O‘zbekiston. 2019-yil: ortga yo‘l yo‘q!

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil ham O‘zbekiston uchun anchayin sertashvish, ser­g‘alva, serhosil kechdi. Asosiysi, bular o‘tgan yillarda boshlangan o‘zgarishlar, islohotlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Siyosatdagi izchillik baribir fuqaroda ishonch va umid uyg‘otadi. Har holda ishlar pala-partishlik bilan boshlanmagan ekan, har holda ular chuqur o‘ylab qilingan, ularni amalga oshirishga maqsad, muhimi siyosiy iroda bor.

Albatta, 2019-yilda O‘zbekiston iqtisodida ulkan o‘zgarishlar bo‘ldi, pul va bank tizimlarida qator qonunlar qabul qilinib, pul muomalasi tartibga solindi.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Hokim o‘rinbosarini yoqib yubormoqchi bo‘lgan tadbirkor shartli ravishda ozodlikka chiqarildi

Biroq, jamiyatdagi asosiy o‘zgarish bu emas. Yilning eng muhim o‘zgarishi bu – davlat fuqaroni eshitishni boshladi. Albatta, Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lib saylanganidan buyon xalqning, fuqaroning dardini eshitishga e’tibor qaratadi, prezident amalga oshirayotgan siyosatning asosiy mag‘zi va mezoni ham shu. Shunga qaramay, bu yildan davlat fuqaro dardini nafaqat eshitmoqda, balki siyosatni shakllantirishda uning fikrini e’tiborga ola boshladi. Buni "snos"lar va mulk daxlsizligini ta’minlash masalasida ham ko‘rish mumkin

Darvoqe, "snos"lar va ularga qarshi chiqishlar ham tabiiy hol edi. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik siyosati, qurilishlar, xohlaysizmi, yo‘qmi, kimningdir manfaatiga tajovuz qilmasdan qo‘ymasdi. Oshkoralik, ochiqlik siyosati esa buni omma e’tiboriga olib chiqishi tabiiy edi.

Bu davlat siyosatida yana bir yangi ko‘rinishni yuzaga keltirdi: hokimlar daxlsizligiga putur yetdi. "Holvani hokim, kaltakni yetim yeydi", degan maqol ham eskira boshladi. Nihoyat hokimlar katta boshini kichik qilib, bo‘yin egib uzr so‘radi. Albatta, negadir xalqdan emas, bloger va jurnalistlardan uzr so‘rashdi. Shundayam, bu ilgari misli  ko‘rilmagan holat. Hokimiyat xalq fikri bilan hisoblashmoqda.

Shavkat Mirziyoyev s blogerami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda blogerlar reytingi e’lon qilindi

Bu o‘z navbatida, xalq dardini bayon etayotgan yana bir  manbaa sifatida blogerlarni rasmiy darajaga olib chiqdi.

2019 yilda o‘zbeklarni yuz yillardan burun qiynab kelayotgan masalani hal qilishga kirishildi: to‘ylarni tartibga solishmoqchi bo‘lishdi. Biroq 100-yillik muammoni hal qilish uchun birdan qaror chiqarishdan cho‘chishdi, avvaliga tor doirada muhokama qilindi, so‘ng xalq muhokamasiga tashlandi. Keyin, Senat darajasida qaror qabul qilindi. Shunda ham kuchga kirishini 2020-yilga qoldirishdi. Demak, bu xalq hayoti uchun juda muhim va nozik soha.

Prezident yangi avlodni tarbiyalashga qattiq kirishdi

2018 yil O‘zbekistonda tom ma’noda o‘qituvchilar yili bo‘lgan edi. Bu yilda ham shuning davomini kuzatish mumkin bo‘ldi. Ikki yildan buyon O‘zbekiston ta’limning sifatini oshirish ustida ishlamoqda.

Umuman, O‘zbekistonda yoshlar masalasi har doim dolzarb bo‘lgan. Yaqinda Yoshlar ittifoqini Agentlik sifatida qayta tashkil etilishi mumkinligi haqidagi takliflar ham buning isboti. "Ittifoq"dan farqli o‘laroq "Agentlik" davlat tashkilotini ifodalashini e’tiborga olsak, bu siyosat zamirida nima yotganini anglash qiyin emas.

Prezident jamiyat ma’naviy hayotini tartibga solish bo‘yicha beshta tashabbusni o‘rtaga tashladi: kitobxonlik, musiqa, san’at va  sportga qiziqishni rivojlantirish, kompyuter savodxonligini oshirish va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash.

Besh tashabbus biroz rasmiy tus olgan bo‘lsa-da, baribir yoshlarning hayotida, qiziqishlarida o‘zgarish qilishga bo‘lgan ijobiy urinish bo‘ldi. Buning hosili – natijasini kelasi yillar ko‘rsatadi. Hozircha esa kitob o‘qiganlarning to‘rt-besh nafari avtomobillik bo‘lib qoldi.

Darvoqe xotin-qizlar masalasi!

Yil boshida ayollarning o‘z farzandlariga nisbatan shafqatsiz munosabatlari, ularni sotish, o‘ldirish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani haqida xabarlar tez-tez ko‘zga tashlanayotgan edi. Davlat shularni e’tiborga oldi, O‘zbekistonda 2019-yilda xotin-qizlar bo‘yicha birdan ikkita qonun qabul qilindi. Gender tenglik masalasi tobora ko‘proq jaranglay boshladi.

Qonunchilik haqida gap ketar ekan, o‘zbekistonliklarni dastlab biroz cho‘chitgan "Qurol to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Fuqaro xavotir bilan kutganiga qaramay, qonun jamiyat hayoti uchun jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. Ma’lum bo‘ldiki, qonun qurol borasida biron-bir yangilikni olib kirish uchun emas, balki amaldagi tatib-qoidalarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.

Mirziyoyev: biz yuksalish sari qadam qo‘ymoqdamiz - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: biz hech qachon ortga qaytmaymiz

Jasliqdagi koloniyaning yopilishi mamlakat hayotidagi jiddiy o‘zgarish, yangilanish epkinining ramzi sifatida qabul qilindi.

Darhaqiqat, mamlakatda inson huquqini ta’minlash masalasi 2019-yilda kun tartibida bo‘ldi.

Davlat tashqi siyosatini ham izchil davom ettirdi. Tolibonlar bilan muzokaralar Afg‘onistondagi tinchlikni ta’minlashga urinishlardan biri bo‘ldi. Ayniqsa, yaqin qo‘shnichilik siyosati ustuvor bo‘lib qolmoqda. 29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi buni yana bir bor isbotladi. Axir bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish haqida Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surgan edi.

Yilning so‘nggi choragi shubhasiz, saylovlarga bag‘ishlandi. Avvalgilariga o‘xshamaydigan, deb aytilayotgan saylov partiyalar orasidagi tortishuvlar tarzida kechgani uchunmi, bunda besh partiyaning besh rahbaridan boshqa yaqqol shaxslar ko‘zga tashlanmadi. Uning hosilasini esa keyingi besh yilda aniq bo‘ladi.

Asosiysi, 2019-yil butun O‘zbekiston bo‘ylab qurilish va obodonchilik ishlari faol davom etdi. Prezident avvalgi yillarda O‘zbekistonda urbanizatsiyani tezlashtirish, qishloqlarni obod qilish, shaharlar yuzini o‘zgartirish haqida gapirgan edi. Bu yo‘ldagi ishlar allaqachon yangi bosqichga ko‘tarildi.

Qolganini esa ko‘raveramiz! Axir prezident 2019-yilda ham ortga yo‘l yo‘qligini ta’kidladi. Albatta, bu davlatning ochiqlik siyosati haqida aytildi. Aslida hammasi shu – ochiqlikdan keyin keladi-da.

Yangiliklar lentasi
0