SSSR va Rossiyada G‘alaba paradlari qanday o‘tkazilgan

© Sputnik / Grigoriy Sisoev / Mediabankka o‘tishKursantki Voyennogo universiteta ministerstva oboroni RF na voyennom parade, posvashennom 73-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne
Kursantki Voyennogo universiteta ministerstva oboroni RF na voyennom parade, posvashennom 73-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbariyatining G‘alaba kuni paradini 2020-yilda kechiktirishga oid qarori, COVID-19 pandemiyasining avj olishi sharoitida minglab odamlarning sog‘lig‘ini saqlash uchun muvozanatli va maqbul ko‘rinadi.

1945 yildan keyin 20-yil davomida G‘alaba kunida harbiy paradlar bo‘lmagan. SSSRda ular Qizil maydonda atigi to‘rt marta - 1945, 1965, 1985 va 1990-yillarda o‘tkazilgan.

Rossiya rahbariyatining G‘alaba kuni paradini 2020-yilda kechiktirishga oid qarori, COVID-19 pandemiyasining avj olishi sharoitida minglab odamlarning sog‘lig‘ini saqlash uchun muvozanatli va maqbul ko‘rinadi. Shunga qaramay, paradni vaqtini ko‘chirish oson bo‘lmaydi.

Voyennoslujashie vo vremya voyennogo parada v Moskve, posvashonnogo 72-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 godov - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya tufayli 9-mayda G‘alaba paradi o‘tkazilmaydi

Prezident Vladimir Putin G‘alabaning 75-yilligi sharafiga Moskva Qizil maydondagi harbiy paradni, Rossiya Federatsiyasi hududlaridagi paradlarni va boshqa ommaviy tadbirlarni, shu qatorda "O‘lmas polk" yurishini keyinga qoldirish haqida topshiriq berdi. Rossiya rahbari ushbu tadbirlar qachon o‘tkazilishi muddatini e’lon qilmadi, ammo ular shu yilning o‘zida o‘tkazilishiga va’da berdi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi va Moskva shahar meriyasi 9-may kuni harbiy paradni mehmonlar va tomoshabinlarsiz o‘tkazish variantini ko‘rib chiqqan edi. Ammo faxriylar, "O‘lmas polk" va boshqa jamoat tadbirlari tashkilotchilari G‘alaba kunini nishonlashni keyinga qoldirishni taklif qilishdi.

Qizil maydonda asosiy harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bir necha oy davom etadigan va milliardlab rubl mablag‘larni tashkil etadigan murakkab tadbir. Parad vaqtini ko‘chirish texnologik, psixologik va moliyaviy jihatdan ham yengil emas. Harbiy safning go‘zalligi - aysbergning ko‘rinadigan uchidir, o‘n minglab odamlarning ko‘p kunlik sa’y-harakatlari va ajoyib logistika natijasidir.

Rossiyaning turli mintaqalaridan kelgan 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar G‘alaba Paradiga tayyorgarlikni an’anaviy ravishda Moskva yaqinidagi Alabino poligonida boshlaydilar. Masalan, Jukovskiy va Gagarin nomidagi havo kuchlari akademiyasining 1500 zobit va kursantlari Voronejdan Moskva viloyatiga bir necha Il-76 harbiy-transport samolyotlarida keltirildi. Kundalik hayotni tashkil qilish va davom etayotgan o‘quv jarayonini tashkil etish uchun kursantlar bilan birga bo‘linma komandirlari, o‘nlab fakultetlarning o‘qituvchilari va qo‘shinlar ta’minoti xizmatlari mutaxassislari tashrif buyurishdi. Boshqa harbiy universitetlar va tuzilmalar 450 kishilik parad qismlarini taqdim etgan, ammo ularni barchasini tashkillashtirish va algoritmlar teng darajada ko‘p qirrali.

Perviy sovetskiy tank gotovat k paradu Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi sovet tanki G‘alaba paradiga tayyorlashmoqda — u 100 yoshda

Parad safi "qutilar" ning mashg‘ulotlari qo‘shinlar va universitetlarning doimiy dislokatsiyasida dekabr-yanvar oylaridayoq boshlanadi. Shu tariqa harbiylar safining ajoyib birligi va uyg‘unligiga erishiladi. Piyoda parad bo‘linmalaridan tashqari, quruqlik va aviatsiya harbiy texnikalari ekipajlari (jami 400 ta birlik) mashq qiladi. Qoidaga ko‘ra, Alabino poligonida paradning 10 dan ortiq "sinov" repititsiyalari o‘tadi, so‘ngra Moskvada uchta bosh repititsiya (aprel oxirida va may oyining boshlarida) bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 15-apreliga qadar Moskva viloyatida to‘rtta aviatsiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi - bu havo harakati xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil qilish va kuzatish nuqtayi nazaridan eng sig‘imligi.

Safdagi urf-odatlar

G‘alaba Paradlarini har yili o‘tkazish nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi. Ulug‘ Vatan urushi tugaganidan so‘ng, bunday tadbirlar ko‘proq sotsialistik bayramlarga – 1-may kuni va oktabr inqilobining navbatdagi nishonlanishi (7 noyabr) bilan birga o‘tkazilgan. Ehtimol, SSSRda juda katta tashkiliy yuk va katta xarajatlar tufayli, Qizil maydonda G‘alaba kuni sharafiga harbiy paradlar faqat to‘rt marta - 1945, 1965, 1985 va 1990-yillarda bo‘lib o‘tdi. Bugun bu aqlga sig‘maydiganga o‘hshaydi, ammo 1945-yildan keyin Moskvada 20-yil davomida G‘alaba kunida harbiy paradlar bo‘lmagan. 1947-yilda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi 9-mayni ish kuni (17 yil davomida) deb belgiladi va faqat 1965-yilda G‘alaba kuni yana bayram kuniga aylandi (G‘alaba Bayrog‘i birinchi marta olib chiqildi va Moskvaga "qahramon-shahar" unvoni berildi).

Voyennoslujashix paradnix raschetov na voyennom parade, posvashennom 74-y godovshine Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Moskva koronavirusdan qo‘rqmaydi – G‘alaba paradi o‘tkaziladi

Tarixiy mojaro tashqi siyosiy sharoitlar va 1940-1950 yillar oxiridagi mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat bilan izohlashga harakat qilmoqdalar. Sovuq urush boshlandi, barcha kuch va vositalar mudofaani kuchaytirishga tashlandi. Hukumat G‘alaba marshali Georgiy Jukovning umumhalq shon-sharafini nohaq baholadi. Yo‘qotish og‘rig‘i ham juda katta edi - urushda halok bo‘lgan Qizil Armiyaning millionlab askarlari bevalari va bolalari 9-mayni birinchi navbatda xotira va qayg‘u kuni deb hisoblashgan. Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida bugungi kungacha bu bayram "ko‘zlarda yosh bilan" nishonlanadi. Tarixchilar haligacha urushda halok bo‘lgan sovet fuqarolari soni to‘g‘risida bahslashmoqda, ular 28 million kishi sonini tilga olishmoqda. Shunga qaramay, Ulug‘ Vatan urushi tugaganidan 20-yil o‘tgach, sovet fuqarolarining vahshiylikni bilmagan avlodi ulg‘aydi, hayot faxriylar esa yoshlar ongiga unchalik faol ta’sir ko‘rsatolmagan. G‘alaba kunidagi tantanali harbiy paradlar jamiyatni asosan ko‘proq birlashtirdi, vatanparvarlik va harbiy mehnatga hurmatni shakllantira boshladi. Rossiyada 9-maydagi paradlar 1995-yildan beri muntazam o‘tkazila boshladi, harbiy aviatsiya esa tantanali tadbirlarda 2005-yildan qatnashishni davom ettirdi.

Vaqt ta’sir etmaydi

1945 yil 9-mayda Moskvada hech qanday harbiy parad va alvon chinnigullar bo‘lmagan, shahar aholisi shunchaki quvonishib, yig‘lab, ko‘chalarda odamlar bir-birlarini quchoqlagan. Sovet qo‘shinlarining Berlindagi paradi 1945-yil 4-mayda Brandenburg darvozasi yonida bo‘lib o‘tdi, uni shaharning harbiy komendanti general Nikolay Berzarin qabul qildi. Moskvadagi birinchi G‘alaba Paradi 1945-yil 24-iyunda marshal Konstantin Rokossovskiy qo‘mondonligi ostida bo‘lib o‘tdi, uni marshal Georgiy Jukov qabul qildi. 10 ta frontdan, Harbiy-dengiz floti va Mudofaa xalq komissarligidan 12 ta birlashgan polk qatnashgan. Jami, 12 mingdan ortiq ilg‘or harbiy xizmatchilar, Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-sharaf ordenlari to‘la egalari. Parad oxirida mag‘lub bo‘lgan fashist qo‘shinlarining 200 bayrog‘i Kreml devori ostiga tashlandi. Eslatib o‘tamiz, o‘sha yilning 16-sentabr kuni Xitoyning Harbin shahrida Sovet qo‘shinlarining Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabasiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tgan.

XXR tashkil topganining 70-yillik yubileyi katta tantana bilan nishonlandi. - Sputnik O‘zbekiston
Pekinda harbiy parad qanday o‘tdi – eng yorqin suratlar

Hech bir parad bir-biriga o‘xshamaydi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ammo 1995-yil 9-mayda Qizil maydonda 1945-yildagi tarixiy G‘alaba Paradi qayta qurildi. Faxriylarning birlashgan polklari urush yillarining barcha 10 frontni o‘z bayroqlari bilan namoyish etildi. 19-may kuni esa G‘alaba harbiy paradlari har yili Moskvada, harbiy okruglar, flot, umumqo‘shin armiyalar va Kaspiy flotiliyasining shtablari joylashgan qahramon-shaharlar va shaharlarda o‘tkazilishi bo‘yicha federal qonun qabul qilindi.

Harbiy paradlar yillar davomida yanada texnologik va siyosiy jihatdan murakkab va ajoyib bo‘lib bormoqda. 2005-yilda G‘alabaning 60-yilligi nishonlandi va Qizil maydonda birinchi marta nafaqat g‘oliblar, balki Germaniya kansleri Gerxard Shroder bilan birga kelgan Vermaxt faxriylari ham ishtirok etishdi. Paradda 4 ming nafar rossiyalik urush faxriysi va 7 ming amaldagi harbiy xizmatchi qatnashdi.

Rossiyaning og‘ir harbiy texnikalari, jumladan OTRK "Iskander" va "T-90" tanklari Qizil maydon bo‘ylab birinchi marta 2008-yil may oyida yurishdi. 2010-yil 9-may kuni Qizil maydonda o‘tkazilgan paradda Buyuk Britaniyadan kelgan xorijiy harbiy xizmatchilar (ushbu mamlakatda xotira tadbirlari 8-9 may kunlari o‘tkaziladi), AQSh, Fransiya, Polsha va MDH davlatlari (har biridan 75 kishidan) ishtirok etdi. 2011-yilgi parad rekord darajada - 20 ming kishi ishtiroki bilan esda qoldi. 2014-yilgi G‘alaba paradida Federal qo‘riqlash  xizmatining Prezident (sobiq Kreml) polkining kavaleriyachilari, 2015-yilda esa Kuban kazaklari ishtirok etishdi.

Na Krasnoy ploshadi proshla generalnaya repetitsiya parada ko Dnyu Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
G‘alaba paradiga asosiy tayyorgarlik – eng yorqin lavhalar

Ba’zi harbiy marosimlarni favqulodda bekor qilish yoki boshqa vaqtga ko‘chirishga kelsak, G‘alaba kunida bunaqasi ham sodir bo‘lgan. Masalan, 1945-yil 24-iyunda ob-havo sharoiti tufayli paradning aviatsion qismi bekor qilingan. Huddi shu holat 2017 va 2019-yillarda ham sodir bo‘ldi. G‘alaba bundan kuchini yo‘qotmaydi. Sovet Ittifoqining Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabasining 75-yilligi sharafiga harbiy parad qachon o‘tkazilsa ham, bizning umumiy tariximizni "ko‘chirib" bo‘lmaydi va uni qayta yozib bo‘lmaydi: 1945-yil 8-may Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 22:43da (Moskva vaqti bilan 9-may soat 00:43 da) Berlin atrofida general-feldmarshal Vilgelm Keytel, Lyuftvaffe vakili general-polkovnik Shtumpf va Krigsmarine vakili Admiral fon Frideburg Germaniyani to‘liq taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0