Raketa zarbalari orqali kim AQShga Yaqin Sharqni tark etishga ishora qilmoqda?

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVizit delegatsii amerikanskix senatorov v Gruziyu
Vizit delegatsii amerikanskix senatorov v Gruziyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning to‘rtta harbiy bazasiga quyuq raketa hujumlari amalga oshirildi va buning birgina izohi bor - Amerika koalitsiyasini qat’iylik bilan mintaqadan ketishni taklif qilishmoqda.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Bir necha kundan beri Iroqda Amerika harbiy kontingenti joylashgan to‘rtta baza hujumga uchradi. Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda qanday tuzoqqa tushib qolgani haqida.

Voyennoslujashie VS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Iroqdagi AQSh harbiy bazasiga yana raketa zarbasi amalga oshirildi - OAV

Qo‘shma Shtatlar hujumlarga javob bermaganining sababi - ular harbiylarining Iroq-Suriya-Afg‘oniston koridori orqali tark etishi juda qiyin bo‘lishini tushunishgani. O‘ldirilgan general Sulaymoniy uchun qasos endi boshlandi. Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko ushbu mojaro haqida hozir nima bilish kerakligi haqida aytib berdi.

Iroqda bir hafta ichida AQShning to‘rtta harbiy bazasiga quyuq raketa hujumlari amalga oshirildi va buning birgina izohi bor - Amerika koalitsiyasini qat’iylik bilan mintaqadan ketishni taklif qilishmoqda.

Iroqdagi AQShning At-Taji bazasiga14-yanvar kuni yangi raketa hujumi uyushtirildi. Ushbu ma’lumotni Amerika koalitsiyasining shtab-kvartirasi vakili polkovnik Miles Kaggins tasdiqladi. Amerikaning shubhasi Iroqning shia muholif qo‘shinlariga to‘g‘ri kelmoqda, uning rahbari Abu Mahdi al-Muhandis 3-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘i bilan Bog‘dod aeroportida Eron generali Kassam Sulaymoniy bilan birga o‘ldirilgan. Bu holda Iroqdagi aniq ijrochi ahamiyatga ega emas, Eronning "Shahid Sulaymoniy" harbiy operatsiyasi tendensiyasi va rivojlanishini kuzatilmoqda.

Voyennoslujashie SShA. - Sputnik O‘zbekiston
Iroq qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilsa, AQSh yordamni kamaytiradi - OAV

Avvalroq Islomiy Inqilobiy Soqchilari Korpusining (IISK) aerokosmik kuchlari qo‘mondoni general Amir Ali Xojizoda mintaqadagi AQSh harbiy bazalariga "qator hujumlar" boshlanganini e’lon qilgan va Sulaymoniyni o‘ldirilishi uchun AQSh Yaqin Sharqdan haydab chiqarilishini ta’kidlagan edi. 8-14 yanvar kunlari IISK va shia harbiy bo‘linmalari AQShning Iroqning turli viloyatlarida joylashgan Ayn al-Assad, Erbil, Balad va A-Taji harbiy bazalariga raketa hujumlarini o‘tkazdilar.

Vashington AQSh harbiylari xozirda joylashtirilgan Afg‘oniston - Iroq - Suriyaning "qaynoq koridorida" vaziyat qanchalik og‘ir va portlovchi ekanligini tushunadi. Shu sababli, harbiy nishonlarga va Pentagonning obro‘siga qilingan to‘rtta katta hujum deyarli javobsiz qoldi. Vashington o‘zi tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan ushbu inqirozda amerikaliklar diplomatik ravishda manevr qilishga harakat qilmoqdalar - Qatarning Amiri Tamim bin Hamad al-Tanining oldindan e’lon qilinmagan tashrifi bunga isbot.

Javob choralari

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 13-yanvar kuni parlament tomonidan ilgari qabul qilingan Pentagon va uning sheriklarini terrorchilik tashkiloti deb tan oluvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Ehtimol, bu Vashington uchun harbiy-siyosiy ogohlantirishdir (hech kim katta urushni xohlamaydi). Shunga qaramay, Ruhoniy tomonidan imzolangan va ilgari Eronning ko‘p sonli deputatlari tomonidan qabul qilingan qonun (238 kishidan 228 nafari yoqlab ovoz bergan) Eron qurolli kuchlariga mintaqada va dunyoning istalgan nuqtasida AQSh armiyasi, havo kuchlari va flotiga qo‘shimcha qonuniy asoslarsiz hujum qilish imkonini beradi. Aslida, hech kim Amerika koalitsiyasiga qarshi "Shahid Sulaymoniy" harbiy operatsiyasining tafsilotlarini oshkor qilmaydi. Fundamental kelishmovchiliklar tufayli AQSh va Eron o‘rtasida keng miqyosli harbiy to‘qnashuv ehtimoli saqlanib qolmoqda, "joylarda" va Fors ko‘rfazida o‘zaro blokadaga qo‘yish variantlari haqida aytmasak ham bo‘ladi.

Lavrov: Rossiya otvetit na amerikanskie sanksii protiv Severnogo potoka – 2  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQSh va Eron o‘rtasida muloqot o‘rnatishga yordam berishga tayyor - Lavrov

Boshqa tomondan, Iroq parlamenti 5-yanvar kuni favqulodda yig‘ilishda hukumatni Iroqda xorijiy kuchlarning harbiy ishtirokiga chek qo‘yishni talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qildi. AQSh prezidenti Donald Tramp bunga javoban misli ko‘rilmagan sanksiyalarni va’da qildi. Agar Bag‘dod AQSh qo‘shinlarini olib chiqish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilsa, AQSh o‘z banklaridagi Iroqning o‘nlab milliard dollarlarini muzlatib qo‘yishi va harbiy yordamni kamaytirish bilan tahdid qilmoqda.

Tarix tarozilari ikkilanib turibdi. Pentagon va koalitsiya muammoli mintaqani tark etishga axloqiy jihatdan tayyor (qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi “homaki hat”ni eslaymiz), dushman kuchli va yuqori texnologiyalarga ega bo‘lganligi sababli. Eronda rivojlangan zarba berish qurollari kompleksi mavjud, shu jumladan, 1350 kilometr masofaga ucha oladigan (Rossiya “Kalibr”iga o‘xshash) "Xoveyze" qanotli raketalari, Iroqdagi Amerika koalitsiyasi esa raketalarga qarshi mudofaa tizimiga ega emas. 8-yanvar kuni birinchi raketa hujumlari AQSh harbiy bazalari va koalitsiya qo‘shinlarining mutloq himoyasizligini ko‘rsatdi (Eronning o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalari 2500 kilometrgacha bo‘lgan masofada nishonlarni nishonga olishga qodir). Pentagon faqat texnik qidiruv uskunalari yoki dushman tomonidagi pullik ma’lumot beruvchilarga tayanishi mumkin, bu hech qanday xavfsizlikni kafolatlamaydi.

Kuchlarni taqsimlanishi

Yaqin Sharqdan tashqarida AQSh va Eron kuchlarining imkoniyatlarini taqqoslab bo‘lmaydi. Ammo bu mintaqada Pentagonning ma’lum bir ustunligi Eron qo‘shinlarining o‘z hududlarida to‘planganligi bilan qoplanadi.

Global Firepower harbiy qudrati global reytingida G‘arb tahlilchilari Eronga Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreyadan yuqori bo‘lgan 14-o‘rinni berishdi. Tehronga qarshi ochiq tajovuz butun Amerika koalitsiyasining, shu jumladan mintaqaviy sheriklarning jiddiy oqibatlari va yo‘qotishlari bilan tahdid solmoqda. Darvoqe, Eronning ham ittifoqchilari bor.

AQSh Iroq bilan qo‘shinlarni chiqarish masalasini muhokama qilmoqchi emas

Eronning oliy rahnamosi Oyatulloh Sayyid Ali Xamonoiy 12-yanvar kuni mintaqaviy sharoit Yaqin Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalarni talab qiladi, deb bayonot berdi. General Sulaymoniyning o‘limidan keyin Eronda Iroqning "Xalq safarbarlik kuchlari" qo‘mondonlarining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shialarning birlashishi va jangariligi salohiyatini noto‘g‘ri baholash xavflidir. Shu ma’noda Iroqning "Amerikaga qarshi" haqiqiy suverenitetga intilishi Rossiyadan S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimlarini (ZRS) sotib olinganligi bilan dalolat bo‘ladi.

Rossiya bilan hamkorlikda Turkiyaning mudofaa qurilishining ajoyib namunasi AQShning sheriklariga ta’sirining haqiqiy chegaralarini belgilab berdi. Almashtirib bo‘lmaydigan kerakli qurol tizimlari, sheriklar va ittifoqchilar mavjud emas. Bugungi kunda Yaqin Sharqda geosiyosiy qadriyatlarni keng miqyosda qayta baholash ishlari olib borilmoqda. Va, albatta, AQSh tomonidan Bag‘dodning xohish-irodasi uchun va’da qilingan sansiyalar, avvalgidek qator mamlakatlarga nisbatan qo‘llanilgani kabi ishlamasligi mumkin.

Eronga kelsak, yaqinda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi qarama-qarshilikda bo‘lgani kabi, mojaroli vaziyatni tezlashtirish imkoni bo‘lmaydi. 2013-yilda Oyatulloh Xomanoiy tomonidan berilgan Eronda yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi fatvosi (fatvo islom prinsiplari va musulmon huquqshunoslik hodisalariga asoslangan diniy farmon) halaqit bermoqda. O‘shandan beri Tehron rasmiy pozitsiyasini o‘zgartirmadi.

Yangiliklar lentasi
0