O‘zbekistonga chetdan kirib kelayotgan poyabzallarga boj oshirilsa nima bo‘ladi?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaObuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami
Obuv izgotovlennaya uzbekskimi proizvoditelyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zcharmsanoat” uyushmasi O‘zbekiston bozoriga chetdan kirib kelayotgan poyabzal mahsulotlariga boj oshirilsa, bu nimaga olib kelishi mumkinligi haqida tahlili materialni omma e’tiboriga havola qildi

Eslatib o‘tamiz, sal oldin O‘zbekiston charm va poyabzal sanoati vakillari soha taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun qator "proteksionistik" choralarni taklif etgan edilar. Xususan, chetdan kirib kelayotgan poyabzallarga bojni uch baravar oshirish va mahalliy ishlab-chiqaruvchilarga imtiyozlar berish taklif etilgandi.

Ushbu taklif ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tanqidiy munosabat bildirganlar ko‘plab topildi.

Xususan, ushbu loyihaga e’tiroz bildirganlar, bu tartib bozor mexanizmlariga mos kelmasligini, monopoliyaga olib kelishi va mahsulot narxining oshib ketishi to‘g‘risida fikr bildirgan edilar. 

"O‘zcharmsanoat" maqolasida aytilishicha, ayni paytda, rag‘batlantirish mexanizmi, ya’ni bshqacha aytganda "proteksionizm" butun dunyo bo‘ylab, rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham keng qo‘llaniladi. Iqtisodiy oyoqqa turish va tiklanish davrida AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Koreya va boshqa davlatlar proteksionizm siyosatidan foydalanganlar.

Ko‘pgina taniqli iqtisodchilar fikriga ko‘ra proteksionizm mamlakat sanoatning rivojlanishiga, barqaror iqtisodiy o‘sishga va pirovardida davlatning qudratli bo‘lishiga yordam beradi, erkin savdo siyosati (fritreyding) esa, ayniqsa sanoati yetarli darajada rivojlanmagan mamlakatda ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqishni kamaytirib mamlakat sanoatining vayron bo‘lishiga, iqtisodiy pasayish va qashshoqlikka olib keladi.

Tarix tajribasi

Angliyada 1690-yilda sanoatni bojxona nazorati orqali himoya qilish joriy qilingan. Xalqaro savdoda ingliz proteksionizmining asosiy chorasi bo‘lib turli mahsulotlarga nisbatan (umumiy olganda 66 % olib kirilayotgan mahsulotlarga nisbatan) 20 % miqdoridagi import bojining kiritilishi bo‘lgan. Keyinchalik boj miqdori oshirib borilgan.

V mejdunarodnaya vistavka-yarmarka «Koja, obuv, odejda i aksessuari” - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek kompaniyalari Qirg‘izistonga kiyim-kechak va poyabzal eksport qiladi

Buning eng yuqori cho‘qqisi XVIII asr o‘rtalari 1820-yillarga to‘g‘ri kelgan va bu paytda asosiy boj 25 – 50 %, himoyaviy ya’ni proteksion boj 40 – 50 % belgilangan. Shu bilan birga ichki sanoatning yangi va yosh tarmoqlari va sohalari uchun raqobatchi bo‘lgan bir qator import mahsulotlariga mamlakatga olib kirish uchun to‘liq ta’qiq qo‘yilgan. Shunisi e’tiborga molikki, xalqaro savdoda ingliz proteksionizmi davri, ya’ni XVIII – XIX asr o‘rtalari aynan Angliyada ro‘y bergan birinchi sanoat inqilobi davri bo‘lgan. Bu davrda ishlab chiqarishga, xususan metallurgiya, tekstil sanoatida ishlab chiqarish texnologiyalariga innovatsiyalar joriy qilingan.

Jahondagi holat

Bugungi kunda poyabzal mahsulotlari uchun Pokistonda 25%, Turkiyada 30-50%, Vyetnamda 10-20%, poyabzal sanoati rivojlangan va mahsulotlari butun dunyo bo‘ylab sotilayotgan Xitoyda esa 100% import boji o‘rnatilgan.

Jahon tajribasiga yanada chuqurroq qaraydigan bo‘lsak, aynan import uchun bojning ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida oshirilishi va ularga qo‘shimcha imtiyozlar berilishi sanoatning yanada gurkirab rivojlanishiga, ichki ishlab chiqarish hajmlarining oshishiga, yangi ishchi o‘rinlarining yaratilishiga, ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilishga hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar turlarining ko‘payishiga imkon berganligini ko‘rishimiz mumkin. Soliq imtiyozlari berilishidan bo‘shagan mablag‘lar ishlab chiqaruvchilarga, asosan aylanma mablag‘larini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun qayta investitsiya qilish imkonini beradi. 

Mahsulotga talab bo‘yicha

O‘zbekiston charm-poyabzal bozorida monopoliya o‘rnatiladimi? Albatta yo‘q, charm-poyabzal mahsulotlarini olib kirishni ta’qiqlash haqida hech qanday so‘z yo‘q, va bundan kelib chiqadiki poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari bozorida monopoliya paydo bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 700 dan ortiq poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritmoqdalar.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pobival na predpriyatii Ekvatorial Chodak Group - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi jinsi shim va poyabzal ishlab chiqarish korxonasiga baho berdi

Mana shunday ko‘p sonli korxonalar bozorning turli segmentlarini qoplagan holda turli toifadagi xaridorlarning talablarini qondirish imkonini beradi. Biroq, bozorda narx shakllanishi muammolari hali ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda poyabzal ishlab chiqarish tannarxi nisbatan past bo‘lsada (Xitoy va Hindistonga qaraganda past), poyabzal mahsulotlari xaridorlargacha “birinchi qo‘ldan” yetib bormaydi. Ba’zan ustamalar 100, hatto 200 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan korxonalarning brend do‘konlarini ochish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish siyosati olib borilmoqda. Uyushma homiyligida, viloyatlarda va Toshkent shahrida ko‘p brendli poyabzal do‘konlarini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu do‘konlarda xaridorlar turli xil mahalliy ishlab chiqaruvchilarning poyabzal mahsulotlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga bir joyda keng narx diapazoni va keng assortimentdagi mahsulotlarni to‘plash imkoni yaratiladi.

"Made in Uzbekistan"- poyabzallari kiymoqdamiz

Sohaning dolzarb muammolaridan yana biri: O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarilishi haqida hamma ham to‘liq ma’lumotga ega emas. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralarga ishonchsizligining asosiy sababidir. Ammo, ayni paytda, mamlakatimizda 2018-yilda 58 million juft poyabzal ishlab chiqarildi. Erkaklar poyabzali segmentida O‘zbekiston ichki bozor ehtiyojlarini deyarli 100 foiz qopladi. Ayollar poyabzali segmentda bu ko‘rsatkich 70 foizdan oshdi. Ommaviy segmentda chakana savdo nuqtalarida deyarli barcha ayollar poyabzali mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari hisoblanadi. Shunga qaramay, har kim xam, xorijiy tovar brendi ostida autsorsing sharoitida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotib olayotganliklarini bilmaydi. Shuningdek, xaridor ushbu poyabzalni qayerda ishlab chiqarilganligini oxirigacha bilmaganligi kabi, 

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev nega botinkasi bilan maqtandi?

u qanday xomashyo va materiallardan ishlanganligidan ham xabardor emas. Uyushma mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni nazorat qilishi mumkin, lekin chetdan olib kirilayotgan import mahsulotlar sifatini nazorat qila olmaydi.

Qaror loyihasi bilan taklif qilinayotgan chora-tadbirlar xaridorlarning bugungi kunda bozorda xarid qilingan deyarli har ikkinchi juft poyabzali bilan duch kelayotgan sifatsiz mahsulotlarni olib kirilishi masalasini qisman hal qiladi.

Buni Uyushmaga kelayotgan xatlar hamda qaror loyihasi bo‘yicha qoldirilgan izohlar tasdiqlaydi.

O‘sish uchun rag‘batlantirish

Yana bir nozik masala – kundalik poyabzallarga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplangan, lekin model poyabzallari bo‘yicha holat boshqacharoq. Bu yerda Xitoy, Turkiya va Yevropa davlatlaridan importning roli hali ham inkor etilmaydi.

Brilliantovie tufli v Shanxae. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda usti to‘liq olmos bilan qoplangan poyabzal namoyish qilindi

Ammo bunday poyabzallar o‘z o‘zidan arzon emas. Shu o‘rinda unga savdogarlarning ustamasini ham inobatga olish lozim. Poyabzallarni chetdan olib kelish jarayonini qo‘shimcha tartibga solish ularning narxini asossiz oshib ketishiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin.

Qaror loyihasi bilan korxonalarni tayyor va yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charm xomashosini olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatidan undiriladigan yig‘im miqdorini 2021-yil 1-yanvardan boshlab 20 % etib belgilash taklif qilinmoqda. Mazkur chora terini qayta ishlash sanoatining rivojlanishiga yanada turtki beradi. 

O‘zbek poyabzalining qadamlari

Biznesni bunday qo‘llab-quvvatlash allaqachon o‘z samarasini ko‘rsatgan. O‘zbekiston pPrezidentining 2018-yil 

3 maydagi "Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan yaratilgan imkoniyat va sharoitlar qisqa davrda salmoqli natijalarga erishish imkonini berdi.

Xususan, 2017-yil bilan taqqoslaganda poyabzal ishlab chiqarish hajmi 5,4 barobarga oshgan va 2019-yilda o‘sish ko‘rsatkichini 8 barobarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan. Bir yil ichida charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 2,7 barobarga oshgan va joriy yilda o‘sish ko‘rsatkichi 4,8 barobarga yetkazilishi kutilmoqda.

Istiqbollar

Istiqbolda soha oldida katta vazifa va rejalar turibdi. Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini yanada rivojlantirish, shuningdek import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar eksportning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi. Joriy yilda 190 mln dollarlik mahsulotlarni jahonning 25 mamlakatiga eksport qilish mo‘ljallangan.

Umurzakov Sardor - Predsedatel assotsiatsii Uzcharmsanoat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida charm sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Muhokamaga qo‘yilgan qarorning 2-ilovasida 2019-2022 yillarda sohada mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha jami qiymati 431,9 mln dollardan ortiq bo‘lgan 198,6ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi mo‘ljallangan. 

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi 2019-yilda tayyor charm ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini 919,6 mln kv dmga, poyabzal ishlab chiqarish hajmlarini 86,1 mln juftga yetkazish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston aholisining poyabzal mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qoplaydi.

Yangiliklar lentasi
0