Siyosatchilar unutgan xolokostning asosiy darsi

© Sputnik / Aleks Pansikov / Mediabankka o‘tishBivshiy natsistskiy konslager Aushvis-Birkenau v Osvensime.
Bivshiy natsistskiy konslager Aushvis-Birkenau v Osvensime. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro xolokost xotira kuni va Aushvis-Birkenau (Osvensim) konslagerining ozod qilinganining 75-yilligi bu yil shov-shuvli mojarolar sharoitida nishonlanmoqda.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Xalqaro xolokost xotira kuni va Aushvis-Birkenau (Osvensim) konslagerining ozod qilinganining 75-yilligi bu yil shov-shuvli mojarolar sharoitida nishonlanmoqda. Yahudiy jamoalari barcha mamlakatlar siyosatchilarini kelishmovchiliklardan voz kechishga va antisemitizmning kuchayishiga qarshi turishga chaqirmoqdalar, ammo bu javobsiz qolmoqda. Tarixning yodlanmagan darslari to‘g‘risida - RIA Novosti materialida.

Bitta fojia - ikkita marosim

Bunday holat birinchi marta sodir bo‘lmoqda: Xolokost qurbonlar xotirasi kuni eng yuqori xalqaro miqyosda birdaniga sayyoramizning ikkita joyida nishonlanmoqda. Avval, ushbu fojiani o‘rganish bo‘yicha eng yirik markazlardan biri bo‘lgan Quddusdagi “Yad Vashem” yodgorlik majmuasida.  Bir necha kun o‘tgach, 27-yanvar kuni mahbuslari 75-yil oldin Sovet qo‘shinlari tomonidan fashistlardan ozod qilingan Aushvis-Birkenau konslagerida.

Bunday muhim voqea har qanday kelishmovchilik uchun sabab bo‘lolmasligi tuyulgan edi - axir, Xolokost Yevropaning aksariyat mamlakatlarini tegib o‘tdi. Lekin bularning barchasi bularning barchasi janjallar jo‘rligida o‘tmoqda.

Polsha rasmiylari Rossiyani tarixni qalbakilashtirishga urinishda ayblamoqda. Go‘yoki Osvensimni ozod qilinishini “manfaatdor bo‘lmagan” sovet askarlarining qahramonligi emas.  Umuman, Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim lageri oldinroq ozod qilinishi mumkin edi, ammo “Sovet armiyasi Osvensimdan 200 kilometr narida to‘xtatilib hujum kechiktirildi”. Rossiya tarixchilari buni inkor etdilar.

Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Simonyan polshalik siyosatchilarga Yevropani fashizmdan kim qutqarib qolganini eslatib qo‘ydi

Shu bilan birga, Polshada ikki yildan beri polyaklarning xolokostda ishtiroki to‘g‘risida eslatishni taqiqlovchi qonun amal qilmoqda. Ushbu yangilik yahudiy jamoasini qattiq g‘azablantirdi, chunki Polshada o‘ldirilgan yaxudiylarning uch million nafari yashagan edi. Moraveskiyning yahudiylar xolokostda boshqa kollaboratsionistlar kabi ishtirok etganligi haqidagi bayonoti janjalni yanada kuchaytirdi.

“Gettoda boshqa ayrim xoinlar singari politsiya xodimlari bo‘lgan yahudiy jinoyatchilari ham bo‘lgan. Nemis harbiylari, Ukraina va Polsha jinoyatchilaridan farqli o‘laroq, ular konslagerlarda boshqa mahbuslarnikiga o‘xshash vaziyatda bosim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri terror ostida harakat qilishgan”, deb javob berishdi bosh vazirga Polshadagi yahudiy jamoasida.

Natijada, janjal bostirildi - Isroil bilan muzokaralardan so‘ng, Polsha hukumati polyaklarning Xolokostda ishtirok etganligi uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilishga qaror qildi.

“Yuz minglab yahudiylarni haqoratlash”

Ammo, keyingi kunlarda vaziyat yana keskinlashdi. Polsha prezidenti Andjey Duda 23-yanvar kuni “Yad Vashem”da bo‘lib o‘tadigan Butunjahon xolokost forumida ishtirok etishni rad etdi, chunki u yerda unga gapirishga ruxsat berilmadi. Bu tadbir tashkilotchilarini hayratga soldi.

“Bir necha oy oldin, barcha sheriklar forumda ishtirok etadigan qirqdan ortiq hukumat rahbarlaridan faqat besh nafar rahbar Yad Vashem tadbirida - to‘rtta ittifoqchi mamlakat va Germaniya vakillari nutq so‘zlashlariga qaror qilishdi”, deb tushuntirdi tashkiliy qo‘mita RIA Novostiga.

Qaror juda mantiqiy. Bundan tashqari, Dudaga Isroil prezidentining qarorgohidagi ziyofatda nutq so‘zlash imkoniyati berildi. Ammo bu Polsha davlatining rahbariga nomaqbul bo‘ldi - va u tashkilotchilarga javob bermadi. Buning o‘rniga u ularni tarixni qalbakilashtirishda aybladi: tadbirda namoyish etilgan filmlar “Polshaning Germaniyaga qarshi harbiy harakatlarini hisobga olmagan”.

Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim, osvobojdennie voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik O‘zbekiston
Rusofobiya va antisemitizm qo‘l ushlashib kelmoqda - ekspert

Polsha prezidentidan Litva prezidenti o‘rnak oldi. “Shuni ta’kidlash kerakki, odamlar bu yerda, Polshada, natsistlar lagerida halok bo‘lishdi, tadbir esa Isroilda bo‘lib o‘tmoqda”, - dedi Seym spikeri Viktoras Pransketis.

Litva Seymining deputatlari ham Polshadagiga o‘xshash o‘z fuqarolarining xolokostda ishtirok etganini eslatilishni taqiqlovchi qonunni tayyorlamoqda. Agar qo‘shnilari qonun qoidalarini qaysidir ma’noda yumshatgan bo‘lsalar, Vilnyusda noqulay haqiqatni o‘chirish uchun har qanday yo‘ldan borishga qaror qilishdi.

Nomaqbul hodisalar ham ro‘y berib turibdi: 2017-yilda hukumat yozuvchi Ruta Vanagaytega ta’qibni uyushtirishdi. Uning “O‘zimiznikilar” deb nomlangan kitobida litvaliklarning yahudiylarni qirilishida ishtirok etganligi to‘g‘risida dalillar keltirilgan. Nashr tezda kitob do‘konlaridan olib tashlandi, muallifni esa Kremlga ishlashligida ayblashdi.

Ushbu voqea yahudiy jamoasini g‘azablantirgan shov-shuvli qonun loyihasi uchun sabab bo‘ldi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki urushdan oldin Litva yahudiylikning dunyo markazlaridan biri bo‘lgan.

“Bu Litvaning siyosiy va harbiy rahbarlari va mahalliy aholisi tomonidan qo‘zg‘atilgan o‘ldirishga yordam bergan yuz minglab litvalik yahudiylarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqoratdir. Litva hukumati o‘zining tarixini tan olishi kerak va uni e’tiborsiz qoldirmaslikka yoki rad etishga urinmaslik kerak”,-  deb aytdi Yevropa ravvinlari Kengashi rahbari Pinxas Golshmidt.

“Yevropa ko‘chalarida yurishdan qo‘rqishmoqda”

Yahudiy jamoatchiligi bir necha bor xolokostni rad etish antisemitizmning kuchayishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan. Natijada shunday bo‘ldi ham: yahudiylarga nafrat darajasi 2017-yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi.

“Hozirgi kunlarda kuzatilayotgani kabi biz antisemitizm kuchayganidan shu paytgacha bunchalik tashvishlanmagan edik. Yahudiylar Yevropa ko‘chalarida yurib, o‘z dinlarining atributlarini kiyishdan qo‘rqishadi. Yevropadagi yahudiylarning sakson foizi Yevropadagi vaziyatdan havotirda, qirq foizi Yevropani tark etish haqida o‘ylashmoqda. 30-yildan keyin Yevropada umuman yahudiylar qolmasligi mumkin”, dedi Vacheslav Moshe Kantor, “Butunjahon xolokost xotirasi forumi” va Yevropa yahudiylari kongressi prezidenti.

Bundan tashqari, agar bir necha yil oldin yahudiylarga nisbatan nafratning kuchayishi arab mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning katta oqimi bilan izohlangan bo‘lsa, endi ular sababni siyosiy tekislikda ko‘rishmoqda. Bu muammoni Germaniya yaqqol namoyish etadi: 2018-yil uchun (so‘nggi ma’lumotlar) “Germaniya uchun alternativa” o‘nglar radikal partiyasi bir pog‘onaga ko‘tarilib mamlakatning ikkinchi eng mashhur siyosiy kuchiga aylandi. Bu davr ichida antisemitizm tufayli jinoyatlar soni yigirma foizga oshdi.

Poyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferensii po Livii - Sputnik O‘zbekiston
BMTni "qayta ishga tushirish" kerak - Siyosatshunos

Bu Yevropaning barcha mamlakatlaridagi yahudiy jamoalarini xavotirga soladi, ehtimol, bittasidan tashqari. “Ikkinchi Jahon Urushidan keyin xatolar ustida ish olib borgan Germaniyada antisemitizm kuchaymoqda ... Har ikki yoki uch haftada Amerika, Yevropa, Avstraliyada ba’zi voqealar sodir bo‘lganligi eshitamiz. Shubxasiz, biz ijobiy narsalar haqida aytib bera olamiz va shu ma’noda biz ochiq aytmoqdamiz: Rossiyadan o‘rnak oling, bizga qarang”, - dedi Rossiya yahudiy jamoalari federatsiyasi prezidenti, ravvin Aleksandr Boroda.

Nafaqat Germaniyada, balki qo‘shni mamlakatlarda ham o‘ng qanot siyosatchilari tobora xolokost mavzusiga murojaat qilmoqdalar. Bo‘lib ham, go‘yo hech qanday fojia bo‘lmaganday. Mo‘’tadil siyosatchilar ham, Ikkinchi Jahon urushidagi dahshatli voqealarni o‘zlariga kerak bo‘lgan yo‘sinda muhokama qilib, omma orasida mashhurlikni oshirmoqdalar.

“Afsuski, bugungi kunda urush xotirasi, uning saboqlari va merosi tobora siyosiy, bir lahzali hozirgi kunda dolzarb konyunkturaning obyekti bo‘lib qolmoqda. Bu mutlaqo nomaqbul”, - deya Rossiya prezidenti Vladimir Putin Quddusdagi forumda dunyo siyosatchilarining e’tiborini qaratdi.

U ularni hushor bo‘lishga va “adovat, shovinizm, antisemitizm birinchi kurtaklari paydo bo‘lganda, ksenofobiya va boshqa shu kabi namoyishlarga ruju qilishni boshlashganida, e’tiborsiz bo‘lmaslikka” chaqirdi. Aks holda, olti milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan Xolokost fojiasi xotiradan o‘chirilib ketadi. 75-yil oldin “Yerdagi eng qayg‘uli va zulmatli joy” - Osvensim konslagerini ozod qilgan sovet askarlari singari.

Yangiliklar lentasi
0