General Do‘stum Afg‘oniston shimoliga keng ko‘lamli yurish boshladi

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishTransportniy vertolet v gorax Afganistana
Transportniy vertolet v gorax Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan general, Afg‘on Islom Respublikasi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stum Afg‘oniston shimolida islomiylarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlagani haqida e’lon qildi.

Qishki vaqtda Afg‘onistonga xos bo‘lmagan tarzda shimoliy provinsiyalarda jangovar harakatlarning boshlanib ketgani - toliblar salohiyati va faolligi oshganidan, shuningdek, hukumat qo‘shinlari va xavfsizlik kuchlari terroristik uyushmaga qarshi qurollangan mojaroni o‘z foydasiga hal qilishga qat’iy bel bog‘laganligidan darak beradi.

Voyenniy obozrevatel Viktor Litovkin - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasidagi IShIDchilar Markaziy Osiyoga xavf solmoqda – rossiyalik ekspert

Afg‘oniston birinchi vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stum mamlakat shimolida toliblar va boshqa islomiy-jangarilarga qarshi yirik harbiy operatsiya boshlangani haqida e’lon qildi. Bu nostabil holat Amu-daryo va Panj chizig‘i ortidagi chegaradosh mamlakatlarga ham xavf soladi. Afg‘on qo‘shinlari 5-dekabr kuni Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz provinsiyasi shimoli-sharqida joylashgan Dasht-Archa uyezdiga RFda ta’qiqlangan "Tolibon" harakati tomonidan uyushtirilgan keng ko‘lamli hujumni qaytardilar. "Tolibon" afg‘on-tojik chegarasidagi hududni navbatdagi bor o‘z nazoratiga olishga urindi. Jangarilar taktikasi mukammallashmoqda, ular harakati yanada muvofiqlashmoqda.

Shu tariqa, toliblar chegaraga yaqin joylashgan Dasht-Archa uyezdiga Xon-Obod, Qunduz va qo‘shni Tohar provinsiyasi tomonlaridan hujum qildilar. Afg‘on xavfsizlik kuchlari qarshiligiga uchragan jangarilar ortga chekinib, qayta guruhlandi va yana qaytadan hujum qildi. 28 tolib va to‘rtta pikap pulemotlari bilan yo‘q qilindi.

Boyeviki  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasi yaqinida 10 mingga yaqin jangari to‘plangan – Rossiya TIV

Bundan tashqari, 5-dekabrga o‘tar kechasi Afg‘oniston Islom Respublikasi kuch tuzilmalari Qunduz shahri yaqinidagi bir nechta aholi punktlarida tozalash ishlarini amalga oshirdilar, bunda 28 ekstremist va 4ta avtotexnika yo‘q qilindi. Afg‘on harbiy-havo kuchlari operatsiyasi davomida Uruzg‘on provinsiyasida 11 jangari yo‘q qilindi.

Afg‘on hukumati va toliblarning 2018-2019 yillarda siyosiy muzokaraga kelishga urinishlari besamar kechdi. Agar Qobul tinchlik bitimi imzolagunga qadar (yoki bitim o‘rniga) toliblarga "joyini ko‘rsatib qo‘ymasa", mamlakatda hokimiyat uchun yangi qurolli, qonli mojaro boshlanib ketishini bashorat qilish qiyin ish emas.

Kompromissiz qarshilik

AQSh tinchlik bitimini imzolashga va Afg‘onistondan amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish haqida muzokalalar olib borayotgan bir vaqtda jangarilar faolligi oshmoqda. Bu esa muzokaralarni kuch pozitsiyasidan olib borishga intilishni yaqqol aks ettirmoqda. Qurollangan guruhlar shimoliy chegaraga yaqin Farob, Sari-Pul, Jauzjon, Balx va Samangan provinsiyalarda harakat qilmoqda. Faryab – Jauzjon va Jauzjon – Balx provinsiyalarida jangarilar muntazam ravishda tinch aholini asir olib, evaziga tovon talab qiladi. Xavfsizlik bilan bog‘liq bu kabi holatlar qat’iy harakatlarni talab etadi.

Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston O‘zbekiston orqali navbatdagi yuk poyezdini o‘tkazdi

Afg‘oniston Islom Respublikasi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stum va milliy mudofaa departamenti rahbari Asadulla Xalid 2-dekabr kuni harbiy operatsiyalar va Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlari qo‘mondoni amerikalik general Skott Miller bilan koordinatsiyani muhokama qildilar. Ilgariroq Do‘stum AIR hukumati, Qo‘shma Shtatlar va NATOga Afg‘oniston shimolida toliblarni tor-mor qilish rejasini taqdim etgan edi. Bu reja (amerika qo‘shinlari ishtirokini nazarda tutmaydi) olti oyga mo‘ljallangan. Agar Do‘stum "olov va qilich bilan" qachonlardir toliblar va boshqa terrorchilik guruhlari tomonidan bo‘lib tashlangan mamlakatni birlashtira olsa, u milliy qahramon Ahmad Shoh Ma’sud bilan bir qatorda turadi. Ammo «Tolibon” ulkan mablag‘lar, arsenallar va "da’vat resurslariga" ega. Afg‘oniston shimoliy provinsiyalarida turli taxminlarga ko‘ra, 5000 dan 10000gacha jangarilar to‘plangan. Shuningdek, mamlakatda RFda ta’qiqlangan ID terroristik guruhi o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda, bu terrorchilik guruhi saflarida Markaziy Osiyo (Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston) respublikalari fuqarolari ham bor.

Boshqa tomondan, ko‘pmilliardli investitsiyalar va AQSh va uning ittifoqdoshlari 2001-yildan buyon amalga oshirayotgan harbiy operatsiyalar Afg‘onistonni tinchlik va barqarorlikka olib kelmadi. Bugungi kunda paradoks holat kuzatilmoqda: general Do‘stum shimoliy provinsiyalarda "Tolibon"ga urush e’lon qilgan, AQShning maxsus vakili Zalmay Xalilzod esa toliblar bilan Doxa (Qatar)da rasmiy muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu muzokaralarni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg qizg‘in qo‘llab-quvvatlamoqda. Ehtimol, buni, G‘arb Afg‘onistondagi ko‘p yillik davlat va harbiy qurilish ish bermaganini tan olmoqda, deb qabul qilish mumkin. Chegaradosh bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari esa o‘zi tomondan mudofaa va xavfsizlik tizimini kuchaytirishga majbur.

Omar Nessar - Sputnik O‘zbekiston
Nessar: Afg‘onistonga munosabat tahdidlar darajasiga bog‘liq bo‘ladi

Preventiv choralar

2019 yildagi terrorizm global indeksida Tojikiston Afg‘oniston bilan qo‘shnichiligi (1344 km umumiy chegaraga ega) tufayli o‘z pozitsiyasini ancha yo‘qotdi. Lekin shunday bo‘lsa-da, tan olish joizki, murakkab geosiyosiy sharoitlarda Dushanbe so‘nggi yillarda tojik-afg‘on chegarasini ancha mustahkamlab olishga erishdi (ayniqsa Sho‘raobod va Badaxshon yo‘nalishlarida), milliy armiyani ham mustaqil ham ODKB resurslaridan foydalangan holda mustahkamladi.

Voyennoslujashie uzbekskoy armii - Sputnik O‘zbekiston
Shakl va mazmun: o‘zbek armiyasi nega libosini yangilamoqda

Global Firepower harbiy kuch bo‘yicha jahon reytingida Tojikiston dadil olg‘a ildamlamoqda, va bugun 94-pog‘onaga yetdi. Mudofaa qobiliyatiga baho berishda ittifoqdoshlar yordami va respublikadagi Rossiyaning (7500 harbiy xizmatchiga ega) 201-bazasini ham inobatga olish kerak. Ushbu baza jadal ravishda qayta qurollanib, o‘z harbiy imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Yaqinda respublikaga Rossiya Markaziy harbiy okrugidan S-300PS havo hujumiga qarshi zenit raketa-majmualari divizioni yetkazildi. 201-Rossiya harbiy bazasining shaxsiy tarkibi 2020-yilda 100ta turli mavzuga oid mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.

Bir necha yil oldin Moskva Dushanbega bir milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berish va’dasini bergan edi, 2025-yilgacha esa Rossiya - tojik armiyasi modernizatsiyasiga 200 million dollar investitsiya qilishi kerak. Tojikistonga jami 122 million dollarlik - Mi-8 va Mi-24 vertoletlari, 300dan ortiq bronetank texnikasi, artilleriya uskunalari, havodan hujumga qarshi mudofaa va aloqa vositalari yetkazib berildi.

Posetiteli voyennoy vistavki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek armiyasi tasarrufidagi AQSh zirhli texnikalarini ilk bor namoyish etdi

Tojik-afg‘on chegarasi yaqinida ODKBning ko‘pmingsonli qo‘shinlari ishtirokida "Jangovar qardoshlik" mashg‘ulotlari muntazam o‘tkaziladi. Bu jangovar mashg‘ulotlarga barcha turdagi jangovar aviatsiya va "Iskander-M" raketa majmualari jalb etiladi.

Qo‘shni O‘zbekiston - MO mintaqasida mudofaa qurilishida tan olingan yetakchi sanaladi (Global Firepower harbiy kuch reytingida dunyo bo‘yicha 48-o‘rinni egallagan). Toshkent o‘z qo‘shinlarini 2020-yilgacha eng zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlash dasturini mustaqil ravishda va muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Respublika ODKB a’zosi emas, harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalardan o‘zini yiroq tutadi, shunday bo‘lsa-da, o‘zbek armiyasi aksilterror yo‘nalishida o‘tkaziladigan hamkorlikdagi manyovrlarda faol ishtirok etadi. Xususan, sharqiy harbiy okrugning "Gurumsaroy" poligonida 4-dekabr kuni o‘zbek va rossiya harbiy xizmatchilari ishtirokidagi "Sharq-2019" taktik-o‘quvlari yakunlandi. O‘zbekiston shu bois ODKB mas’uliyat hududida va uning himoyasida, deb aytish mumkin.

Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishida 2020-yilda 40dan ortiq o‘quv va manyovrlarda ishtirok etadi. ODKB mamlakatlari qurolli kuchlarining hamkorlikdagi jangovar tayyorgarligi uchun Sibir, Ural, Volga bo‘yi hududlarida joylashgan 20dan ortiq poligon, shuningdek, Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalari jalb etiladi.

Afg‘oniston hukumat kuchlarining toliblar va boshqa terrorchilar bilan olib borayotgan qurolli va diplomatik kurashi qanday yakun topishidan qat’iy nazar, chegaradosh Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya hamisha shay holatda turibdi va janubdan keladigan har qanday tajovuzkorga munosib zarba berishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0