O‘zbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda

© SputnikUchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike
Uchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetti yoshli, mental arifmetika bilimdoni Temurbek Respublika fan olimpiadasining “A” kategoriyasi bo‘yicha ishtirok etib, 49 soniya ichida 50 ta misol yechishga ulgurdi. Ayni kunda esa u butunjahon xalqaro fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Temurbek Zufarov - mental arifmetikasi bo‘yicha ikkinchi respublika olimpiadasining mutloq g‘olibi. Sputnik muxbiri yosh bilimdon uyida bo‘lib, u qanday muhit va sharoitda yashayotganligi bilan tanishdi.

Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda xalqaro fizika va matematika maktabi ochiladi

Temurbek Zufarov 2012-yilning 10-may oyida tug‘ilgan bo‘lib, Uchtepa tumanida joylashgan 75-umumta’lim maktabining 1 sinfida o‘qiydi. Uning mental arifmetika faniga bo‘lgan qiziqishi va qobiliyati ayni damda ko‘pchilikni, oila a’zolari, o‘qituvchi va tengdoshlarini hayratlantirib kelmoqda. Oila a’zolarining aytishiga qaraganda u hali maktab yoshiga yetmay turib, turli matematik amallarni mustaqil bajara olgan, atrofdagilarni hayratga sola boshlagan.

Temurbek mental arifmetika sirlarini o‘zlashtirib bormoqda. Yaqinda o‘tkazilgan musobaqada tuman, shahar bosqichida g‘olib bo‘ldi. Respublika bosqichida ham mental arifmetikaning “A” kategoriyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, jahon olimpiadasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Uning bu yutug‘i esa Uchtepa tumani hokimligi va Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan xursandchilik bilan qabul qilinib, Temurbek ular tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

© Press-slujba xokimiyata Uchtepinskogo rayona TashkentaUchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike
O‘zbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Uchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike

“Farzandimning xalqaro musobqalarda muvaffaqiyatli qatnashishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilyapmiz”, – deydi uning onasi Zuhra Zufarova.

Jumladan, yosh ona o‘g‘lidagi arifmetik qobiliyatni qachon va nimalarda payqay boshlaganini esa shunday eslaydi:

O‘g‘lim Temurbekning 7 yoshdan boshlab Mental arifmetikaga qiziqishi boshlandi. U 75-sonli o‘rta maktabga qatnay boshlaganida mental arifmetika darslarini yaxshi o‘zlashtirib, qisqa fursatda olimpiadalarga chiqishni boshladi. Undagi maktematikaga bo‘lgan qiziqish 5-6 yoshligidan paydo bo‘lgan. U o‘zicha barmoqlari bilan bir nimalarni hisob kitob qilardi, turli bolalar kartasi, ketka, shaxmat va shashka o‘ynab, nechta shaxmat donalarini yutgani-yu, nechtasi qolganini hisoblab o‘tirardi.  Uning dars vaqtlarida matematikadagi o‘zlashtirishi bo‘yicha alohida ajralib turganligini his qilgan o‘qituvchilar o‘g‘limni qo‘llab-quvvatlashga, yuzaga chiqarishga harakat qilishdi. Natijada bolam sekin-asta olimpiadalarga chiqa boshladi. Bundan tashqari u 28-mart kuni Namangan shahrida tashkil etilgan musobaqaga ham o‘z tengdoshlari bilan bellashishga taklif qilindi.  

© Press-slujba xokimiyata Uchtepinskogo rayona TashkentaUchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike
O‘zbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Uchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike

Men uni qo‘llab-quvvatlayotgan o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatidan juda ham minnatdorman, – deydi quvonib, yosh bilimdonning onasi.

2020 yil 11-yanvarida 2 bosqichli Respublika fan olimpiadasi tashkil etildi. Unda viloyatlararo “A”, “B”, “S”, “D”, kategoriyalari bo‘yicha 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatorida 7 yashar Temurbek “A” kategoriyasi bo‘yicha ishtirok etdi. 1-bosqichda yosh bilimdonlarga arifmetik amallarni juda ham tez va to‘g‘ri ishlash talabi qo‘yilib, 1 daqiqada 50 ta misol ishlash topshirig‘i berildi. Temurbek ushbu topshiriqni 49 soniyadayoq tez va aniq bajarib, 1-natijani muvaffaqiyatli yakunladi. Shuningdek, olimpiadaning 2 bosqichida ham Temurbek omadni qo‘ldan boy bermadi va u tashkil etilgan olimpiadadan faxrli 1 o‘rinni egalladi.

© SputnikUchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike
O‘zbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Uchenik 1-go klassa shkoli №75 Uchtepinskogo rayona Temurbek Zufarov stal absolyutnim pobeditelem vtoroy respublikanskoy olimpiadi po mentalnoy arifmetike

Onasining aytishicha, hozirgi kunda Temurbekning oldida turgan katta vazifalardan biri butunjahon olimpiadasiga qattiq tayyorgarlik ko‘rish va unda yuqori natijani egallashdir.

Buning uchun u haftaning besh kunidan tashqari, shanba va yakshanba kunlarida ham asosiy vaqtini mashg‘ulotlarga sarflab, mental arifmetika bo‘yicha qo‘shimcha darslarga bormoqda.

Fanga bo‘lgan mehri va yuqori qiziqishi sabab, u yoshiga munosib bo‘lganidek o‘yinqaroq emas, aksincha mashg‘ulotlar uni charchatmaydi va zeriktirmaydi.

5 yasharligidanoq unga berilgan predmetlarning nechtaligi, nechta qolganligini aniq ayta olardi. 6 yasharligida esa unga bemalol u bu narsa xarid qilish uchun qo‘liga pul berib, do‘konga yubora boshlaganmiz. U bo‘lsa, qo‘liga  tushgan puldan sotuvchi unga qancha qaytim berishi mumkinligini avvaldan hisoblab, bizni xayron qoldirardi.

Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida xalqaro matematika maktabi tashkil etiladi

Matematikaga bo‘lgan qiziqish bolamga ikki tomonlama buvisi va bobosidan o‘tgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Sababi buvisi, ya’ni qaynonam fizik-matematik bo‘lib faoliyat yuritganlar. O‘g‘limning bobosi, dadam —  esa bosh hisobchi, qolaversa, men ham hisobchi bo‘lib ishlayman, – deydi Zuhra o‘g‘lining matematikaga bo‘lgan ilk qiziqishi qanday paydo bo‘lganligini izohlab.

Zuhra o‘g‘lining sevgan matematikasi bilan shug‘ullanishi uchun kun davomida ikki soat vaqt ajratadi. Maktabdan kelgach, ovqatlanib uy ishlariga onasiga qarashgach, u o‘z xohishi bilan sevimli mashg‘ulotiga kirishadi.  Asosan berilgan uy vazifalarni maktabning o‘zidayoq bajarib, uyda ko‘pincha sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishga odatlangan.

Oila a’zolariga mehribon, ayniqsa singlisini e’zozlab, uni hech kimga xafa qildirmaslikka harakat qiladigan jonkuyar va oqko‘ngil bola.

"Fan olimpiadasidan so‘ng, 11-fevral kuni g‘olib bolalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘sha kuni qiziq voqea yuz berib, taqdirlash marosimida mening o‘g‘lim bilan birga uch nafar Temurbek ismli bolalarning o‘z kategoriyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lganliklariga guvoh bo‘ldik. Temur ham bu holatni hayrat bilan qarshi oldi. Umuman Temur sarkarda bobomiz Amir Temurni yaxshi ko‘radi, uning tarixi, ota-onasi va farzandlari haqida o‘qishga qiziqadi. Balki bu o‘qituvchilari tomonidan  Amir Temur haqida qiziqarli ibratli hikoyalarni eshitganligi uchundir, har holda men bu holatni o‘g‘limning ajdodlaridan shijoat olayotganligiga yo‘yaman," – deydi yana Zuhra faxrlanib.

RGPU imeni Gersena - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir Rossiya oliygohi filiali ochiladi

Buvisining aytishiga qaraganda Temur kelajakda vazir bo‘lishni maqsad qilgan. Oila a’zolari uning matematikaga bo‘lgan qiziqishidan kelib chiqib, balki moliya vaziri bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Uning ushbu orzu-niyatlariga erishishi uchun esa, imkon qadar ota-onasi tomonidan yetarli barcha shart-sharoitlar bilan ta’minlanmoqda.

Temurbek o‘z noutbuki va mobil apparatidagi o‘rnatilgan maxsus zamonaviy dasturlar orqali arifmetik amallarni bajarib turadi. Bundan tashqari arifmetika kitoblari, turli sanoq va hisoblagich buyumlari (Abakus) va turli tuman ruchkalar bilan ta’minlangan.

Darvoqe, Temurbek turli tuman ruchkalar kolleksiyasini to‘plashni boshlagan, hozirda uning ruchkalari 30 ga yaqin yig‘ilgan. Bundan tashqari uning shanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha darslarga borishi, fan olimpiadalariga ro‘yxatdan o‘tishi va barcha moliyaviy masalalarda otasi qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Bilimdon matematikning diqqatini bir joyga jamlashi uchun uyda tinch muhit yaratilgan.

"Yaxshi natijalarga erishganimda menga onam va dadam o‘zim sevib iste’mol qiladigan shirinlik va  sharbatlar, foydalanishim uchun kitob va elektron buyumlar bilan rag‘batlantirishadi," - deydi Temurbek bolalarcha samimiylik bilan.

O‘zbekiston va MDH uchun Rossiya ta’limi: filial, kvota va stipensiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va MDH uchun Rossiya ta’limi: filial, kvota va stipendiya

Shuningdek, o‘zining aytishicha, u bo‘sh vaqtlarida o‘g‘il bolalar raqsi, qo‘shiq kuylash, she’r aytishni yaxshi ko‘radi. Sportning karate turi bilan esa muntazam shug‘ullanib keladi.

Quyida esa u haqda buvisi Jamila Zufarova samimiy va iliq so‘zlarni ayta turib, nabirasining kelajagi porloq bo‘lishiga umid bildirmoqda:

"Temurbek juda qobiliyatli va tirishqoq bola. Maktabda mental arifmetika, ingliz va rus tillarida (qo‘shimcha) darslarga qatnamoqda. Sentabr oyidan boshlab esa u mental arifmetika bilan shug‘ullana boshladi va atigi uch oy ichida yaxshi natijaga erishdi. 2-Respublika olimpiadasida g‘olib bo‘lib, birinchi o‘rinni egalladi. Mening nabiram Olimpiadada g‘olib bo‘lganidan juda g‘ururlanaman, unga yanada katta muvaffaqiyatlar tilayman. Uning joriy yilning 2-may kuni Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan olimpiadada ishtirok etishi kutilmoqda, u yerda respublikaning barcha hududlaridan 200 nafar o‘quvchilar ishtirok etadi. Aprel oyida butunjahon xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tadi. Ammo mamlakatda koronavirus tufayli og‘ir vaziyat hukmronligi bois, olimpiada onlayn tarzda o‘tkazilishiga qaror qilindi. Umid qilamanki, nabiram bu yerda munosib faxrli o‘rinni egallaydi," – deydi baxtiyor buvi.

© SputnikBabushka Temurbeka Zufarova - Jamila Zufarova
O‘zbekiston vunderkind bolasi bilan dunyoga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Babushka Temurbeka Zufarova - Jamila Zufarova
Yangiliklar lentasi
0