Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, "o‘lik jonlar" va ayyor tinish belgisi

© Orgkomitet totalnogo diktanta v KarakalpakstaneTotalniy diktant v Nukuse
Totalniy diktant v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilk bor "Ommaviy diktant" bo‘lib o‘tdi. Nukusdagi asosiy maydonlardan biri - TATU filialida yozuvchi Pavel Basinskiy tomonidan tuzilgan matnni Sputnik O‘zbekiston bosh muharriri Dmitriy Klyuchevskiy o‘qib eshittirdi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik, Dmitriy Klyuchevskiy. Novosibirskda ilk bor tashkil topgan va allaqachon o‘nlab davlatlarda ommalashgan "Ommaviy diktant" aksiyasi 2019-yil 16-bor o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ushbu xalqaro tadbirda ilk bor ishtirok etdi, darvoqe, tashkilotchilarning tan olishicha, rus tiliga qiziqish bu qadar kuchli bo‘lishini va diktant yozish istagida bo‘lganlar soni bu qadar ko‘p bo‘lishini ular ochig‘i, kutmagan.

Sputnik O‘zbekiston agentligi O‘zbekistonning ushbu regionida axborot hamkor sifatida ishtirok etdi, kamtarin qulingiz esa o‘zini diktator rolida sinab ko‘rdi.

Ommaviy istak

O‘zbekiston "Ommaviy diktant"da birinchi yil ishtirok etayotgan emas – Toshkent va Namanganda mana bir necha yildan buyon yuzlab odamlar "buyuk va qudratli" til bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun belgilangan vaqt va joyda to‘planadilar. Bu aksiyaga befarq bo‘lolmagan qoraqalpog‘istonliklar tashabbus ko‘rsatim, respublikaning eng katta regionida "ommaviy diktant" tadbirini o‘tkazishga qaror qildilar. Bu istakni aholi ham qo‘llab-quvvatladi – "sarafan radiosi" Qoraqalpog‘istonda xalqaro madaniy-ommaviy grammatika aksiyasi bo‘lib o‘tishi haqidagi xabarlarni internet-tarmoqlaridanda katta tezlikda tarqatdi. Fuqarolardan bo‘layotgan telefonlar qo‘ng‘iroqlarining cheki yo‘q, ularni tadbir ikir-chikirlaridan tortib, ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablargacha qiziqtirar edi.

Tabiiyki, bundayin ko‘lamdagi tashkiliy jihatdan kichikroq referendum yoxud muayan hududdagi aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga yanglig‘ diktantni o‘tkazish davlat organlari ko‘magisiz amalga oshirilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, mahalliy Rus madaniy markazi, shuningdek, diktant o‘tkazish uchun o‘z maydonini taqdim etgan TATU filiali administratsiyasi va o‘tgan shanbada barcha xohlovchilarni ochiq chehra bilan kutib olgan boshqa ta’lim dargohlari bu ishda bosh yordamchilar sifatida ishtirok etishdi.

© Orgkomitet totalnogo diktanta v KarakalpakstaneTotalniy diktant v Nukuse
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Totalniy diktant v Nukuse

"Internet orqali ro‘yxatdan o‘tganlar soni ko‘p bo‘lmadi, lekin bu asosiy ko‘rsatkich emas. Internetga yuklangan hujjatni to‘g‘ri to‘ldirishni hamma ham birdek uddalay olmaydi, odamlar aniq joyga pasport bilan kelishni va avvalgidek ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirokchiga aylanishni ma’qul ko‘radilar. Biz Nukusda 500 ga yaqin ishtirokchilar bo‘lishini kutapmiz", - dedi bir kun avval regiondagi loyiha koordinatori Muhammad Kaipbergenov.

Tibbiyot kollejining oxirgi kurs talabasi Muhammad, tibbiy ta’limga ega bo‘lganligi va kelajakda bu sohada o‘qishni Rossiyada davom ettirish istagida ekanligiga qaramay, rus tili va adabiyoti, jurnalistikaga mehri hamisha bo‘lakcha bo‘lgan. U ancha vaqtdan buyon o‘z ona shahrida diktantni o‘tkazishni xohlar va bu ishni nihoyat amalga oshirganidan bugun nihoyatda mamnun edi.

© Konstantin KmitKoordinator "Totalnogo diktanta" v Karakalpakstane Muxammed Gaipbergenov
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Koordinator "Totalnogo diktanta" v Karakalpakstane Muxammed Gaipbergenov

Nukusga aviaparvozim oson kechmadi - samolyot avval Toshkentga qo‘ndi, so‘ng Nukusga uchdik, yo‘lga deyarli 10 soat vaqtim ketdi. Ammo Muhammad xuddi shu kuni ertalab Toshkentdan Nukusga kelganini va ming kilometrdan ortiq masofani 16 soat ichida bosib o‘tganini eshitgach, logistik mushkulotlarim menga shunchaki yengil sayrdek tuyuldi.

Aksiya Totalniy diktant proshla v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Savodxonlik bayrami": Toshkentda o‘tkazilgan "Ommaviy diktant" aksiyasidan reportaj

"Kutishimiz bo‘yicha ishtirokchilar ko‘p bo‘ladi. Shu bois hayajon ham yo‘q emas, hammaga joy yetarmikin, blanka va ruchkalar bilan barchani ta’minlay olarmikinmiz degan havotir ham bor, aslida. Bizda bunday tadbir ilk marotaba o‘tkazilmoqda, bu biz uchun sharafli va mas’uliyatli ish.  Regionlardan butun boshli sinf bilan yoki guruh-guruh bo‘lib kelish istagini bildirganlar bor", — deydi koordinator. Uning so‘zlaridan u bu ishdan nihoyatda faxrlanayotganini his etaman. Aytgancha, "Ommaviy diktant" ishtirokchilari bo‘yicha prognozlar ikki karra ortdi, maydonlar soni esa 3 barobardan oshdi.

Dastlabki hisob-kitoblardan so‘ng oydinlashdiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu aksiyada 14ta aholi punkti va 18ta maydonlarda 1035 kishi qatnashdi. Bunday debut bilan poytaxtdagi "Ommaviy diktant" tadbiri miqyosiga tezda yetib olish mumkin.

© Konstantin KmitAksiya "Totalniy diktant" v nukusskom filiale TUIT, Respublika Karakalpakstan
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Aksiya "Totalniy diktant" v nukusskom filiale TUIT, Respublika Karakalpakstan

Oddiy yurak haqidagi murakkab matn

13 aprel kuni, ya’ni "Ommaviy diktant" o‘tkaziladigan kun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot va texnologiyalar universiteti filiali binosiga belgilangan vaqtdan ertaroq keldim. Bugun kamina bu yerda rossiyalik yozuvchi va adabiy tanqidchi Pavel Basinskiy tomonidan aksiya uchun maxsus yozilgan matnni diktant yozuvchilarga o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Reglament bo‘yicha diktatorlar - aksiyada matn o‘quvchilarni xuddi shunday ataladi — tadbir boshlanishiga bir soat qolganda tayyor diktant matni bilan tanishib chiqadilar. Bir qarashda, Nikolay Vasilyevich Gogol ijodiga bag‘ishlangan matn fragmenti oddiydek ko‘rinadi. Lekin uni bir necha bor o‘qigach, u yer-bu yerida muayan nozik so‘z ma’nolari, grammatik konstruksiya va murakkab formalar borligini ilg‘ay boshlaysiz. Shu tariqa, "Oddiy yurak" deb nomlangan matn unchalik oddiy emasligi ma’lum bo‘lib qoldi.

Koordinator aksii Totalniy diktant v Tashkente Natalya Nikolskaya - Sputnik O‘zbekiston
“Ommaviy diktant” chinakam bayramga aylandi - Nikolskaya

TATU filialida barcha xohlovchilarni joylash uchun jami to‘rtta maydon tashkil etilgan edi. Eng katta guruh yuz kishini sig‘diradigan aktiv zalda o‘rin oldi. Qolgan ishtirokchilar diktantni bundan ancha kichik auditoriyalarda yozishdi. Xohlovchilar oqimining keskin ortib ketgani kutilmaganda diktatorlar bilan bog‘liq muammoni yuzaga keltirdi. Shu bois, matn yozish uchun aksiyaga tashrif buyurgan filolog va o‘qituvchilarni diktant o‘quvchi roliga taklif etdilar.

Aksiya ishtirokchilari tarkibi har doimgidek turfa edi — bu yerda beshinchi sinf o‘quvchilaridan tortib, pedagoglar, amaldorlar, iste’fodagi pensionerlarnida ko‘rish mumkin.

Misol uchun, Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vazirligi o‘rinbosari Azat Xudaybergenov, Respublika o‘quv-metodik markazi rahbari Kuuanch Jubanov va Respublika o‘quv-metodik markazi rahbari o‘rinbosari Aybek Dauletbayev "Ommaviy diktant"ni masofadan turib yozdilar. Zalda boshqa ishtirokchilar qatoridan, xuddi tirishqoq o‘quvchi singari Qoraqalpog‘iston Rus madaniy markazi rahbari Galina Aleksandrovna Zorkina ham joy olgan edi.

© SputnikGlava RKS Karakalpakstana Galina Zorkina, koordinator proyekta Muxammed Kaipbergenov i shef-redaktor Sputnik Uzbekistan Dmitriy Klyuchevskiy
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Glava RKS Karakalpakstana Galina Zorkina, koordinator proyekta Muxammed Kaipbergenov i shef-redaktor Sputnik Uzbekistan Dmitriy Klyuchevskiy

Barcha ma’muriy va tashkiliy masalalar hal etilgach, to‘planganlarga videoyozuv orqali muallifning o‘zi matnni o‘qib berdi. Auditoriya yangi sinov oldidan jim qoldi.

— V poeme Gogolya "Mertvie dushi", — deya diktantni o‘qiy boshladim men…

Karakalpakstansi vpervie napisali Totalniy diktant - Sputnik O‘zbekiston
Nukusda ommaviy diktantni Sputnik bosh muharriri o‘qidi  

— Ie, axir bu roman emasmi? — deya qo‘qqisdan savol berdi birinchi qatorda o‘tirgan katta yoshdagi ishtirokchilardan biri.

— Fikrimcha, terminologiya bo‘yicha muallifning o‘ziga murojaat qilgan ma’qul, — tabassum qilaman men filologik munozaraga ehtiyotlik bilan chap berar ekanman.

Auditoriya tempini juda tez paypaslay oldim, faqatgina uzun qo‘shma gapli jumlalar bo‘lgandagina ulgurmayotganlar topilar edi. Men ifoda bilan kerakli fragmentlarni ajratib o‘qishga intildim. Bir marta hatto o‘quvchilarga yordam berishga harakat ham qildim, ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, bu ishim ularga ko‘pam foyda bermagan edi.

Diktant matnini o‘qish bir soatdan ortiq vaqt olmadi, shundan so‘ng, har qanday nazorat ishi yoki test yakunidan keyin singari "imtihonchilar" orasida g‘ala-g‘ovur boshlandi. Ular xatoga yo‘l qo‘ygan-qo‘ymaganliklarini, to‘g‘ri yozganliklarini bilish uchun diktantdagi u yoki bu shubhali joylarni qizg‘in muhokama qilishga kirishib ketgan edilar.

Auditoriyadagi suhbatlardan bildimki, ko‘plar "novix chichikovix" degan joyini qahramon nomini katta harf bilan yozib, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, yana kimdir "mertvie dushi"ni qo‘shtirnoqqa olmagan, yoki aksincha, "loves dush" degan so‘zni qo‘shtirnoqqa olib xatoga yo‘l qo‘ygan edi.

Ammo eng murakkabi - diktantning ikkinchi yarmidagi gap bo‘lib, bu yerda uch qator gapda ikkita ikki nuqta qo‘yilishi talab etilardi. Ko‘pchilik esa ravishdoshli oborotga chalg‘ib, ayyor belgi o‘rniga oddiy vergul qo‘ygan edi.

© Orgkomitet totalnogo diktanta v KarakalpakstaneTotalniy diktant v Nukuse
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Totalniy diktant v Nukuse

"Diktant nega "Oddiy yurak" deb nomlangan? Bunga izoh berilmadi, aslida esa bu hammaga qiziq edi", - dedi Qoraqalpog‘iston Rus madaniy markazi rahbari Galina Zorkina, tortinib o‘z ishini tekshirishga topshirar ekan.

© Orgkomitet totalnogo diktanta v KarakalpakstaneTotalniy diktant v Nukuse
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Totalniy diktant v Nukuse

Ammo murakkab punktuatsiyaga qaramay, o‘z natijasiga ishongan ishtirokchilar ham oz emas edi. Nima ham derdik, diktantdan olingan baholar tez orada ma’lum bo‘ladi - aprel oyi oxirida har bir ishtirokchi shaxsiy ma’lumotlari yoki kod so‘zni kiritib, saytda o‘zi yozgan ishni topishi va necha ball olganini ko‘rishi, shu bilan birga aynan qayerda xatoga yo‘l qo‘yganini bilishi mumkin.

© SputnikZdanie Russkogo kulturnogo sentra Respubliki Karakalpakstan
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Zdanie Russkogo kulturnogo sentra Respubliki Karakalpakstan

Diktant yakunida Qoraqalpog‘istondagi rus madaniy markazi raisi Galina Zorkinani suhbatga chorlayman.

Galina Aleksandrovnaning so‘zlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi "Ommaviy diktant" so‘nggi o‘n yilliklarda biroz unutila boshlagan an’analarning qayta jonlangani belgisi bo‘lib, u chinakam bayramga aylandi. Odamlar rus tili va madaniyatini sog‘inib qolishdi, so‘nggi yillarda o‘z farzandlarini rusiyzabon bog‘chalar va rus tilida dars beriladigan maktablarga bera boshladilar.

"Hozir O‘zbekistonning yangi prezidenti mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda: rus sinflari ochilmoqda, ko‘plab madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu ham xursandchilik bag‘ishlasa, ham umid beradi, demak, til bilish - hayot sari yo‘l ekaniga shubha qolmaydi", - deydi xursandchiligini yashirmay markaz rahbari.

© SputnikPredsedatel Russkogo kulturnogo sentra v Karakalpakstane Galina Zorkina
Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, o‘lik jonlar va ayyor tinish belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Predsedatel Russkogo kulturnogo sentra v Karakalpakstane Galina Zorkina

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bunday ta’sirli debutdan so‘ng, "Ommaviy diktant" Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonning boshqa regionlarida ham jadallik bilan ommalashishda davom etadi. Galina Aleksandrovna va uning hamkasblaridagi Pushkin, Lermontov va Tolstoylar tiliga bo‘lgan kuchli muhabbati kuchini ko‘rib, ayol so‘zlariga ishonaman, xuddi shunday bo‘lishiga shubham qolmaydi.

Yangiliklar lentasi
0