O‘zbek armiyasi tanklari qanday "tuning" qilindi - ekspert

Obuna bo‘lish
O‘zbek armiyasining T-64 tanklarining yangi dvigatel, yangi aloqa va himoya vositalari bilan jihozlanishi ularni qanchalar kuchaytirgani haqida rossiyalik ekspert Aleksandr Xrolenko nima dedi.

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston qurolli kuchlari import qilingan harbiy mahsulotlar hisobiga jihozlangan, bugungi kunda ko‘p narsa o‘zgarmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining kuchayib borayotgan harbiy-sanoat kompleksi va qurollarni takomillashtirish bo‘yicha milliy loyihalari mamlakat mudofaasi rivojlanishining muhim tarkibiy qismidir. Rossiya O‘zbekiston Respublikasi armiyasini yangilashda ishonchli hamkordir.

V Uzbekistane proshel vtoroy po schetu Tankoviy biatlon. Territoriya na kotorom provodilas bitva titanov polnostyu sootvetstvuyet mejdunarodnim standartam, soobshili organizatori - Sputnik O‘zbekiston
“Chirchiq” poligonida qudratli texnikalar bellashuvi yakunlandi

Uzoq yillar davomida O‘zbekiston qurolli kuchlari import mahsulotlari orqali harbiy mahsulotlar bilan jihozlangan bo‘lib, bugungi kunda ko‘p narsa o‘zgarmoqda. Davlat mudofaa sanoati tarkibiga kiruvchi korxonalar 2020-yilda harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni reja bo‘yicha ikki baravar oshiradi. 2020-2025 yillarda respublikaning mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmoqda.

Tanklar "tuningi"

Yangi texnika sotib olish bilan bir qatorda, "kuchli faxriylarni" ta’mirlash tashkil etildi. Quruqlikdagi qo‘shinlarida 1987-yilgacha Xarkov shahrida ishlab chiqarilgan T-64B1 asosiy tanklari takomillashtirish ishlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning Sovet davri merosida (Termiz yaqinidagi saqlash bazasida) ikki mingdan ortiq tanklar bo‘lgan. Bugungi kunda hizmatda 420 ta transport vositasi, ularning aksariyati motor resurslarini ishlab bo‘lgan, ammo zarba berish qobiliyatini yo‘qotmagan. Shu sababli, ikki yil ichida aksariyat T-64B1 jangovar tanklarining quvvat qismini to‘liq rekonstruksiyasi amalga oshirildi. 700 ot kuchiga ega eski 5DTF dvigateli (Xarkovda ishlab chiqarilgan) og‘ir ish sharoitida yanada ishonchli va quvvati 140 otkuchiga ko‘proq bo‘lgan V-84 (rus T-72B tankidan) dizel dvigateliga almashtirildi. T-64 nafaqat kuchaytirilgan zamonaviy dvigatelga, balki raqamli radiostansiyaga, tank minorasining "Kontakt" dinamik himoyasi va kumulyativ o‘qlarga qarshi ekranlarga ham ega bo‘ldi.

Uzbekskie bolelshiki na tribunax po itogam finala Tankovogo biatlona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bahsida g‘alaba qozondi

Takomillashtirilgan T-64lar o‘tgan yilning bahorida - Chirchiqda "Tank biatlonida" "ikkinchi nafasini" va o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi. Yangilangan T-64lar T-72 tanklari bilan bir qatorda to‘siqlarni (daryo kechiklari, qo‘rg‘on, nishob, eskarp, tankga qarshi zovur, minalashgan maydon) muvaffaqiyatli kechib o‘tdi, ekipajlar zambarak va pulemotdan nishonlarga aniq o‘q uzdi.

Shuningdek, respublika Mudofaa vazirligi hizmatdagi BTR-70ni (yangi dizel dvigatel va uzatma qutisi, qo‘shimcha zirh, kumulyativ panjara o‘rnatish), BM-21 "Grad" (birdaniga bir nechta reaktiv raketa otish tizimining shassisini almashtirish) va boshqa harbiy texnikalarni ham modernizatsiya qildi. Biroq, tanklar haqida gapiraylik.

Dizel klassikasi

Chang va haddan tashqari issiqlik tufayli eskirishga moil, qimmat moylarni talab qiluvchi Xarkovning 700 ot kuchiga ega 5DTF dvigatellari o‘rniga, o‘zbek T-64lari Uralning 840 ot kuchiga ega V-84MS dvigateli bilan birga butunicha motor-transmission qismiga ega bo‘ldi. Bu V-shaklidagi 12 silindrli klassik dizel dvigateli bo‘lib, o‘ziga hos sovutish tizimi va ikki bosqichli havoni tozalash tizimiga ega. Va shu bilan T-64 dinamikasi sezilarli darajada oshdi. Qudratli dvigatel qo‘shimcha himoya o‘rnatilgani hisobiga oshgan vaznni keragidan ortiq qopladi. Yangilashning boshqa elementlari "faxriyga" zamonaviyroq tanklar bilan bir qatorda turish imkoniyatini beradi va yana uzoq vaqt davomida O‘zbekiston quruqlik qo‘shinlari hizmatida qolishga imkon beradi. Modernizatsiya quruqlikdagi kuchlarning butun tank safi xizmatini bir hil qolibga tushurish imkonini berdi.

Na poligone v Chirchike proshli sorevnovaniya po tankovomu biatlonu - Sputnik O‘zbekiston
Qudratli tanklar bellashuvi - eng qiziqarli lavhalar

O‘zbekistonlik mutaxassislarning tanlovi bejiz emas. Rossiyada ishlab chiqarilgan dunyoga mashhur T-72 tanklarida V-shaklidagi 12 silindrli yonilg‘ini ko‘p hilida ishlaydigan to‘rt pog‘onali suyuq sovutiladigan dizel dvigatellarning turli xil modellari o‘rnatildi: V-46 (quvvati 780 ot kuchi), V-46-6, V-84 va B-84-1 (quvvati 840 ot kuchi, T-72B tankida). Dizel dvigatelning quvvati, tejamkorligi va tashqi va ichki yonilg‘i baklarining hajmi (1600 litr yonilg‘i) yuqori masofani - shosseda 700 kmgacha va notekis yerlarda 320-650 km masofani bosib o‘tish imkonini berdi. Shosseda soatiga 50 km/sgacha va notekis yerlarda 45 km/s gacha tezlikda. Kuchli, tezkor va ishonchli jangovar mashina.

Boshqa tomondan, autentik (Ukraina) T-64 dvigatellarining injiqligi tankchilarga anchadan beri ma’lum. Yangi texnikani o‘zlashtirish bosqichlarida qo‘shinlarda 5TDF oppozit dvigatellarining ommaviy ishdan chiqishi holatlari bo‘lgan. Qisman haydovchi-mexaniklarning ishlash qoidalarini yaxshi bilmasligi ta’sir qilgan. Xarkov mahsulotining asosiy muammolari - haddan tashqari qizib ketishi va chang tufayli eskirishidir. Uch komponentli qo‘shimchalar bilan birga sovutish suyuqligini qo‘yish ham ancha mushkul bo‘lgan (yozda oddiy suv quyilgan, ammo maxsus sulfofiltr orqali). Chang eskirishi muqarrar ravishda forsunka qistirmalarining kuyishiga olib kelgan, bu dvigatel uchun halokatli emas, ammo tank qo‘shinlarida tartibga zarar yetkazadi.

Yangi ufqlar

Hayot to‘xtab qolmaydi. Yanvar oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan harbiy texnika ko‘rgazmasida takomillashtirilgan T-72B tanki namoyish etildi. Minorasining dinamik himoyasi (eksportga mo‘ljallangan T-90S analogi) ekipajni kumulyativ snaradlardan, tankga qarshi boshqariluvchi raketalar jangovar qismi va reaktiv granatalardan va podkaliber o‘qlardan himoya qiladi. Tankning quyruq tomoni kumulyativ o‘qlarga qarshi ekranlar bilan ximoyalandi. Mashina rus T-90S, T-90A tanklarining o‘rmalama lentalari va boshqa ko‘plab jihatlariga ega bo‘ldi.

Birinchi marotaba Mudofaa vazirligi miqyosida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Titanlar janggi: Chirchiqda "Tank biatloni" bo‘lib o‘tdi

Modernizatsiya bu "eski kiyimlarni almashtirish" emas, balki kelajakka texnologik qadam ekanligini tushunish muhimdir. Masalan, zamonaviy dinamik himoya tizimlari va qo‘shimcha ko‘p qatlamli zirh tankni va dushmanning raketa va kumulyativ o‘qlariga deyarli daxlsiz qiladi. Mukammallashtirilgan teplovizion kameralar (nishonga oluvchilar) ko‘rish qobiliyati pas sharoitda (tunda, tuman yoki tutun ichida) harakat qilish qobiliyatini ta’minlaydi. Yangi aloqa va navigatsiya tizimlari xududda yo‘l topish, operatsion hududda ko‘proq ma’lumot olish va ko‘rishga imkon beradi. Avtomatika ekipajning jangovar ishini yengillashtiradi. Dvigatel quvvatining oshishi mashinaning tezligi va manevr qobiliyatida aks etadi.

Yangi o‘q-dorilar zambarakdan otish masofasini oshirish imkonini beradi. Takomillashtirish loyihasi tankning hizmat muddatini 15-20 yilga uzaytirishi mumkin, va tannarxi bo‘yicha esa yangi mashinalarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning qariyb 30% ni tashkil etadi. Shu sababli, tanklarni takomillashtirishning turli xil variantlari allaqachon Ozarbayjon, Qozog‘iston, Polsha, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Hindiston, Iroq, Isroil va boshqa mamlakatlarda amalda yo‘lga qo‘yilgan. Ehtimol, T-64 va T-72 rusumidagi tanklarni takomillashtirish dasturi vaqt o‘tishi bilan eng muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Armiyaning kuchi hukumat siyosatidadir.

Zamonaviy qurollarni muntazam ravishda sotib olish bilan bir qatorda, harbiy va maxsus texnikalarni takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Dunyoning 20 ta yetakchi mamlakati bilan harbiy-texnik hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, oltita hukumatlararo komissiya faoliyat yuritmoqda, harbiy-texnik sohada hamkorlik to‘g‘risida o‘ndan ortiq bitimlar imzolangan. Rossiya - O‘zbekistonning eng ishonchli hamkorlaridan biridir.

Yangiliklar lentasi
0