"G‘ingshidi va yig‘ladi". Nega "ID" yetakchisi o‘limidan hamma, hatto terrorchilar ham manfaatdor

© AP Photo / Karim KadimIrakskie shiitskie protestuyut protiv kazni sheyxa Nimra al-Nimri v Saydovskiy Aravii
Irakskie shiitskie protestuyut protiv kazni sheyxa Nimra al-Nimri v Saydovskiy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Al-Bag‘dodiy hayotmi-yo‘qmi - biroq u shafqatsiz, mutaasib va serg‘ayrat davomchiga ega. Voris tor-mor qilingan terroristik tashkilotni qayta tiklay oladimi-yo‘qmi, RIA Novosti materialida o‘qing.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik, Galiya Ibragimova. AQSh maxsus xizmatlari "Islom davlati" yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqida e’lon qilishdi. "Halifat" yetakchisini bir necha marotaba dafn etishgan. Ammo u har safar qayta tirilar va o‘z safdoshlarini o‘z o‘limi haqidagi yolg‘onga shiddatli hujumlar bilan javob qaytarishga chorlardi. Al-Bag‘dodiy hayotmi-yo‘qmi - biroq u shafqatsiz, mutaasib va serg‘ayrat davomchiga ega. Voris tor-mor qilingan terroristik tashkilotni qayta tiklay oladimi-yo‘qmi, RIA Novosti materialida o‘qing.

Starshiy nauchniy sotrudnik Sentra Blijnego i Srednego Vostoka Instituta vostokovedeniya RAN Irina Fedorova   - Sputnik O‘zbekiston
Fedorova: al-Bag‘dodiy o‘limi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lishi mumkin emas

"Birinchi raqamli terrorchi" yengildi

Vashington al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda jamoatchilik orasida olamshumul shov-shuvlarga sabab bo‘lishini kutgan edi. Sababi, sakkiz yil oldin - "birinchi raqamli terrorchi" - Usama ben Ladenning halok bo‘lgani haqidagi xabar - ommaviy shod-xurramlikka sabab bo‘lgandi.

Oq uy oldida kutilmaganda tartibsiz miting ro‘y bergan edi. Uning ishtirokchilari qo‘llarida "Terrorchilarga o‘lim", "AQSh - buyuk derjava", "Birinchi raqamli terrorchi - yo‘q qilindi" kabi shiorlar yozilgan plakatlar va transparantlarni ko‘tarib olishgan edi. Linkoln memoriali yonida namoyishchilar o‘zgacha bir zavq ila: "Birinchi raqamli dushman yengildi", "A-Q-Sh", deya shiorlarni dona-dona o‘qishardi.

Prezident Barak Obama bu paytda ikkinchi muddatga qolish uchun, saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rardi. Terrorchining yo‘q qilinishi borasidagi maxsus operatsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi o‘shanda unga saylovoldi poygasida yordam bergandi. Tramp qanchalik harakat vilmasin, shu kechayu-kunduzda Obamaning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi.

Amerikancha dejavyu

AQSh prezidenti al-Bag‘dodiy hayotining so‘nggi daqiqalarini yorqin ranglarda tasvirlab berdi - go‘yoki maxsus-operatsiyaga shaxsan guvoh bo‘lgandek. "Boshqalarni qo‘rqitib kelgan jinoyatchi, so‘nggi daqiqalarni vahima va qo‘rquvda o‘tkazdi, — deb xabar qildi davlat rahbari. — Amerika harbiylari hujumidan dahshatga tushib, u tonneldagi tupikkacha yugurib bordi. Yo‘l-yo‘lakay u g‘ingshir, yig‘lar va baqirardi. Tonnel oxirigacha yetib borib, u o‘zini portlatdi. O‘zini va uch nafar bolani o‘ldirdi. U xuddi itdek va qo‘rqoqdek o‘ldi".

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: al-Bag‘dodiy o‘ldirildi

Bugun Trampga ta’sirchan maxsus operatsiyalar juda zarur. Saylovoldi kampaniyasi avjida va amaldagi prezident yana bir muddat o‘zida ushbu lavozimni saqlab qolmoqchi. "ID" rahbari ustidan g‘alaba oppozitsiya tomonidan bo‘ladigan tanqidlarni yo‘qqa chiqarishi lozim. Ayniqsa, Rossiya va Turkiya Yaqin Sharqda o‘z muvaffaqiyatini belgilab olgach, Trampga uning Yaqin Sharqdagi siyosati tufayli ayblovlar nihoyatda kuchaygan edi.

Biroq skeptiklar ham jim turishmadi. "Islomchilar yetakchisining yo‘q qilinishi "ID" ustidan g‘alaba qozonilganini anglatmaydi", - deya ta’kidladi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi — u amaldagi prezident administratsiyasining asosiy g‘animidir. Demokratik partiyada esa, Tramp eng birinchi bo‘lib ularni operatsiya haqida xabardor etmaganligidan norozi bo‘lishdi, biroq bir vaqtning o‘zida hamkorlik uchun Rossiya va Turkiyaga minnatdorlik bildirishdi.

Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi Tramp tarafdorlarida ham katta taassurot uyg‘otmadi. Oddiy amerikaliklarning Oq uy oldidagi quvonchga to‘la namoyishlari ro‘y bermadi, siyosatchilardan maqtov ham yangramadi. Davlat rahbarining reytinglari ham o‘zgarmadi: Trampga hali ham fuqarolarning 55 foizi ishonmaydi.

Shubhali operatsiya

"ID"ga qarshi kurash olib boruvchi xalqaro koalitsiya ishtirokchilari munosabati ham noaniq. Turkiya hukumati maxsus operatsiyaga Yaqin Sharqda terrorizmga qarshi kurashda burilish yasaydigan nuqta, deya ta’rif berishdi. Rossiya Mudofaa vazirligida xulosa chiqarishga shoshilishmayapti.

"Amerika aviatsiyasiga ushbu operatsiya davomida Idlib deeskalatsiya hududi havo bo‘shlig‘iga uchib o‘tishiga yordam berilgani haqida bizga ma’lum emas", — deb qayd etdi Rossiya mudofaa idorasi vakili Igor Konashenkov.

Voyennie SShA - Sputnik O‘zbekiston
Iroqdagi AQSh harbiylari joylashgan bazaga ikkita raketa tushdi - OAV

Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani to‘g‘risida ilgari ham xabar berilgan. "ID" yetakchisi haqiqatda yo‘q qilingani haqida qandaydir salmoqli dalillar esa hozircha yo‘q.

Tramp ta’kidiga ko‘ra, genetik ekspertiza aynan al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini isbotlagan. Ammo ben Laden yo‘q qilingach, maxsus xizmatlar uning jasadi aks etgan fotosuratlarni tarqatishgan edi. Hozir shu ham yo‘q.

"Halif"ni bir necha marotaba dafn etishgan. G‘arb koalitsiyasi "ID" yetakchisi aviazarbalar natijasida o‘ldirilganligi haqida hisobot berar, shundan so‘ng "Islom davlati" media bo‘linmalari uning safdoshlar tomon yo‘llagan navbatdagi murojaatini ommaga e’lon qilardi. So‘ngra, islomchilar "kofir"lar yana yolg‘onda fosh etilgani haqida tushuntirardilar. Oddiy jangarilar esa o‘z qo‘mondonining kuchli va qo‘l yetmaydigan yetakchi ekanligiga yana-da qattiqroq ishona boshlardilar.

Kuz boshlanishida arab OAVlari al-Bag‘dodiy o‘lim talvasasida yotgani haqida yozgan edilar. Hatto uning vorisi kimligini ham ma’lum qilishdi: u yetakchining shogirdi va raqibi Abdulloh Qardosh edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u faqatgina iroq yo‘nalishidagi ishlar uchun javob berardi.

Yangi "halif" shaxsi juda katta qiziqishlar uyg‘otardi. Avvaliga, u sobiq saddam armiyasining xizmatdagi ofitseri ekanligi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi. Amerika Iroqqa bostirib kirgach, ko‘plab ofitserlar va sunniy-amaldorlar ta’qiblarga uchrab, oxir-oqibat radikal oqimga qo‘shilishga majbur bo‘lgandi. Islomchilarning muvaffaqiyati ham aynan ular tarkibida xizmatdagi harbiylar borligi bilan izohlanardi.

Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov “IShID”chilarga qabristondan joylarni va’da qildi

So‘ngra ushbu ma’lumotlar rad etildi: Qardosh - yazidlarni shafqatsizlarcha jazolash tarafdori, "IDning eng qahri qattiq qo‘mondonlari bilan birga o‘qigan" shariat bo‘yicha mutaxassis edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, shu aniq edi-ki, al-Bag‘dodiy o‘rnini mutaassib, shafqatsiz va kuch-quvvatga to‘la, oxirgi lahzaga qadar kurashishga tayyor yetakchi egallardi.

Aytishlaricha, al-Bag‘dodiyning shaxsan o‘zi Qardoshga "Islom davlati"ni boshqarishga fotiha bergan emish. Bu orada terrorchilarning yo‘q qilinmagan qismi Suriya va Iroqdan Afrika va Janubiy Osiyoga ko‘chib o‘tdi. Ekspertlarning aksariyati aynan shu regionlarda "Halifat" qayta tug‘ilishini kutishmoqda.

"Saxiy obraz"

Al-Bag‘dodiy — u tirikmi yoki o‘lik — "ID"ning yagona va shak-shubhasiz obro‘li kishisi sifatida qabul qilinmagan va qabul qilinmaydi. Uning "Al-Qoida"da barcha hal etuvchi qarorlarni qabul qilgan, deb hisoblanuvchi Usama ben Ladendan asosiy farqi ham shunda.

"Al-Bag‘dodiy va ben Ladenni birlashtiruvchi yagona jihat, - ikkalasi ham o‘ta yashovchan bo‘lganligida. "OAVlardagi dafn marosimlaridan so‘ng" ular yana qayta jonlanar edi", — deb tushuntiradi RIA Novostiga islomiy tashkilotlar bo‘yicha mutaxassis Andrey Serenko.

Ekspert ikkala terrorchining ham g‘oyaviy qarashlari turli muhitlarda shakllanganligiga e’tibor qaratadi. Agar ben Ladenga Afg‘onistondagi sovet kampaniyasi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, al-Bag‘dodiyning dunyoqarashini amerikaliklarning 2013-yilda Iroqqa bostirib kirishi belgilab bergan edi.

Otrad boyevikov IGIL - Sputnik O‘zbekiston
IShID Suriya va Iroqda o‘z kuchini tiklamoqda – Pentagon

"Bag‘dodiy — bu shunchaki ramziy bir figura. Iroqlik o‘ta kamgap dindor, Iroq urushida Saddam Husayn tomonida qatnashgan, u hech qachon tarovati bilan ajralib turmagan. Hatto "ID" gullab-yashnagan davrda ham uni hech qachon asosiy ustoz sifatida e’zozlashmagan. Xudojo‘ylik va butun dunyoda halifatni barpo etish g‘oyasi tufayli u o‘zi atrofida ergashuvchilarni to‘play olgan edi", - deb hikoya qiladi Serenko.

Ekspert e’tiborni qaratayotgan yana bir omil, bu "ID"ning iyerarxik emas, balki tarmoqli tuzilmasidir: "Ushbu terroristik tashkilotning qaror qabul qiluvchi yagona markazi mavjud emas. Terroristlar yacheykalari bir-biridan mustaqil harakat qiladi va har birining o‘z yetakchisi bor".

Siyosatshunos fikricha, bordiyu, al-Bag‘dodiy o‘limi haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topadigan bo‘lsa, uning ergashuvchilari shundan ham tashviqot maqsadida foydalanishga harakat qilishlari mumkin. "Afsonalashtirilgan saxiy bir obrazni yaratishadi va u "ID"ning mafkuraviy jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bag‘dodiy haqida butunjahon halifati boshida turgan bekamu-ko‘st bir halif haqida kabi gapira boshlaydilar", - deya prognoz qiladi Serenko.

Xalqaro masalalar bo‘yicha Rossiya kengashining Yaqin sharq bo‘yicha loyihalari koordinatori Ruslan Mamedovning fikricha, "ID" Suriya va Iroqning kattagina qismi ustidan nazoratni yo‘qotgach, al-Bag‘dodiy shak-shubhasiz obro‘li kishi bo‘lmay qolgan.

Siluet voorujonnogo boyevika - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasida 8 mingga yaqin jangari to‘plandi - ekspert

"Butunjahon halifati g‘oyasi shunga asoslanardiki, islomiy terrorchilar hududlari muntazam ravishda kengayib borishi lozim edi. Al-Bag‘dodiy o‘zini barcha egallab olingan yerlar halifi deya e’lon qildi. Ammo Suriya va Iroqda "ID" soni yo‘qotilishi tufayli uning tituli ahamiyati ham pasayib bordi", - deya tushuntiradi siyosatshunos.

Bu yerda asosiy masala: terrorchilardan tozalangan territoriyalarda davlatchilikni qayta tiklashning iloji bor-yo‘qligida.

"ID" terroristik tashkilot sifatida iroq kampaniyasidan so‘ng, barcha siyosiy kuchlar davlat qurilishi jarayoniga jalb etilmagani natijasida tashkil topgan edi. Sunniy siyosiy guruhlar bunda chetda qolib ketdi. Va aynan ular butunjahon halifati g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edilar", - deya aniqlik kiritadi Mamedov.

Davlatchilik institutlarini qayta tiklash g‘oyatda muhim. "Regionlar markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tkazilishi shunga olib keladiki, turli guruhlar, deylik o‘zining shartli al-Bag‘dodiysi boshchiligida u yerda o‘z qoidalarini o‘rnata boshlaydilar. Bu terroristik tashkilotlar tashkil topishiga olib kelishi mumkin. Faqatgina mamlakatni birlashtirish va barcha kuchlarni siyosiy jarayonlarga integrallashtirish orqali yangi radikallar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin", - deb yakun yasaydi Mamedov.

Yangiliklar lentasi
0