AQShning toliblar bilan kelishuvi Afg‘onistonga tinchlik olib keladimi — ekspertlar fikri

© AP Photos / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya "Taliban"
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti tomonidan savolga tutilgan ekspertlar Vashingtonning "Tolibon" harakati vakillari bilan kelishuvlariga shubha bilan qarashmoqda. Ularning fikricha, bu Afg‘onistondagi umumiy ahvolga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. AQSh va "Tolibon" radikal harakati vakillari tomonidan yaqindagina Doxada ma’qullangan, bitim deb ataluvchi hujjat shartlari Afg‘onistondagi harbiy yoki siyosiy shart-sharoitni sezilarli darajada o‘zgartira olmaydi, deb hisoblashmoqda RIA Novosti tomonidan savolga tutilgan ekspertlar.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi

Ilgariroq, AQSh va toliblar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha 11 punktdan iborat bitim loyihasini ma’qullaganliklari haqida xabar berilgan edi.

Mana shu voqealar fonida mamlakatdagi mojaro yanada kuchaydi. Payshanba kuni Qobulda avtomobil portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 42 nafari jabrlandi. Hodisaning ertasi kuni afg‘on HHK G‘azni shahrida aviazarbalar orqali 26 nafar "Tolibon" jangarilarini yo‘q qildilar.

Dushanba kuni amerika delegatsiyasi yetakchisi Zalmay Xalilzad toliblar bilan o‘tkazilgan muzokaralarda, bitimning dastlabki varianti dastlabki bosqichda AQShning Afg‘onistondagi 14 ming harbiy xizmatchisidan 5 minggi keyingi 135 kun ichida olib chiqib ketilishini nazarda tutishini aytgan edi.

Cho‘zilgan mojaro

Xalilzad bu bayonot bilan AQSh va "Tolibon" o‘rtasida bir yil oldin boshlangan to‘qqiz raund muzokaralardan so‘ng chiqish qilgan edi. Yil davomida erishilgan kelishuvlar doirasidagi yana bir bitim Afg‘onistondagi chet el kuchlarinining barchasini chiqarishni nazarda tutardi. Buni evaziga, "Tolibon" terrorchilarni qabul qilmaslik haqida kafolat berishi lozim edi.

Vtoroe zasedanie moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Tolibon yaqin kunlarda tinchlik shartnomasini imzolaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan haftada FOX News telekanaliga, AQSh "razvedka"si Afg‘onistonda hamisha bo‘lishini aytdi. New York Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy maslahatchilari qo‘shinlarning qisman olib chiqilishi tufayli yuzaga kelayotgan tuynuklarni mamlakatda SRU xodimlari sonini oshirish bilan to‘ldirmoqchi.

Qator ekspertlar yaqindagina e’lon qilingan bitimni hal qiluvchi kuchga ega, deb atab bo‘lmaydi.

"O‘z-o‘zidan aniq-ki, besh ming nafar amerika harbiylarining chiqarilishi Afg‘onistonda yaqin istiqbolda hech nimani o‘zgartirmaydi", - dedi RIA Novosti nashriga AQSh armiyasi harbiy kolleji professori Kris Meyson.

Meysonning aytishicha, "Tolibon" SRU, UNB yoki ularning harbiylashgan bo‘linmalari xodimlari va oddiy qo‘shinlarni ko‘pam farqlamaydi, shu bois, qo‘shinlarni chiqarish taklifi yoki ilk qadam yoki "ishonchga asos solish" bo‘yicha chora sifatida ko‘rilishi lozim. U shuningdek, ayni vaqtda qo‘zg‘olonchilar turli frontlarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etajagini qo‘shimcha qildi.

Jiteli Pandjsherskogo ushelya - Sputnik O‘zbekiston
YeI Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarni jalb qiladi

"Toliblar Afg‘oniston ustidan to‘liq siyosiy nazoratni tiklab olishga umid qilishmoqda, bu yerda toliblarning ular bid’at va qonunga xilof deb biladigan mavjud siyosiy tartibga integrallashuvini kutish - bu puch umid, xolos. Toliblar asta-sekinlik bilan, qadam-baqadam aholining 80%dan kam bo‘lmagan qismi istiqomat qiluvchi Afg‘onistonning qishloq tumanlarida nazoratni qo‘lga olishmoqda. Shu bois, bu bitimda o‘t ochishni to‘xtatish haqida gap bormayapti, meni tushunishimcha", - deydi Meyson.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyi oxiriga belgilangan Afg‘onistondagi prezident saylovlari ham, agar ular o‘tkazilgan taqdirda ham, "Titanikda yog‘och karavotlar o‘rnini almashtirish"ga o‘xshash holat bo‘ladi, xolos. Milliy xafsizlik professori, bundan oldingi saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan afg‘onlarning uchdan bir qismi ishtirok etganini, shunday ekan, bu safar katta o‘zgarish bo‘ladi, deyish uchun hech qanday asos yo‘qligini ta’kidladi.

Ketib ketolmaydigan AQSh

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama uch yil ilgari, o‘z lavozimini tark etishdan oldin, Afg‘onistonda 8,4 ming harbiy xizmatchilarni qoldirgan. Shu bilan birga 2017-yilda Pentagon yangicha hisob-kitob metodiga ko‘ra, regionda 11 ming kishi borligini e’lon qildi. Sal keyin, 2017-yilda, Tramp sanksiyasiga ko‘ra, taxminan yana uch ming harbiy xizmatchilar Afg‘onistonga kiritilildi. Shu tariqa hozirda harbiy xizmatchilar soni 14 mingga yetdi.

 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati AQSh va toliblar o‘rtasida tuzilgan bitim loyihasidan tashvishda

Ekspertlarning ayrimlari Trampni u bu bitimni tinchlik bitimi deb atayotganida aybladilar. Axir u regionda o‘zining hukumat tepasiga kelmasidan oldin bo‘lgan harbiy xizmatchilar sonidan ko‘p askarlarni qoldirmoqda.

Pittsburg universitining xalqaro munosabatlar bo‘yicha professori Maykl Brenner 2014-yilning dekabrida Oq uydagi marosimda Obama Afg‘onistonda urush yakunlangani haqida rasman e’lon qiligan edi degan faktni eslatdi.

Tramp, o‘z navbatida 2016-yildagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida mamlakatdan Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlarini olib chiqib ketajagini aytgan edi. Shu bilan birga, professorning so‘zlariga ko‘ra, hozirda holat qanday bo‘lsa shundayligicha qolmoqda, va toliblar bilan bo‘lgan oxirgi kelishuv AQShni u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga yaqinlashtirmayapti.

"Qatarda tayyorlangan bitimning oxirgi loyihasi aslida hech narsaga yordamlashmaydi. AQSh qo‘shinlar sonini qisqartirish bo‘yicha grafikni taqdim etgani yo‘q. Ular mamlakatda 8,5 mingta harbiy xizmatchilarni saqlab qolishga urinmoqda", - deydi Brenner.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda toliblarning eng xavfli “soyadagi hokimi” o‘ldirildi - foto

U shuningdek, bitim xususiy pudratchilar tomonidan boshqarilayotgan yollanma harbiylar soni va Afg‘onistonda bo‘lib turgan minglab SRU maxsus bo‘linmalari xodimlari sonini e’tiborga olmaganini aytdi.

"Ular qayerda va qachon gaplashadilar ... va nima haqda? Bular barchasi noaniqligicha qolmoqda. O‘t ochish to‘xtatiladimi? Yo‘q. Bu tarzda Afg‘oniston parchalangancha qoladi", - deydi professor. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi tarqoqlik Al-Qoida bilan raqobatlashayotgan "Islom davlati" ham Afg‘onistonga kirib olgach o‘tkirlashdi.

"Tramp administratsiyasi qilgan ish AQSh toomnidan ilk bor o‘n yilliklar oldin "Al-Qoida" bo‘yicha berilgan rasmiy va’dani takrorlash bo‘ldi, xolos", - deb qo‘shimcha qildi Brenner.

Yangiliklar lentasi
0