklarga qarshi kurashga katta e’tibor qaratiladi.

Elmira Basitxanova, zamestitel ministra zdravoxraneniya - Sputnik O‘zbekiston
Basitxanova shifokor siri, abort masalasi va "probirkadan" olinadigan bolalar haqida

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada bolalar orasida yuqumli kasalliklar va nafas yo‘li bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurash muhim tadbirlardan biri sanaladi. Bundan tashqari, oradan yillar o‘tib, respublikada yana qizamiqqa chalinish holatlari qayd etilgan.

"Aholi vaksinatsiyasi va immunizatsiyasi tufayli O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida xavfli kasalliklar uchramay qo‘ygan edi. Misol uchun, poliomiyelit va gepatit V holatlari qayd etilmagan. Faqat gepatit Aga barham berishga muvaffaq bo‘lmadik. Chunki u o‘sha vaqtda milliy dasturga kiritilmagan, emlash ishlari esa asosan xususiy klinikalarda amalga oshirilgan. Lekin biz bugungi kunda bu muammoga qarshi kurashayapmiz. Qizamiqqa chalinish holati uzoq vaqt kuzatilmagan edi, ammo bugun u yana bo‘y ko‘rsatmoqda, bu emlanmaganlar tomonidan chetdan olib kirilgan yuqumli kasallikdir. Mana shu holat aholi immunizatsiyasi samaradorligini navbatdagi bor isbotlamoqda", - deya izohladi vrach.

Infeksii, dixanie i "zaletnaya" kor: Basitxanova o boleznyax uzbekskix detey

Basitxanova shuningdek, yuqumli kasalliklardan tashqari, mediklar oldida aholini sog‘lomlashtirish bo‘yicha bir nechta muhim vazifalar turganini qo‘shimcha qildi. Muammolardan biri - bolalardagi tug‘ma patologiyalar, misol uchun, yurak nuqsoni kasalligiga qarshi kurash hisoblanadi.

Shpris s lekarstvom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayollar onkologik kasallikka qarshi emlanadi

"Agar 2-3 yil oldin biz 3 ming nafar bemorlardan atigi ming nafarini operatsiya qilish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsak, bugun O‘zbekiston bu bemorlarning barchasini zarur tibbiy ko‘mak bilan ta’minlashga qodir. Toshkentdagi klinikalardan tashqari, Samarqand, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ham kardio-jarrohligi markazlarimiz bor. Endilikda bu turdagi operatsiyalar o‘sha markazlarda ham o‘tkaziladi", - deya tushuntirdi vazir o‘rinbosari.

"Ishning yana bir yo‘nalishi - tayanch-harakat apparati muammosi mavjud bo‘lgan nogiron-bolalar reabilitatsiyasidir. Bu murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon bo‘lib, zamonaviy uskunalar va yuqori malakali kadrlar bo‘lishini talab etadi. Bu singari bolalarning to‘laqonli jamoatchilik muhitiga jalb qilish uchun, milliy konsetsiyaga muvofiq, Toshkentda va mamlakatning yana to‘rtta regionida maxsus reabilitatsiya markazlari tashkil etiladi", - deya xulosa qildi Basitxanova.

Yangiliklar lentasi
0