Serenko: AQShning toliblar bilan muzokaralarni to‘xtatishi butun Markaziy Osiyoga ta’sir qiladi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos, zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazi yetakchi eksperti Andrey Serenko Afg‘onistondagi nostabil vaziyat Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi xususida fikr bildirdi.

AQSh hukumati “Tolibon” radikal harakati bilan Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi

Ekspert fikricha, ushbu tartibsizlik va AQSh hamda “Tolibon” o‘rtasidagi “muzokaralar o‘yinlari” Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar uchun muammolar va xavfni yuzaga keltirmoqda.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo “Tolibon” bilan tinchlik shartnomasini imzolashdan bosh tortdi

Bugungi kunda ushbu holatni nostabil, deya baholash mumkin, va bu nafaqat Afg‘oniston, balki butun boshli Markaziy Osiyoga ta’sir ko‘rsatadi.

“Tolibon” yetakchilari o‘zlariga tegishli media kanallar orqali o‘z tarafdorlarini Amerika ustidan jihodda qozonilgan g‘alabani nishonlashga chorlamoqda”, - dedi Serenko Sputnik O‘zbekiston agentligiga bergan intervyusida.

Bu yerda hech qanaqa kompromiss yoki manfaatlar kelishuvi haqida gap borayotgani yo‘q, toliblarning o‘zlari esa AQSh bilan ushbu bitimni Amerika ustidan qozonilgan g‘alabadek qabul qilmoqda. Bu esa musulmon hamjamiyati ichida islomda radikal diskurs ommalashganini anglatadi.

Ekspert fikriga ko‘ra, IShID jangarilar terroristik guruhlari ushbu bitim imzolanishini kutmoqda, ular shundan so‘ng toliblarning bu bitim shartlariga rozi bo‘lmagan qismi xalifat tomonga o‘tib ketishiga umid bildirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0