Svetov: pandemiyadan keyin YeI mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat qayta ko‘rib chiqiladi

© Foto iz lichnogo arxiva Yuriya SvetovaPolitolog Yuriy Svetov
Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist va siyosatshunos Yuriy Svetov Yevropa Ittifoqining asoschilaridan biri bo‘lgan Italiya koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan bir paytda YeI rahbariyatining harakatsizligini tanqid qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Yevropada COVID-19 tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turgan Italiyaga harbiy virusologlar brigadasini va tibbiy asbob-uskunalardan iborat yukni yubordi. Shu bilan birga, YeI rahbariyati bu davlatga yordam berish uchun hech qanday choralar ko‘rayotgani yo‘q.

Obsledovanie na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya SSV koronavirusni davolash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Inqiroz tugagach, yevropaliklarning aksariyati o‘zi Yevropa Ittifoqida qolish kerakmi-yo‘qmi, deb o‘ylab qolishlari rost, deydi jurnalist va siyosatshunos Yuriy Svetov.

"Menimcha, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan ko‘plab davlatlarning qonun chiqaruvchilari, birinchi navbatda yordamga umidvor bo‘lganlar, agar ushbu og‘ir vaziyatda yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ushbu ittifoqqa hissa qo‘shishimiz, uning talablarini bajarishimiz kerakmi, deb o‘z-o‘zlariga savol berishadi",- dedi Svetov Sputnik Latviyaga.

Uning ta’kidlashicha, koronavirusdan jabrlangan YeI davlatlariga yordamdan boshqa har qanday masala Brussel kun tartibidan o‘rin olgan.

"O‘ylaymanki, koronavirus tugagach, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘p narsalarga qayta baho beriladi va qayta ko‘rib chiqiladi", - dedi siyosatshunos.

Ekspertning to‘liq sharhini quyidagi radiopodkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Svetov: YeS ne pokazivayet sebya yedinoy semyey, kotoraya boretsya s obshey bedoy
Yangiliklar lentasi
0