Boshdagi shox, to‘qimalar o‘limi - smartfonlar chaqiradigan kasalliklar

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKonsert, posvashenniy Dnyu goroda v Moskve
Konsert, posvashenniy Dnyu goroda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Smartfonga uzoq vaqt davomida bitta ko‘z bilan tikilish ko‘z to‘r pardasi ta’sirchanligi sezilarli pasaytiradi, uning qayta tiklanishi uchun esa bir necha daqiqa talab etiladi. Telefondan uzluksiz foydalanish organizm uchun boshqa jiddiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik, Alfiya Yenikeyeva. Uch yil muqaddam ilk marotaba smartfondan ko‘p foydalangan britaniyalik bemorda vaqti-vaqti bilan ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi kuzatilgan edi. Sal keyin mutaxassislar gadjetlar qay tarzda ko‘rlikni keltirib chiqarishi mumkinligini tushuntirishdi. Telefondan uzluksiz foydalanish organizm uchun boshqa jiddiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Blyuda - Sputnik O‘zbekiston
Doimiy ochlik hissi qaysi xavfli kasallik alomati?

Bir ko‘zdan judo bo‘lish

2016 yilning qish faslida Buyuk Britaniyada bir yo‘la ikki ayol ko‘rish qobiliyati vaqti-vaqti bilan yo‘qolib qolayotganidan shikoyat qilib, shifokorlarga murojaat qilishadi. Bemorlar mamlakatning turli burchaklarida istiqomat qilar, ammo ulardagi kasallik belgilari juda o‘xshashligi aniqlanadi. Ikkala holatda ham ko‘rish qobiliyati faqat bir ko‘zda va 15 daqiqaga yo‘qolar, bu holat deyarli har kuni takrorlangan. Ko‘zni ko‘rikdan o‘tkazish, jumladan, ko‘z to‘r pardasi optik kogerent tomografiyasi, bosh MRTsi va "A" vitamini miqdorini aniqlash uchun o‘tkazilgan qon tahlili naf bermaydi. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bemorlar sog‘lom edi.

Vrach-travmatolog smotrit na rentgenovskiy snimok - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishmoqda?

Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, ikkala ayol ham har tun yonboshlagan holda qorong‘ida smartfon yordamida uzoq vaqt mutolaa qilar ekan. Ayollarning bir ko‘zi bunday holatda yostiq bilan to‘silgan. London shahri universiteti tadqiqotchilari ushbu holatlar bilan qiziqib qolib, ko‘rlik sababi - assimetrik yorug‘lik adaptatsiyasi ekanligini taxmin qilishadi. Boshqacha aytganda, bitta ko‘z qorong‘ilikdan yorug‘likka keskin o‘tishga moslashgan, ikkinchisi esa moslashmagan edi.

Smartfonga uzoq vaqt davomida bitta ko‘z bilan qarashga rozi bo‘lgan ko‘ngillilar ishtirokidagi tajribalar olimlar taxminlarini tasdiqlaydi. Ma’lum bo‘ladiki, telefon ekraniga yo‘naltirilgan ko‘z to‘r pardasi ta’sirchanligi sezilarli pasayar, uning qayta tiklanishi uchun esa bir necha daqiqa talab etilardi. Tajriba mualliflariga ko‘ra, bu singari bir tomonlama ko‘rlik bir qarashda ko‘ringani kabi bezarar bo‘lmay, smartfondan foydalanayotgan vaqtda displeyga ikkala ko‘z bilan qarash maqsadga muvofiq ekan.

To‘qimalar o‘limi

Toledo universiteti (AQSh) tadqiqotchilari fikricha, smartfon va kompyuterlarga xos bo‘lgan ko‘k rang ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq vaqt ta’sir o‘tkazadigan bo‘lsa, u ayniqsa, ko‘z to‘r pardasiga ziyon yetkazishi mumkin.

Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik O‘zbekiston
Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi

Agar inson har kuni uzoq vaqt va ayniqsa qorong‘ida smartfondan ko‘z uzmasa, yoshga doir makulyar degeneratsiyani orttirib olishi mumkin. Bu kasallikda ko‘zning to‘rsimon to‘qimasi markaziy qismi — makulada — millionlab kolbalar va tayoqchalar halok bo‘ladi. Bunda avvaliga kishiga to‘g‘ri chiziqlar to‘lqinsimon bo‘lib ko‘rinib, keyin mutolaa vaqtida ko‘z ayrim harflarni ilg‘ay olmaydi, so‘ngra bemorlar nigohlari qarshisidagi predmetlarni ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin. Shu bilan bir vaqtda yondan ko‘rish qobiliyati saqlanib qoladi.

Ensadagi shox

Avstraliyalik olimlarning bir nechta ishlariga ko‘ra, smartfonlar bosh chanog‘idagi muayan suyaklarning o‘sishini tezlashtiradi. Gap shoxsimon tikanlar haqida bormoqda. Bunda boshning juda ko‘p egilishi tufayli bosh chanoqning orqa tomonida suyak o‘sishi boshlanadi.

Mujchina i jenshina. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar ayollar bilan bahslashishning nega foydasi yo‘qligini tushuntirishdi

Gap shundaki, aksariyat odamlar, smartfondan foydalanar ekan, o‘zlari bilmagan holda boshlarini oldinga - ekran tomonga egadilar. Bu holatda tana og‘irligi umurtqadan boshning orqa tomonidagi mushaklarga tushadi. Natijada paylarda suyak -ya’ni, shoxsimon tish o‘sa boshlaydi. U normal holatda uch millimetrdan oshmasligi lozim. Biroq 30 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilarning 41 foizida (tadqiqot doirasida 1200 kishi ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 300 nafarini - 18 yoshdan 30 yoshgacha yoshlar tashkil etgan) shox o‘lchami 10 millimetrdan 31 millimetrgacha ekanligi qayd etildi. "Shox"lar aksariyat holatlarda erkaklarda ko‘proq uchragan.

Ilgarilari bu kabi suyak o‘sishi holatlari hayotining kattagina qismida og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan keksa kishilarga xos bo‘lgan. Suyak o‘sayotganda bosh muntazam og‘rigan, bo‘yin va umurtqa sohalarida yoqimsiz hissiyotlar sezilgan. Ammo yosh ko‘ngillilarda aniqlangan shoxsimon tishlar ularga hech qanday noqulaylik tug‘dirmagan. Yoshi katta guruhlarda suyak o‘sishi holatlari juda kam uchragan.

Toliqqan miya

Rutger universiteti (AQSh) xodimlari tadqiqotlariga ko‘ra, smartfonlar miya faolligiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Agar ish vaqtidagi tanaffus mobil qurilmaga tikilgan holatda o‘tkazilsa, miya dam olmaydi, uning keyingi faoliyatdan mahsuldorlik esa faqat yomonlashadi.

Devushka s jevatelnoy rezinkoy - Sputnik O‘zbekiston
Saqichning foyda va zarari haqida olimlar qanday fikrda

Tadqiqotchilar 414 talabadan 20ta masalani yechishni so‘rashgan. Bu uchun bir necha soat vaqt ajratilgan, orada faqatgina bitta tanaffusga ruxsat berilgan. Bo‘sh vaqtni telefon, kompyuter yoki daftarlar bilan o‘tkazish, shuningdek, tanaffusdan voz kechish ham mumkin edi.

Qo‘llarida smartfon bilan dam olgan ko‘ngillilar berilgan topshiriqlarni hammadan yomonroq bajarganlar. O‘rtacha hisobda masalalarni yechish uchun ularga 19% ko‘p vaqt talab etilgan, bundan tashqari ular masalalarni tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga nisbatan 20 foiz kamroq yechishgan, tajriba yakunida esa o‘zlarini juda horg‘in his etganlar.

Umuman olganda, tadqiqotchilar fikricha, smartfonlarga tobelik (xuddiki giyohvand moddalarga yoki o‘yinlarga tobelik singari) haqida gapirishga hali erta. Demak-ki, gadjetlarning organizmga salbiy ta’sirini yaxshilash mumkin. Asosiysi - ulardan foydalanishga aql bilan yondashmoq lozim.

Yangiliklar lentasi
0