“Juda qiyin vazifa”: Harbiy ekspert Erdo‘g‘anning S-400 bo‘yicha bayonoti haqida

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishZenitnie raketnie sistemi S-400
Zenitnie raketnie sistemi S-400 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti uning mamlakati S-400 dan voz kechmaydi deya ishontirdi, Erdo‘g‘an bu bayonotni AQShga safari yakunida bu bayonotni aytdi. Harbiy sharhlovchi Yuriy Kotenok Sputnik radio efirida tashrif yakunlari bo‘yicha izoh berdi.

Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olish qarorini o‘z suveren huquqi deb biladi, deb ta’kidladi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. U ushbu bayonotni amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan muzokaralardan so‘ng Vashingtondan uyga qaytayotganda aytdi.

Zenitnie raketnie kompleksi C-400 - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdagi mashqda ilk bor S-400 zenit raketa tizimidan foydalaniladi

“Biz S-400 dan butkul voz kechish talabini to‘g‘ri deb hisoblamaymiz. S-400 dan butunlay voz kechish va Patriot (AQSh HHM tizimi)ga o‘tishning imkoni yo‘q. Biz Patriot sotib olishimiz mumkinligini aytdik, biroq uni sotib olib S-400 dan voz kecha olmaymiz. Bu bizning severen huquqimiz”, - dedi Erdo‘g‘an Vashingtondan qaytayotgan vaqtda samolyotda turk jurnalistlariga. Turkiyaning NTV telekanali uning so‘zlarini keltirdi.

Turkiya prezidenti, umuman olganda, uning AQShga tashrifi ijobiy bo‘lgani va mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun muloqot zarurligini ta’kidladi.

“Biz F-35 (AQSh qiruvchilari) bo‘yicha ijobiy natijaga erishishni istaymiz. Ammo bu safar men Trampning ushbu mavzuga nisbatan ancha ijobiy va konstruktiv yondashuvini ko‘rdim”, - dedi Turkiya yetakchisi.

“Segodnya.ru” portali bosh muharriri, harbiy sharhlovchi Yuriy Kotenok Sputnik radiosida bu bayonotlar yuzasidan izoh berdi.

“Erdo‘g‘an yana bir bor o‘z egilmaydigan pozitsiyasini ko‘rsatmoqda, va dunyoda bir davlatning boshqalarga o‘z irodasini shart qilishga urinayotgan bir sharoitda bu jiddiy harakatdir. Shuning uchun, AQSh zenit-raketa tizimlari masalasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etishi bo‘yicha Erdo‘g‘anning pozitsiyasi - bu, albatta, Turkiya yetakchisi foydasiga xizmat qiladi”, - dedi Yuriy Kotenok.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Putin Saudiya Arabistoniga S-300 yoki S-400 sotib olishni taklif qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rahbariyati oldida qiyin vazifa turibdi.

“Turkiya nafaqat mintaqada derjava roliga da’vo qilmoqda, u allaqachon strategik darajaga chiqishga harakat qilmoqda. Bu yerda Erdo‘g‘an oldida juda qiyin vazifa – NATO a’zosi bo‘la turib, Moskva bilan aloqani o‘rnatish. Biz bu Qo‘shma Shtatlar katta noroziligini keltirib chiqarayotganini ko‘rmoqdamiz. Shu munosabat bilan Erdo‘g‘anning Vashingtonga qilgan tashrifi ijobiy natija bo‘lgani, uni buzishga urinish bo‘lganiga qaramasdan, diqqatga sazovordir. Erdo‘g‘anning bayonotlari (S-400 haqida - tahr.) hozircha uni yengish mumkin emasligini ko‘rsatmoqda. Garchi amerikaliklarning Turkiya rahbariyatiga nisbatan qo‘llashi mumkin bo‘lgan keng qamrovli choralar mavjudligini unutmaymiz. Turkiya mintaqadagi u yoki bu siyosiy va harbiy-siyosiy provokatsiyalarga jalb qilinishi mumkinligiga tayyor bo‘lishi kerak”, - dedi Yuriy Kotenok.

Iyul o‘rtalarida Anqara va Vashington munosabatlarida inqirozni keltirgan, Rossiyaning S-400 tizimi yetkazib berilishi boshlangandi.

Turkiyada 2020-yil aprelda S-400 to‘liq ishga tushirilishini aytishgan.

Vashington kelishuvni rad etishni, uni o‘rniga AQSh Patriot majmularini sotib olinishini talab qildi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilarini sotilishini kechiktirish yoki bekor qilish, shuningdek sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi.

Anqara bu talabga bo‘ysunmadi.

Yangiliklar lentasi
0