AQSh va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

© AP Photo / Ng Han GuanJiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi
Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniya Xitoydan koronavirus infeksiyasi uchun 433 milliard dollar talab qilishga shaylanmoqda. AQShning ham bu borada Pekinga da’volari bor. Ushbu talablar qanchalik bema’ni tuyulmasin G‘arb bundan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish yo‘lini topadi.

Koronavirus pandemiyasining boshlanishi bilan tugagan davrda Rossiya o‘ziga xos noyob mamlakat edi, unga doimiy ravishda milliardlab zarar, kompensatsiyalar, shuningdek, ommaviy kechirim so‘rash bilan hududlarning qaytishi va butun aybni bo‘yniga olish afsus nadomatda bo‘lish talablari qo‘yilgan.

 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Amerikadagi Xitoy OAVlari AQSh hukumati talabi bilan o‘z shtatini qisqartirmoqda

Masalan, Ikkinchi Jahon urushi uchun, Qizil Armiyaning Germaniyalik qurbonlari uchun, "Polshaning bo‘linishi", "ocharchilik" (golodomor) uchun, Qrim uchun, Boing uchun, Kuril orollari uchun, Britaniya hududida "kimoviy qurol ishlatgani" (ya’ni Skripal ishi) uchun, Yukos ishi uchun, global isish (Rossiya neft va gazi tufayli)," Nord Oqimi ", Donbass uchun, shuningdek AQShda, Buyuk Britaniyada, Chernogoriya, Madagaskarda va boshqalarda "saylovlar va referendumlarga aralashgani" uchun bildirilgan tovon to‘lash va tavba qilish talablarini esga olsa bo‘ladi.

Koronavirus vaziyatni o‘zgartirdi, ammo unchalik yaxshi bo‘lmagan tarafga. Rivojlangan G‘arb dunyosi (va uning yo‘ldosh mamlakatlari) trillionlab dollar tovon pullarini talab qiladigan mamlakatlar guruhi to‘satdan kengaydi va endi Xitoydan, Rossiya bilan bir qatorda, trillionlab dollar iqtisodiy zarar, shuningdek, Donald Tramp aniq va doimiy ravishda "xitoylik" deb ataydigan koronavirusning qurbonlari uchun kompensatsiya sifatida da’vo qilinmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Bu ayblovlarning mohiyati quyidagicha sxematik tarzda tuzilishi mumkin bo‘lgan quyidagi (soxta) dalilga asoslanadi: "Agar Xitoy G‘arb mamlakatlariga yangi dahshatli virus aniqlanganligini aytganda edi, u holda sivilizatsiyalashgan G‘arb mamlakatlari tayyor turgan bo‘lar edi va u yerda epidemiya bo‘lmas edi. Ammo Xitoy hamma narsani yashirdi, haqiqatgo‘y doktorlari senzura ostida qoldi va umuman olganda, u hozir Pekinning harakatlari tufayli halok bo‘lgan g‘arbliklarning iqtisodiy zararlari va qurbon bo‘lgan hayoti uchun javob berishi kerak".

Begun peresekayet ploshad pered Kapitoliyem SShA, proxodya mimo flagov, okrujayushix monument Vashingtonu v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘yishi mumkin

Talab shubhasiz bema’nidir, ammo bu bema’nilik (imidj mulohazalarni gapirmasdan) Xitoyni tovonni to‘lashga va tavba qilishga majburlash urinishlarini to‘xtata oladi deyish uchun shunchalar sodda (g‘arblik sheriklarimizning fikrlash xususiyatlarini bilmasdan) bo‘lish kerak.

Britaniyaning yetakchi gazetalaridan biri bo‘lgan The Daily Mail o‘zining yakshanba kuni chiqadigan Mail on Sunday nashrida Xitoyning pullari uchun kurashning maqsadlari va usullarini bayon qildi: "Xitoy bizdan 351 milliard funt (433 milliard AQSh dollari - tahr.) qarz. Britaniya Pekinni xalqaro sudlar orqali  Koronavirus uchun tovon puli (olish uchun - tahr.) ta’qib qilishi kerak, deydi jiddiy tadqiqotchilar.  Konservativ partiyaning o‘n besh nafar nufuzli a’zosi Buyuk Britaniyaning Xitoy bilan munosabatlarini "qayta ko‘rib chiqishga" chaqirmoqdalar. <...> Epidemiya boshlanganidan beri dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari 3,2 trillion funt (3.95 trillion AQSh dollari – tahr.) zarar ko‘rdi. Xitoy vijdonliroq bo‘lganida edi, bularning oldini olsa bo‘lar edi, deb qo‘rsatadi tadqiqotlar".

Mail on Sunday tayanayotgan obro‘li tadqiqot – bu Henry Jackson Society tahlil markazining "tergovi" bo‘lib, unda epidemiya uchun ayb aynan Xitoy hukumatiga qo‘yilmoqda.

Amerikaning Bloomberg agentligi loyihasida xalqaro sudlarda Pekinga qarshi sud jarayonlarining huquqiy istiqbollari batafsil ko‘rib chiqilgan. Bu istiqbollarni shu kabi holatlarga ixtisoslashgan amaliyotchi advokat keltirgan, va u bu jarayon allaqachon boshlanganligini juda tom ma’noda ta’kidlamoqda: "AQShning o‘zi tomonidan Xitoyga qarshi virusning (epidemiyaning – tahr.) erta bosqichi xaqida ma’lumotni bostirilishi va koronavirus tarqalishi tufayli yetkazilgan zarar uchun tovon sifatida milliardlab (dollar – tahr.) undirish bo‘yicha ikkita jamoaviy da’vo qo‘zg‘atilgan".

Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Agar bu davom etsa, shunga o‘xshash da’volar nafaqat AQSh, balki Yevropa va xalqaro sudlarda ham ko‘rib chiqiladi.

AQShning amaldagi prezident ma’muriyati Xitoy va "xitoy tahdidi"ga qanday munosabatda ekanligini yodda tutgan holda, bunday harakatlar maksimal darajada siyosiy ko‘mak oladi, deb taxmin qilish mumkin, ayniqsa o‘z xatolarini tashqi dushmanning harakatlarida ayblash bu mashhur siyosiy taktika, va bu taktikadan amerikaliklar (va nafaqat ular) Rossiyaga (va nafaqat unga) nisbatan muvaffaqiyatli foydalanganlar.

Darvoqe, Rossiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday da’volarning yuridik jixatdan pastligi ushbu sud jarayonlarining istiqboliga umuman ta’sir qilmaydi (biz bundan bir necha bor o‘tganmiz), Britaniya hukumati nuqtayi nazaridan har qanday mudofaa taktikasini bekor qiluvchi o‘zining maxfiy qurolini Pekinga qarshi muvaffaqiyatli ishlatishi mumkinligini gapirmasa ham bo‘ladi. Ushbu qurol - jangovar "xayli laykli" ("katta ehtimollik bilan"), bu juda sehrli formula bo‘lib, u bizning Londonlik geosiyosiy raqiblarimizga jinoyatlarning Moskvaga  qo‘yilgan da’volarda Rossiya aybdorligi to‘g‘risida har qanday oqilona dalillarni taqdim etish zaruriyatidan xalos qiladi. Oshiqcha xom-hayollarga berilishning hojati yo‘q: Xitoy uchun, G‘arbda o‘zlarining "Xitoy Brauderini" (yoki yaqin kunlarda topiladi) va "xitoylik Xodorkovskiy"ni  va hatto epidemiyaning haqiqiy qurbonlarini, shuningdek, xitoylik mahalliy amaldorlardan jabr ko‘rgan Uxanlik shifokorlarni topib bo‘ldilar. Ular tirik xitoyliklardan trillionlab tirik dollarlarni undirish uchun surbetlarcha foydalaniladi.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Pekin AQSh “davlat” jurnalistlarini jazoladi

Biroq, bu trillionlarni Pekindan olish imkoniyati xayoliy. Ammo gap bunda emas, balki Yevropa Ittifoqi yoki AQShning oddiy fuqarolarini G‘arbiy dunyoda epidemiya katastrofik iqtisodiy oqibatlarga olib kelgani haqidagi noroziligidan halos qilish. Ommaviy axborot vositalarining barcha harakatlariga qaramay, oddiy yevropaliklarda va amerikaliklarda barcha muammolarning sababi Xitoyning taxmin qilinayotgan maxfiyligi ekanligiga ishonch hosil qilishlari qiyin. Biroq, xuddi shu tomoshabinlar bir necha hafta davomida G‘arb ommaviy axborot vositalarida Xitoy hukumati epidemiyaga qarshi qanday choralar ko‘rayotgani, shu jumladan bloklangan uy-joy komplekslari, dronlarda oziq-ovqat yetkazib berilishi, ommaviy testlar olinishi, korxonalarni to‘xtatilishi va hatto politsiya tomonidan himoyalangan hududlar orasidagi yo‘llarni qazib tashlanishi to‘g‘risida xabarlarni tomosha qilgan. Bularning barchasi "avtoritarizm" va Pekin hukumatning nooqilonaligi dalillari sifatida taqdim etilgan. Ammo hozir, xuddi shu xabarlarga ishora qilib, Boris Jonson va Donald Tramp bu jiddiy masala ekanligiga ishonishlari uchun da’vogarlardan yana qanday aniq va hayratlantiruvchi harakatlar (bayonotlar emas, aynan harakatlar) amalga oshirilishi kerakligi haqida so‘rash mumkin. Bu da’volar hatto PR-aksiya sifatida ham, Xitoyga qarshi barcha da’volar befoydadir, ammo Xitoyga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni joriy qilish uchun bahona sifatida ular mukammaldir.

Aslida, aynan sanksiyalar kiritsh uchun bu mashmashalar tashkil qilinmoqda..

Yangiliklar lentasi
0