Ekspertlar koronavirusning Amerikadan tarqalgani haqidagi versiyaga baho berishdi

© REUTERS / Mohamad TorokmanMeropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa
Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shma Shtatlar tomonidan modellashtirilgan virus Xitoyga olib kirilgani va u keyinchalik nazoratdan chiqib, pandemiyaga aylangani haqidagi taxminlar tarqalgan edi

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. COVID-19 koronavirusining kelib chiqishi tabiiy, unda odam aralashuvi alomatlari kuzatilmadi, bundan tashqari, shunga o‘xshash virusni yaratish va uni aholining alohida guruhiga yuqtirish ishlarini texnik jihatdan amalga oshirib bo‘lmaydi, dedi RIA Novosti bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlar.

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar YeIning Rossiyaga nisbatan koronavirus bo‘yicha ayblovlari haqida

Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shma Shtatlar tomonidan modellashtirilgan virus Xitoyga olib kirilgani va u keyinchalik nazoratdan chiqib, pandemiyaga aylangani haqidagi taxminlar tarqalgan edi.

"Ushbu virusning sikvensi (aniqlangan genetik kodning ketma-ketligini - tahr) yaxshi ma’lum. Bu oddiy tabiiy virus, u mutatsiyalarga ta’sirchan va bu normal holat. Aynan shu virusning sikvensi birinchi kasallanganlar tekshiruvlari natijalariga ko‘ra dekabr oyida e’lon qilingan edi. Biz u dekabrda qanday tuzilishga ega bo‘lganligini va hozir qanaqa tuzilishga ega ekanligini bilamiz. Hatto dekabr oyida aniqlangan sikvenslar ham ushbu virusning sun’iy ravishda yaratilganligini ko‘rsatuvchi izlar mavjud emas. Odatda buni ilg‘ash mumkin. Agar olim RNK yoki DNKni kesib tashlasa, unda ular kesilgan joylarda molekulyar pichoqlarning izi qoladi. Hozircha biz tabiat singari ishlashga qodir emasmiz", - deydi agentlik bilan suhbatda biologiya fanlari doktori, GMU Tizimli biologiya maktabi professori (AQSh) Anna Baranova.

Kones globalizma: strani zakrivayut gosudarstvennie granisi iz-za pandemii koronavirusa  - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus pandemiyasi: virusni yuqtirganlar 220 mingga yaqinlashdi

U shuningdek, virusni tarqatishdan oldin uni sinab ko‘rish kerakligini aytib o‘tdi.

"Koronavirusni sichqonlarda sinab ko‘rish mumkin emas, u sichqonlarga yuqmaydi. Maymunlarda tadqiqotlar o‘tkazish odamlarga qaraganda ancha qiyin. Maymunlar juda qimmat va hammalari ro‘yxatga olingan. Kimdir odamlarda biron bir joyda mini-epidemiya tarqatishini va hech kim buni bilmasligini tasavvur qilish aqlga sig‘maydi. Qanday qilib uni to‘xtatishdi? Bu biron bir orolda ro‘y berdimi? Ya’ni, bu fitnaning logistikasi ish bermaydi", - deydi Baranova.

Biologiya fanlari doktori, "Academia Europaea" a’zosi Mixail Gelfandning agentlikka aniqlik kiritishicha, virus ketma-ketligi boshqa koronaviruslar ketma-ketligiga o‘xshash.

"Nazariy jihatdan, ma’lum bo‘lgan ketma-ketlikni gibrid xavfli narsa qilish umidida birlashtirsa bo‘ladi, ammo bunday manipulyatsiya izlari qoladi, ular esa yo‘q, ammo hech kim virusni ma’lum bir retseptorga xos qilish uchun uning ketma-ketligini nuqtali o‘zgartira olmaydi", - dedi Gelfand.

Jiteli odnogo iz gorodov Yujnoy Korei v zashitnix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni boshdan kechirgan erkak qanday qilib kasallanmaslik haqida so‘zlab berdi

Olimning ta’kidlashicha, yangi koronavirusning bir necha yuz xil variantlari ma’lum va u xuddi shunga o‘xshash viruslar kabi rivojlanmoqda.

Tibbiy rezerv xizmati podpolkovnigi Aleksey Vodovozov ham hamkasblari fikrini qo‘llab-quvvatladi.

"Bioinformatikada alohida yo‘nalish mavjud-ki, unda filogenetik daraxtni kuzatish imkoniyati ham mavjud, ya’ni ushbu virusning nasl-nasabini qaytarish qurib chiqish mumkin. Biz bugungi kunda uning qanday o‘zgarishini ko‘rishimiz, keyin oilaviy aloqalarini qurib chiqib umumiy ajdodini topishimiz mumkin. Bu hatto Yustinian vabosi (541-542 yillar) qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan ham mumkin. Molekulyar genetika va paleogenetika imkoniyatlari shunchalar katta. Agar koronavirus sun’iy organizm bo‘lganida, biz uning tarixini kuzatib olmas edik, u shunchaki bo‘lmas edi, ammo koronavirus unga ega", - deydi Vodovozov.

11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Dunyoda 160ga yaqin mamlakatda 200 mingdan ortiq odam yuqtirgan, 8 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0