Hokimiyatni birovga topshirish yoki Qozog‘iston taraqqiyot yo‘li qanday bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarboyevning iste’fosi va Kasim-Jomart Tokayevning prezident lavozimiga kirishishi – bu rejalashtirilgan va ko‘p o‘ylangan voqea.

Ular hokimiyat tranzitining birinchi bosqichini uyg‘un tarzda yakunlashmoqda. Bu haqda ko‘pchilik gapirgan va yozgan. Kolumnist Aleksandr Knyazevning yozishicha, bu jarayon endigina boshlanmoqda.

Kulrang kardinal

Yangi va hozirgi Qozog‘istonda amalda bo‘lgan siyosiy tizim Eron tizimini eslatadi. U yerda oliy darajadagi yetakchi huquqiy va amaliy jihatdan mamlakat rahbari hisoblanadi. Yetakchi prezident va hukumat faoliyatini tartibga solish huquqiga ega.  

Nyu-York nakanune viborov prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Davlat departamenti Qozog‘iston bo‘yicha bayonot e’lon qildi

Qozog‘istonda amaldagi siyosiy tizim Den Saopin rasmiy lavozimlardan ketgandan so‘ng Xitoy tizimiga ozgina o‘xshab ketadi. O‘sha vaqtda Xitoy yetakchisiga o‘zi tashabbus qilgan islohotlarga muvofiq mamlakat rivojlantirilishini boshqarish huquqini bergan.

Eron va Xitoy tajribasini bugungi kun nuqtayi nazaridan qaraganda muvafaqqiyatli hisoblash mumkin. Bu o‘z navbatida Qozog‘istonda boshlangan tranzit versiyasi va mamlakat rahbariyatini yangilanishiga optimizm bilan qarashga imkonini beradi.

Qozog‘iston versiyasida hukumatning barcha organlari faoliyatini Xavfsizlik kengashi muvofiqlashtirib boradi. Kengash faoliyatini boshqarish huquqi Nursulton Nazarboyevga qonunchilik bilan umrbod muddatga berilgan.

Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston prezidenti Tokayev Ostona nomini Nursultonga o‘zgartirishni taklif etdi

Xavfsizlik kengashi davlat siyosati va iqtisodiyot sohasidagi masalalarda baho berish, davlatni boshqarish va zarur bo‘lgan holatlarda o‘zgartirishlar kiritish borasi bosh hakam bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, 2010-yildan Nazarboyev “Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti - Yelbasi” maxsus maqomiga ega bo‘ldi.  Ushbu qonunda muhim band mavjud: “Davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladigan tashabbuslar Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti – Yelbasi bilan kelishiladi”.

Nursulton Nazarboyevda xukmron bo‘lgan “Nur Otan” partiyasi boshqaruvi qolmoqda. Bu partiya parlamentning ikki palatasida ko‘pchilik vakillarga ega.  

Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Ostonaning qayta nomlanishi Qozog‘iston obro‘sini tushirib yuboradi

Bu pozitsiyalar Qozog‘istonning birinchi prezidentiga mamlakat siyosiy hayoti va butun davlat boshqaruv tizimidagi markazi bo‘lib qolish imkonini beradi.

Nazarboyevning mamlakat siyosiy hayotidan ketishi umuman noto‘g‘ri. Xavfsizlik kengashi raisi lavomida u strategik mazmundagi masalalar bilan ishlash, Qozog‘istonning kelgusi rivojlanishi o‘z ssenariysini mustahkamlash va mamlakat tashqarisida yuritish imkonini beradi.  

Yaqin kelajakda Tokayev rahbarligida, prezident komandasi bu ssenariyni amalga oshiradi.

Nima uchun Tokayev tanlandi

Kasim-Jomart Tokayevning nomzodi tanlanishi kutilmagan holat emas. Chunki uning vakolatlari Konstitutsiyada qayd etilgan maqomiga to‘g‘ri kelgan. Bu funksiyalarni kelgusida amalga oshirish istiqbollari haqida 2013-yilda Tokayev Qozog‘iston Senat raisi bo‘lgan vaqtda gapirilgandi.

Tokayev o‘z karyerasining katta qismini Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazdi. U hukumatga ham rahbarlik qilgan. Davlat kotibi bo‘lgan, mamlakatni boshqarish uning uchun tushunarli vazifa.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qozog‘iston yangi prezidenti bilan telefonda suhbatlashdi

Tokayevni tanlovi bu konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan tashqari, siyosiy tomondan ham juda to‘g‘ri.

Tokayev Nazarboyevdan keyin xorijda obro‘-e’tiborli qozog‘istonlik siyosatchi hisobladi. Uni Moskva, Pekin, Vashington va Brusselda yaxshi bilishadi.

Uning ulkan diplomatik tajribasi Qozog‘iston jahon kuch markazlari va boshqa barcha tashqi sheriklari bilan mavjud muvozanat holatini saqlab turishga imkon beradi.

Qozog‘istonning siyosiy elitasi tarkibida betaraf va mustaqil pozitsiyalarni egallagan va etakchi elita guruhlarining hech biriga qo‘shilmagan Tokayev, butun Qozog‘istonning siyosiy va biznes elitasi uchun maqbuldir, bu esa mamlakatda ichki siyosiy muvozanatni saqlab qolishi va ichki siyosiy barqarorlik bo‘ladi degani.

Kasim-Jomart Tokayev saylangan muddat yakunigacha prezident bo‘ladi, uning vazifasi -  prezident saylovlarini o‘tkazish. Bu muddat 2020-yil bahorda keladi. Tokayev o‘zini ko‘rsatishi uchun bir yilga yaqin vaqt bor.

Uning uchun o‘ziga xos bu sinov muddati. U bu yo‘lni maksimal darajada muvafaqqiyatli o‘tishi kerak.

Aynan shu yil prezident saylovlarigacha haqiqiy tranzit bo‘ladi.

Ittifoqdoshlarga tashvishlanish kerakmi

Qozog‘iston strategiyalari va tashqi siyosatdagi ustuvor istiqbollari katta o‘zgarishlarga duch kelishi ehtimoli juda kam, bu borada Qozog‘istonning sheriklari va ittifoqchilari uchun shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Miting LDPR na Pushkinskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Qozog‘iston uchun tez orada kurash boshlanishini prognoz qilmoqda

Bu istiqbollarni Nursulton Nazarboyev 2018-yil oktabrda Qozog‘iston xalqiga murojaatida tasdiqlagandi. Xususan, Rossiya bilan munosabatlar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, ODKB va ShHT formatidagi integratsiya jarayonlarida ishtiroki va mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarida ishtirokini o‘z ichiga oladi.

Bu borada jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga hech qanday asoslar yo‘q.

Prezidentlikdan ketish va hukumatni tranzit modeli Qozog‘iston rahbariyati va mamlakat siyosiy elitasi barqarorlikni saqlab qolish va evolyutsion yo‘lni tashlashga asosiy aksent qilingan.

Bu mamlakat o‘zi uchun muhim hamda tashqi siyosiy hamkorlar, amaldagi va istiqboldagi investorlar, shuningdek qo‘shni mamlakatlar uchun juda qulay muhitni yaratadi.

Qozog‘istonning o‘ziga xosligi - zamonaviy dunyoda kam uchraydigan holat mamlakatdagi vaziyatni oldindan bashorat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0