"Katta timsoh" Suriyada sinovdan o‘tdi: Ka-52 jangovar va eksport imkoniyatini oshirmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishBoyevoe primenenie rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii
Boyevoe primenenie rossiyskogo vertoleta Ka-52 v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Ka-52 "Alligator" zamonaviy va ko‘p qirrali hujum vertoloti yaqinda 100 kilometrgacha masofaga uchadigan qanotli raketalarini ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu - yangi texnologik yutuqdir.

Suriya operatsiyasi tasdiqladi: Ka-52 - dunyodagi eng talabgir va eng yaxshi jangovar vertolotlardan biri. "Alligator" razvedka ishlarini samarali olib borish, yaqin jangda nishonlarni yo‘q qilish va dushmanning ko‘chma zenit-raketa tizimlariga raketa hujumlarini amalga oshirishga qodir. Rossiyada jangovar xizmatda 140 ga yaqin bunday mashina mavjud, uning jangovar qobiliyatini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Novie vertoleti Mi-35M VVS Uzbekistana, stoyashie na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga keltirilgan yangi Mi-35M jangovar vertolotlari namoyish qilindi - foto

Ka-52 uchun yaratilgan yangi "Mahsulot 305" nomli qanotli raketa Suriyada jangovar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Raketa "otdim - unutdim" tamoyilini o‘zida mujassam etgan. Parvozda inersial navigatsiya tizimini qo‘llaydi, nishon koordinatalari uchirilishdan oldin kiritiladi. Uchish yakunlanishi qismida raketa uchi yoqiladi, vertolot kabinasiga nishonni aniqlashtirish uchun himoyalangan video translyatsiya qilish mumkin.

Yangi raketa Ka-52 ga dushmanning havo mudofaasi yetolmaydigan hududda bo‘lishiga va Su-24M front bombardimonchisi va Su-25M hujum samolyotlari bilan jang maydonida "raqobatlashish" imkonini beradi. Bitta "Alligator" gorizont ortida zirhli transport vositalari va temir-beton istehkomlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 8ta uzoq masofali raketalarni (har bir pilonga to‘rttadan) ko‘tarishga qodir. Bugungi "vertolot liniyasi"dagi Rossiya raketalarining maksimal masofasi - 15 kilometr.

Razvedka va hujum "manevr qiroli"

Ka-52 vertoloti zamonaviy kuzatuv tizimi bilan jihozlangan, boshqariladigan va boshqarilmaydigan qurollarning og‘ir tizimi oddiy qo‘shinlar, terroristik guruhlarga qarshi samarali hisoblanadi.

Ka-52 ning Rossiya havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi amaliyotida ishtiroki G‘arbda katta rezonansga sabab bo‘ldi. Amerikaning National Interest nashri mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, vertolot "kelishgan" va "o‘ta xavfli". Business Insider portali "Alligator"ni o‘z sinfidagi eng ommaviy va ko‘p qirrali mashinasi AH-64 Apache bilan taqqosladi. E’tibor bering, Apache qurollanish, xavfsizlik, manevrlilik, tezlik va amaliy diapazon bo‘yicha Rossiya mashinasidan ortda qoladi, uning ko‘zga tashlanmas ustunligi faqatgina dronlar bilan birga ishlash imkoniyatidir.

Vertolet VRT500 na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yangi vertolotlar sotib olishni rejalashtirmoqda

Ka-52 vertoloti bortida 30 mm harakatlanuvchi pushka uskunasi, 80 va 122 mm boshqarilmaydigan raketalar, "Vixr" tankga qarshi raketalar (komplektida hatto 900 mm zirhni uradigan 24 ta tovushdan tez raketalar) tizimi mavjud. Shuningdek "Igla" (havo-havo), "Ataka" (yerdaga nishonlarga hujum qilish uchun) va og‘irligi 100 kg dan 500 kg gacha bo‘lgan havo bombalari bilan jihozlangan. Alligator bortida ulkan arsenalni - 2,8 tonna o‘q-dorilarni tashishga qodir va bu hujum vertolotlari orasida jahon rekordi hisoblanadi.

Radiolektron himoyalash va nishonga olishning eng yangi tizimi Ka-52 ga istalgan vaqtda va har qanday iqlim sharoitida o‘n kilometrgacha masofadagi nishonlarni aniqlashga, marshrut qurishga va ekipajni tahdidlar haqida ogohlantirishga imkon beradi. Ka-52K "Katran" kema modifikatsiyasida yanada kuchli raketa qurollari va radiolokatsion uskunalari mavjud, "Juk-A" radiolokatsion stansiyasining aniqlash masofasi 200 km gacha.

Ikkita o‘rinli zirhli kabina uchuvchilarni 12,7 millimetrgacha bo‘lgan zirhni uruvchi o‘qlardan va 23 millimetrgacha kalibrli snaradlar parchalaridan himoya qiladi. Kabinani zirxlash va boshqaruvning dubllashtirish (ekipaj ikki a’zosi o‘rtasida) Ka-52 ni dunyodagi eng xavfsiz vertolotga aylantiradi. Bundan tashqari, "Alligator" katapultalash tizimi o‘rnatilgan birinchi seriyali jangovar vertolotdir.

Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolotlarni yetkazib berishni boshladi

Maqtashga arziguli manevr qobiliyatlari ham  "Alligator"ga jangovar vaziyatda ustunlik qilish va g‘alaba qozonishga yordam beradi. Maksimal tezlik - soatiga 320 km. Hech qanday vertolot o‘zi uchun qulay bo‘lgan har qanday yo‘nalishda shu qadar tez harakat qila olmaydi. Ka-52 yonboshi bilan harakat yo‘nalishida soatiga 80 km tezlikda, tistarish rejimida - 100 km / soat tezlikda uchishga qodir va samolyotni singari "o‘lik halqa" yasaydi. Yana bir "oilaviy o‘ziga hoslik" - bu juda past balandlikdagi ish. Yuqori manevrlilik qobiliyatini har biri 2400 ot kuchiga ega ikkita dvigatel ta’minlaydi.

Muvaffaqiyatga yo‘l

Mutaxassislar "Alligator" jangovar samaradorligi va ko‘p funksionalligini juda tez baholadilar, ammo Ka-52 seriyali ishlab chiqarishni boshlashda Rossiya Mudofaa vazirligining buyurtmalari ustuvorlikka ega bo‘ldi (u 2010-yil dekabrda xarbiy hizmat qabul qilindi).

"Alligator"ning dunyo premyerasi Paris Air Show-2013 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi, mashina mutaxassislarning xayajonli baholariga sazovor bo‘ldi. U yerda Ka-52 birinchi navbatda Amerikaning AN–64D Apache Longbow va fransuz-nemis Eurocopter Tiger-lardan ko‘p jihatdan ustunligini namoyish etdi. Va Rosoboroneksportning rasmiy vakili Aleksandr Mixeyev Ka-52 ni "turli xil konfiguratsiyalarda - jangovar, razvedka, terrorizmga qarshi"larini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qildi. Rossiya "Alligator"larining birinchi xaridori Misr bo‘ldi.

Dubayda Rossiyaning Mi-38 vertoloti namoyish qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Dubayda Rossiyaning Mi-38 vertoloti namoyish qilindi

Ka-52 "Alligator" razvedka va hujum vertoloti bugungi kunda kuch va yuqori texnologiyalarning g‘alabasi chambarchasligidir, ammo 2022-yilga kelib yanada takomillashgan Ka-52M vertoloti yaratiladi - yangilanish nishonga olish va navigatsiya tizimiga, avionikaga va vintlar guruhiga taalluqli bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 2020-yilda 114 ta zamonaviylashtirilgan "Alligator"larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko 2027-yilgacha barcha turdagi 420 dan ortiq zamonaviy vertolotlarni olish bo‘uicha vazirlik rejalarini e’lon qildi, “Kamov” Konstruktorlik burosining bosh konstruktori Sergey Mixeyev korxonaning eksport salohiyatini  yiliga 15 Ka-52 vertoloti bilan belgiladi.

Ka-52 vertolotlari, "Alligator" va “Katran”lar MDH, Osiyo va Lotin Amerikasidagi og‘ir ish sharoitlarini hisobga olgan holda yaratilgan. Vertolotlar jiddiy modernizatsiya zaxirasiga ega. Rossiyaning ittifoqchilari va hamkorlari milliy qurolli kuchlarining armiya aviatsiyasini sezilarli darajada kuchaytirish imkoniyatiga ega.

Yangiliklar lentasi
0