Yevropa vahima - eng xavfli dushman ekanligini unutdi

© Sputnik / Alessandro Rota / Mediabankka o‘tishTuristi v zashitnix maskax na odnoy iz ulis Milana
Turisti v zashitnix maskax na odnoy iz ulis Milana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xavfni kamaytirib ko‘rsatish hukumatga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin vahima qilishni ham hojati yo‘q. Chunki aholi mamlakat rahbariyati vahimaga tushganini ko‘rsa, bu yanada og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin

Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin, COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘llanilayotgan choralarga izoh berar ekan, jahondagi vaziyat noqulay ssenariy bo‘yicha rivojlanayotganini ta’kidladi. Aynan shu bois, mamlakat hukumati bor kuchni profilaktika choralari va oldindan xabardor etishga qaratmoqda. "Bizning taktikamiz - oldindan ko‘ra bilish", - dedi bosh vazir.

Minzdrav - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalinganlar ahvoli qoniqarli - SSV

Mishustinning bu gaplari, vahima-kayfiyatini yuzaga keltirmaslikka chaqirayotgan Federatsiya kengashi spikeri fikriga hamohangdir.

Prezidentga keladigan bo‘lsak, Vladimir Putin o‘tgan hafta o‘rtasida "Rossiya ushbu turbulent davrni munosib, hotirjam bosib o‘tishi"ga ishonch bildirgan edi.

Har qanday favqulodda holatda aholi bilan olib boriladigan axborot ishlari davlat uchun eng asosiy ustuvor jihatlardan bo‘lib qoladi — nega deganda, avj olgan vahima va uning oqibatlari, hatto vujudga kelgan muammodan ko‘ra xavfliroq va murakkabroq bo‘lishi mumkin.

Har qanday inqiroz - nopok kuchlar va shunchaki jinoyatchilar tomonidan o‘z maqsadlarida foydalaniladigan absurd darajada shishirilgan mish-mishlar uchun ozuqa muhiti hisoblanadi. Bunda qo‘rquv tanqidiy fikrlash qobiliyatini yanchib tashlaydi va odamlarni har qanday, shu jumladan, ahmoqona va jirkanchli harakatlarga undashi, bu esa ommaviy ko‘lamlarda xaosni keltirib chiqarishi mumkin.

Meditsinskie rabotniki osmatrivayut voditeley v Tegu - Sputnik O‘zbekiston
JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi ko‘payishini taxmin qilmoqda

Aynan shu bois, favqulodda holatlarda standart davlat siyosati - vahimali kayfiyatni (turli darajadagi shafqatsizlik bilan) oldini olishdan iborat.

Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i (va messenjer) yanvar oyidayoq feyk mish-mishlarni tarqatganlar blokirovka qilinishi mumkinlgi, shuningdek, jamoatchilik tartibini buzilishiga olib keladigan, yolg‘on ma’lumotlarni ataydan tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantirgan edi.

G‘arb esa, tabiiyki, navbatdagi bor Xitoyni media-maydonda keskin senzurani amalga oshirayotganlikda aybladi.

Axborot siyosatida eng asosiysi rasmiy pozitsiyadir, har qanday tomonga og‘ish - maqsadga muvofiq emas.

Xavfni kamaytirib ko‘rsatish hukumatga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin vahima qilishni ham hojati yo‘q. Chunki aholi mamlakat rahbariyati vahimaga tushganini ko‘rsa, bu yanada og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Natijada, davlat Ssilla va Xaribda o‘rtasidan yurib o‘tishi kerak bo‘ladi: ya’ni aholiga holat jiddiyligini yetkazish, shu bilan bir vaqtda uni sarosimaga solmaslik, balki barcha o‘rnatilgan qoidalarni bajarishga ularni yo‘naltira olish.

Bivshiy kandidat v prezidenti SShA, senator Berni Sanders - Sputnik O‘zbekiston
AQSh sog‘liqni saqlash tizimi koronavirusga tayyor emas, deb hisoblaydi Sanders

Shu bilan bir qatorda, o‘z kuchiga ishonch borligini namoyish qilish, har qanday chaqiriqni yenga olishga bo‘lgan ishonchni singlira olish muhim, negaki odamlar hotirjamlikni saylay olishi, ruhiy tushkunlikka tushmasligi, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonishi lozim. Nega deganda ommaviy umidsizlik va qo‘rquv - bunday holatda har qanday jamiyatning eng xavfli dushmanidir.

Pekin bularning barchasini qoyilmaqom bajardi, o‘zidagi epidemiyani sindirdi va uning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymadi. U yerda 80 mingdan ortiq odam bemorlandi, bu esa 1,4-milliardlik aholiga ega mamlakat uchun juda kam.

Ammo g‘arb matbuoti bu borada ham zaxarxanda qilishni unutmadi, emishki, bunday samara Xitoydagi nodemokratik rejim tufayli amalga oshganmish. Rossiyani ham shunga o‘xshash ayblovlar kutmoqda, chunki mamlakat rahbariyati favqulodda holatlar uchun belgilangan andazalar standartlari bo‘yicha harakat qilmoqda — hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va rasmiy ohang ham buni tasdiqlamoqda.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp koronavirusga qarshi vaksina yaratayotgan nemis olimlarini og‘dirishga urinmoqda

Umuman olganda, bu yerda muhokama qilinadigan narsani o‘zi yo‘q — bularning barchasi yozilgan haqiqat, har qanday sog‘lom idrokli insonni aqli bu narsalarga yetadi. Ammo dunyo hozirda g‘arb, birinchi navbatda yevropa hukumatlari o‘zlarini qay darajada antiqa tutayotganligi guvohi bo‘lib turibdi.

GFR kansleri Angela Merkel COVID-19 aholining 70 foiziga yuqishi mumkinligini aytdi. Ayni vaqtda o‘lim darajasi 3-4 foizda hisoblanayotganini inobatga olganda, istagi bo‘lgan har qanday inson germaniya hukumati qay miqdordagi qurbonlarni nazarda tutayotganligini osonlikcha sanashi mumkin.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hozirgi epidemiyani sog‘liqni saqlash sohasidagi eng qo‘rqinchli inqiroz, deb atadi. Bunda u 1918-1919 yillarda avj olgan va o‘zi bilan 50 milliondan ziyod odamni olib ketgan "ispan grippi"ga shama qilingan edi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, yuz berayotgan voqealarga izoh berar ekan, "epidemiya tugagunga qadar, ko‘p oilalar o‘zlarining sevikli insonidan ayrilishini" aytdi.

Yangiliklar lentasi
0