SSSR qahramonlarini tarixdan o‘chirib tashlashmoqchi – Petushkov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPetushkov: geroyev SSSR xotat vicherknut iz istorii
Petushkov: geroyev SSSR xotat vicherknut iz istorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Yoshlar va bolalar birlashmasi milliy kengashi raisi Georgiy Petushkov AQShda SSSR qahramonlari dunyo tarixidan o‘chirib tashlashga urinishayotgani borasida so‘z yuritdi.

Kuni kecha Bradford Exchange nomli xususiy AQSh kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75-yilligiga bag‘ishlangan kolleksion tangani muomalaga chiqardi. Tanganing yuz tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShning ittifoqchilari bo‘lgan davlatlar bayroqlari, orqa tomonida esa - urush sahnalari aks etgan. Tanganing yuz tomonida AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya rangli bayroqlari orasida SSSR bayrog‘i yo‘qligi qizg‘in muhokama sabab bo‘ldi. Tarixdan ma’lumki, AQSh va SSSR o‘sha vaqtda ittifoqchi bo‘lishgan.

Pamatnie moneti (SShA) - Sputnik O‘zbekiston
Kim tarixni buzib ko‘rsatishga harakat qilmoqda?

Yoshlar siyosati instituti direktorining so‘zlariga ko‘ra, Sobiq ittifoq davlatlarining har bir kishisi uchun Ulug‘ vatan urushida qozonilgan g‘alaba bilan bog‘liq bo‘lgan faktlar va sanalar mavjud.

Hozirda Rossiya va MDH mamlakatlari tez-tez tarix haqidagi ma’lumotlarni sun’iy ravishda soxtalashtirish holatiga duch kelmoqda.

“Bu kabi holatlar bizning ko‘nglimizga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. MDH mamlakatlaridagi hamkasblarimiz bilan birgalikda qator katta tadbirlarni va hatto BMT maydonida ham o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Petushkov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Aytish joizki, insoniyat tarixida eng ko‘p qon to‘kilishiga olib kelgan Ikkinchi jahon urushi tarixi dunyoning turli mamlakatlarida turlichi o‘rgatiladi va talqin qilinadi. Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlar ushbu urush haqida imkon qadar qisqaroq aytib berishni ma’qul ko‘rishadi. 

AQShda esa Ikkinchi jahon urushi tarixi - 1944-yilning 6-iyunida Normandiyada ittifoqchilar desant tushirishidan boshlanib Ittifoqchilar g‘alabasi bilan yakunlanadi. 1941 - 1944-yillar urushi va  G‘alabada SSSRning roli haqida lom-mim deyishmaydi.

Faqat Germaniyada ushbu urush haqiqatdan ham nemis millatchilari aybi bilan bo‘lganligi va unda juda ko‘p shafqatsizliklar yuz berganini, ko‘p qon to‘kilganligi tan olinadi. Nemislar o‘z farzandlariga bunday xato boshqa takrorlanmasligi kerakligini o‘rgatishadi.

Yangiliklar lentasi
0