Tojikiston va O‘zbekiston yil davomida qanday yutuqlarga erishdi?

© press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev i Raxmon posetili kompleks Registan v Samarkande
Mirziyoyev i Raxmon posetili kompleks Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston qaysi sohalarda samarali hamkorlik qilishga erishdi va bu oddiy xalq hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Sputnik maqolasida batafsil tanishing.

TOShKENT, 16-may  — Sputnik. Marina Chernishova-Melnik. Bir yildan ziyodroq muddat ilgari  O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining Dushanbe shahrida do‘stona uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu 1990-yildan buyon murakkab bo‘lgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning muhim odimi sanaladi.

Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar qolmadi

Ayrim ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi inoqlashish o‘tgan yil emas, balki 2016-yil prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston hukumati tepasiga kelishi bilanoq boshlangan.

O‘zbekiston va Tojikiston qaysi sohalarda samarali hamkorlik qilishga erishdi va bu oddiy xalq hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Sputnik Tojikiston o‘rganib chiqdi.

Chegara demarkatsiyasi va yangi ufqlar

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov davrida Tojikiston bilan chegara aslini olganda yopiq edi. O‘zbekiston hududiga o‘tish uchun Tojikiston fuqarolari viza olishlari shart edi. Aytish joizki, fuqarolar katta mashaqqat bilan viza olishardi. Shuningdek, kelib-ketish qattiq tartibga solinardi.

Chegaraoldi hududidagi ko‘plab qarindoshlar juda kam hollarda bir-birlari bilan ko‘rishish imkoniyatiga ega edilar va qarindoshlik rishtalar uzilib qolgandi.

Rahmon va Mirziyoyev munosabatlarning boshqa yo‘lini tanlab, “Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishi to‘g‘risidagi” bitimni imzolashdi. Bitim doirasida ikki davlat fuqarolari uchun 30 sutkagacha vizasiz tartibi joriy etildi. Shunday qilib, mamlakatlar o‘ta og‘ir bo‘lgan masalani hal qilishdi.

O‘zbek-tojik munosabatlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari

Bu Mirziyoyevning Dushanbega qilgan tarixiy tashrifi davomida amalga oshgani ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Vizasiz tartib joriy etilishi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari uchun uzoq kutilgan hodisa edi.

Ushbu xabarni eshitgan ikki mamlakat aholisi birdek quvonishdi. Ko‘plab tojikistonliklar ko‘p yillardan buyon ko‘rmagan qarindoshlarining holidan xabar olish uchun O‘zbekiston tomon yo‘l olishdi.

Mazkur chora oddiy xalq hayot tarzini jiddiy ravishda yengillashtirdi, shuningdek, Tojikistonning sayyohlik sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi.

Bugungi kunda tojik-o‘zbek chegarasida avtomobil va temir yo‘li o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yildi, G‘alaba-Amuzang (Tojikiston va O‘zbekistonning janubiy viloyatlarini birlashtiradi) temir yo‘li qayta tiklandi, Panjakent-Samarqand uchastkasidagi A-377 xalqaro avtomobil yo‘li ochildi. Bularning barchasi oddiy xalq uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy ma’lumotlaraga ko‘ra, bir sutka davomida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegarani 20 mingga yaqin kishi kesib o‘tadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
"Endi to‘siqlar yo‘q": O‘zbekiston — Tojikiston strategik hamkorlik yo‘lida

Rog‘un GESi qurilishi va gaz bilan ta’minlash

Rog‘un GESi uzoq vaqt O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasidagi nizoning sababi edi. Islom Karimov ushbu loyihani O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun xavfli deb hisoblardi.

Axir Vaxsh darosi Tojikistondan O‘zbekistonga oqib o‘tadi, O‘zbekiston esa shundoq ham hamisha sug‘orish uchun suv tanqisliga duch kelardi. Shuningdek, bu qo‘shni mamlakatlarning ekologik va oziq-ovqat xavfsizliga ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. 2015-yil avgust oyida O‘zbekiston hukumati Rog‘un GESi qurilishi munosabati bilan rasman e’tiroz bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti etib saylangan so‘ng Rog‘un qurilishiga munosabat o‘zgardi.

2018 yil boshida Farhod GESi to‘g‘oni joylashgan hudud Tojikiston hududi deb tan olinishi, obyekt esa O‘zbekiston mulki hisoblanishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 2018-yil 16-noyabrda Rog‘un birinchi agregati qator xorijiy davlat, xalqaro tashkilotlar vakillari va jurnalistlar ishtirokida tantanali ishga tushirildi.

Politolog Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Bu katta yutuq: Rossiyalik ekspert O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlar rivoji haqida

Hozirda O‘zbekiston Tojikistoning gidroenergetika loyihalarida ishtirok etib, GES qurilishidan foyda olmoqda. Masalan, Rog‘un loyihasi uchun Samarqanddagi zavodda ishlab chiqarilgan yuk mashinalari xarid qilinmoqda. Loyiha qurib bitirilgach Rog‘un GESi to‘g‘oni dunyodagi eng baland bo‘ladi. Uning balandligi 335 metrni tashkil etadi.

Tovar ayirboshlash hajmi barcha rekordlarni o‘rnatmoqda

Tarixiy tashrif doirasida 2018-yilda ikki davlat ishbilarmonlarining forumi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda Tojikistondan O‘zbekistonga 482 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilishni nazarda tutadigan hujjatlar imzolandi. Shu bilan birga, o‘zbek mahsulotlarining importi 143 million dollarga teng bo‘lishi kerak.

Hozirgi vaqtda Tojikiston qo‘shni respublikaga birlamchi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, ruda, sement, ishlov berilmagan charm, pilla, ipak xomashosi, turli gazlamalar, spirtli ichimliklar, gilam va shunga o‘xshash narsalarni eksport qilmoqda.

Sementniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish 16 baravarga oshdi

O‘zbekiston esa o‘z navbatida qardosh mamlakatga to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, poyabzal, keramika, rangli metallar, elektr va mexanik uskunalar eksport qilmoqda.

Shuningdek, 2018-yilda O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishni qayta tiklash borasida kelishuvga erishildi. Tojikistonga tabiiy gaz eksporti bo‘yicha kelishuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi davomida imzolangandi.

Hujjatda 126 million kubometr gaz yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tovar almashish hajmi ikki baravarga oshdi

Shartnoma doirasida o‘tgan yili O‘zbekiston Tojikistonga umumiy summasi 15,1 million dollar bo‘lgan 126 million kubometr gaz yetkazib berdi. Ushbu narx – bugungi kundagi dunyo narxlaridan ikki baravarga arzonroq.

Eslatib o‘tamiz, 2012-yilda O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygandi.Tojikiston sanoat korxonalari ko‘mirdan sintez asosida ishlab chiqarilgan gazga o‘tishga majbur bo‘lgandi.

Rahmon va Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro savdo-sotiqqa alohida e’tibor qaratishini ko‘p marotaba ta’kidlashgan.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2019-yilning ikki oyi mobaynida qariyb 30 million dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilga qaraganda 3 foizga ko‘proq.

Yangiliklar lentasi
0