Panteleyev: Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekiston bo‘ylab uchburchak-parvozlardan foyda ko‘radi

© Sputnik / Vladimir TrefilovIspolnitelniy direktor agentstva "Aviaport" Oleg Panteleyev
Ispolnitelniy direktor agentstva Aviaport Oleg Panteleyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya mutaxassislari "uchburchak" tizimi bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida o‘zaro parvozlarni amalga oshirishga kelishdilar. "AviaPort" agentligi ijrochi direktori Oleg Panteleyevning fikriga ko‘ra, bu kabi marshrutlar orqali Rossiya tashuvchilari yo‘lovchilar oqimini oshirib olish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar

Rossiya aviakompaniyalari uchburchak-parvozlar bo‘yicha hozircha ariza topshirmagan bo‘lsalarda, ekspert so‘zlariga ko‘ra, tanlov aniq va u katta emas.

Samolet Uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston “uchburchak” parvozlar haqida  kelishib olishdi

"Toshkentdan tashqari Samarqand, Buxoro, Navoiy va Urganchni sanab o‘tish mumkin - bu rossiyaliklarda qiziqish uyg‘otadigan asosiy yo‘nalishlardir. Shuni e’tiborga olish kerak-ki, milliy aviakompaniya mahalliy va xalqaro reyslarda aviatashuvlarga bo‘lgan ehtiyojini juda samarali yopib kelmoqda. Bunday uchburchak-marshrutlar ko‘proq RF aviatashuvchilariga foydaliroq bo‘ladi, agar ular o‘zlari uchun optimal marshrutlarni tanlay olib, yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirsalar, albatta", - deya tushuntiradi Panteleyev.

Panteleyevga ko‘ra, chet el kompaniyalariga boshqa mamlakatlar ichida uchish imkonini beruvchi "ochiq osmon" siyosati Yevropa Ittifoqida o‘zini oqlagan, bu albatta, izoh talab qilmaydigan hol. MDH makonida esa hozircha bu siyosat ommalashmagan, biroq Hamdo‘stlik mamlakatlari ham asta-sekinlik bilan aviatsiya sohasida o‘z siyosatini o‘zgartirmoqdalar.

Ekspert izohini to‘liq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Panteleyev: aviakompaniyam RF vigodni marshruti-treugolniki po Uzbekistanu
Yangiliklar lentasi
0