O‘zDJTU dekani O‘zbekistonda rus tili haqida: holat abgor emas, lekin murakkab

Obuna bo‘lish
Toshkentda rus tilini rivojlantirish va o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan "Vinogradov ta’limoti" XV yubiley anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti rus filologiyasi fakulteti dekani Faxriddin Abdurahmonovga ko‘ra, respublikada rus tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish haddan ortgani kuzatilmoqda, ammo bu sohadagi ahvol ideal darajadan hali ancha uzoq

Dekanning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yildagina respublikada rus tili mutaxassislarini tayyorlash darajasi ijobiy tomonga o‘zgargan. Bu statistik ma’lumotlar bilan ham tasdiqlanadi.

Rektor UzGUMYa Ganisher Raximov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zDJTU rektori oliygohda rus tilini rivojlantirish choralari haqida gapirdi

"Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosati tufayli O‘zbekistonda rus tilini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yoshlar tomonidan ham, davlat tomonidan ham kuchayib bormoqda. Bu yo‘nalishda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqish keskin ortdi, deya shubhasiz aytish mumkin. Agar o‘tgangidan oldingi yilda rus bo‘limiga 60-70 kishi o‘qishga kirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich - 360 nafarni tashkil etdi. Lekin bu albatta, yetarli emas. Axir biz uzoq yillar minusda bo‘lganmiz. Holat abgor emasku, lekin har qanday holatda murakkab", - dedi Abdurahmonov.

Dekan, bugungi kundagi tashqisiyosiy va iqtisodiy holat lingvistikada yangi strategiya qabul qilinishi lozimligini talab etmoqda degan fikrda.

"Moskva va Toshkent o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hozirgi darajasidan kelib chiqqan holda aytish mumkin-ki, global loyihalar (AES va boshqa yirikko‘lamli obyektlar)ni yuqori malakali mutaxassislar va rus tilini bilmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi", - deydi u.

Dekanning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0