Shoh Ma’sudning o‘g‘li Afg‘onistonni birlashtira oladimi – siyosatshunos fikri

Obuna bo‘lish
Ahmad Shoh Ma’sudning o‘g‘li AQSh “Tolibon” bilan kelishishning uddasidan chiqsa, Afg‘onistonning shimoliy provinsiyalarini birlashtirish istagida ekanini ma’lum qildi. Siyosatshunos Andrey Serenko kichik Ahmad Ma’sud bu rejasini amalga oshira olishi va olmasligi haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

Siyosatshunos Andrey Serenkoning fikriga ko‘ra, kichik Ahmad Ma’sudning bu rejani amalga oshirish uchun na mablag‘i, na obro‘yi bor. Qolaversa, Afg‘onistondagi, jumladan, shimoliy provinsiyalarda vaziyat hozircha bu loyihani amalga oshirishga imkon bermaydi.

Omar Nessar - Sputnik O‘zbekiston
Omar Nessar: Shox Ma’sudning o‘g‘li Shimoliy Alyansni qayta tashkil etishi mumkin

“Kichik Ahmad Ma’sud otasi singari obro‘-e’tiborga ega emas. U faqat o‘z provinsiyasi Panjsherda mashhur. To‘g‘ri, “Tolibon” va pushtun guruhining kuchayishi ko‘pchilik noroziligini keltirib chiqaradi, biroq bu ularni Ahmad Shoh Ma’sudning o‘g‘li safiga qo‘shilishiga majbur qilishi dargumon”, - deya taxmin qildi siyosatshunos Sputnik O‘zbekistonga bildirgan fikrida.

U bu kabi bayonotlarni Afg‘onistondagi real vaziyatga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydigan axborot urushi va provokatsiya deb hisoblaydi.

Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi

1996 yilda shakllangan shimoliy Afg‘onistonning qator dala komandirlari uyushmasi Shimoliy Alyans deb atalgan. Unga etnik tojik, mojahedlarning Panjsher sheri laqabli  Ahmad Shoh Ma’sud rahbarlik qilgan.

Siyosatshunosning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Serenko: Masud-mladshiy vrad li smojet obyedinit sever Afganistana
Yangiliklar lentasi
0