G‘arb Rossiya tufayli ocharchilikni boshdan kechiradi

© Sputnik / Artem Kreminskiy / Mediabankka o‘tishUborka zernovix.
Uborka zernovix. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arb Rossiyani aybdor qilish uchun yangi sabab topdi: bu safar ular ichki bozorda oziq-ovqat narxlarini past drajada saqlab qolishga qaratilgan choralari uchun ayblashmoqda.

Chet el ommaviy axborot vositalarining hamma narsada va doimo Rossiyani ayblash xohishi - bu asrlar davomida shakllanib kelgan o‘ziga xos yomon an’anadir. G‘arbda koronavirusning tarqalishida Rossiyani emas, balki Xitoyni ayblash odatdan noyob istisno bo‘ldi. Ammo bizning g‘arbiy hamkorlarimiz an’analardan shunchaki voz kechisholmaydi. Va endi xorijiy manbalar matnlarida Rossiya o‘z harakatlari bilan global oziq-ovqat xavfsizligini buzmoqda degan ayblovlar paydo bo‘lmoqda.RIA Novosti xabariga asosan.

Budda v zashitnoy maske na graffiti v Mumbae - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya G‘arb mamlakatlarining eng zaif joyini fosh qildi

Masalan, Amerikaning nufuzli Bloomberg agentligining so‘nggi materialida Rossiya hukumati tomonidan ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, Qozog‘iston va Vyetnam rasmiylarining choralari "qo‘shningni ochlikdan o‘ldir" strategiyasi sifatida tasvirlanmoqda va aniq salbiy tarzda talqin etilmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, bu safar bizning mamlakatimiz jahon ommaviy axborot va moliyaviy hamjamiyatning ilg‘or vakillari oldida yana aybdor bo‘ldi: hukumat koronavirus inqirozi sharoitida jamiyatning oziq-ovqat bozorida narx barqarorligiga muhtojligini mutlaqo shaffof sababi bilan Rossiyadan don eksportini cheklab qo‘ydi. Bu yondashuv kamida o‘ziga xosdir deb bo‘lmaydi, chunki xuddi o‘sha amerikalik jurnalistlarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat millatchiligi (ya’ni o‘z iste’molchilarini tashqi xaridorlarga ustuvor bo‘lishi) odatda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiladigan mamlakatlar orasida keng tarqalgan amaliyotdir, va epidemiya davrida oziq-ovqat eksportini cheklagan birinchi mamlakat Vyetnam bo‘ldi.

Ayblovlarning mohiyati shundan iboratki, epidemiya sharoitida jahon bozoriga oziq-ovqat eksportini cheklash ocharchilikka olib keladi, ayniqsa aholisi ushbu cheklovlar tufayli muqarrar ravishda ko‘tariladigan narxlarda oziq-ovqat sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al mamlakatlarda,. Muammo shundaki, bu holatda ayblovchilar aynan AQSh va Yevropa Ittifoqidir, chunki shu davlatlarning don eksportchilarining o‘zi bozorda boshqa mamlakatlar tomonidan takliflar bo‘lmagan taqdirda o‘z mahsulotlarini narxini ko‘taradilar.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v torjestvax po sluchayu Dnya VMF RF - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb ekspertlari "G‘arbni xarob qilish"da Putinga kim yordam berayotganini aytishdi

Bundan kelib chiqadiki, amerikalik eksportchilar (AQSh hukumati tomonidan shunga o‘xshash eksport cheklovlariga aniq duch kelmaydiganlari) o‘z iste’molchilaridan (pul yetishmasligi tufayli ochlikdan o‘lmaganlarini) qo‘shimcha pul ishlashadi, va shu qatorda Amerika ommaviy axborot vositalari esa Rossiya, Vyetnam va Qozog‘istonga (lekin, albatta, avvalambor Rossiyaga) sayyoradagi oziq-ovqat inqiroziga hissa qo‘shgan davlatlar sifatida ishora qilishga haddi sig‘averadi.

Amerikaning pul topishga bo‘lgan intilishi va aql o‘rgatishi bukib bo‘lmas istagi aralash tuyg‘ularni, ya’ni takabburlikdan ajablanish va unga nafratlanish o‘rtasidagi o‘ziga hos tuyg‘uni keltirib chiqaradi.

Vaziyat, unga tarixiy retrospektiva nuqtayi nazardan qaralganda yanada qiziqarli ko‘rinadi. Bizning yevropalik va amerikalik sheriklarimizning rossiyaliklarni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va Rossiyani "oziq-ovqat yirik davlati" ga aylantirishi yomonlik, shuningdek pul va kuchni behuda sarfi bo‘lishligiga ishontirishga urinishlarini eslash o‘rinlidir. To‘satdan aniq bo‘ldiki, bizning mamlakatimizda jahon bozorida shunday muhim o‘rinni egallashga imkon beradigan eksport salohiyati yaratilganki, hatto Rossiya eksportini vaqtincha qisqartirish yoki cheklashi ham import qiluvchilarni jiddiy tashvishga solmoqda.

Havotirlar ko‘lamini tushunish uchun Qatarning "Al-Jazira" telekanali tomonidan ko‘rsatilgan materialda keltirilgan mantiqiy zanjirni ko‘rib chiqish kifoya, unga ko‘ra, aynan Rossiyaning bilvosita xatti-harakatlari bir necha siyosiy rejimlarning qulashi va arab dunyosidagi qonli "rangli inqiloblar"ning boshlanishiga hissa qo‘shgan.

Chesnok - Sputnik O‘zbekiston
YeOII hududidan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqish ta’qiqlandi

"So‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta, ba’zi bir asosiy xaridorlar uni import qilishga shoshayotgan bir paytda, dunyo Rossiya bug‘doyidan xalos bo‘lishi xavfi tug‘ilmoqda". <...>  Garchi ta’kidlanmoqda, yilning shu davrida cheklovlar normal savdo oqimini ta’minlash uchun yetarli joy qoldiradi, Rossiya barcha kvotani ishlattb bo‘ldi. <...> Rossiya bug‘doy bozorini cheklovlar yoki soliqlar tufayli vayron qilish ma’nosida boy tarixga ega, ammo oxirgi marta to‘liq eksport 2010-yilda qurg‘oqchilik ekinlarni quritib yo‘q qilganidan keyin taqiqlangan. Ushbu qadam bug‘doy fyucherslari narxining keskin ko‘tarilishiga olib keldi va ba’zi tadqiqotchilar bu taqiqni "Arab bahori"da bilvosita omil deb hisoblashdi.

Garchi global yetkazib berish hali yetarli bo‘lsa-da, o‘tmishdagi oziq-ovqat tanqisligi haqidagi xotiralar oziq-ovqat millatchiligi haqidagi bahslarni qayta boshladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlar ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqaradigan pandemiya tufayli ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar xavfi yana kuchayayotganini ta’kidlashdi va shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga zarar yetkazadigan va (oziq-ovqat mahsulotlari uchun) narxlarni  oshishishga olib keladigan asossiz choralarga qarshi chiqishdi".

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z zahiralarini sotayotgan fransuz don eksport qiluvchilarning o‘zlari narxlarni ko‘tarib yubormoqdalar va baribir barchasida oziq-ovqat millatchilari aybdor. Vaziyat mutlaqo qolipli tarzda rivojlanishi uchun, Yevropa va Amerika siyosatchilari sayyoramizning oziq-ovqat xavfsizligi uchun kurashning bir qismi sifatida, Rossiya va Vyetnamga don va guruch narxini ko‘tarishgani uchun sanksiyalarni talab qilish kerak. Biroq, an’anaviy (allaqachon avtomatik va ongsiz bo‘lib qolgan) rusofobiyaga qo‘shimcha ravishda, asta-sekin siyosiy va diplomatik tekislikka o‘tayotgan ushbu media-kampaniya yana bir muhim jihatga ega. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat inqirozi yaqin oylarda haqiqatga aylanishi mumkin. Mutaxassislar "ta’rifi injilda ko‘rsatilgan ochlik" haqida ogohlantirganlarida, ular xavfni ko‘pirtirishmayapti - bu haqiqatan ham yuz berishi mumkin, ammo Rossiya va o‘z iste’molchilarini himoya qiladigan boshqa davlatlar bunga umuman aloqasi yo‘q.

Uborka pshenisi - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda Rossiya bug‘doyining tanqisligi yuzaga kelishi mumkin - Bloomberg

Masalan, Yevropa Ittifoqi so‘nggi yillarda o‘z yer bilan qanday ishlashni unutgan va mardikorlarga muhtoj bo‘lgan o‘ziga xos "latifundist"ga aylandi: Buyuk Britaniya, Italiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishloq xo‘jaligida ish kuchining keskin yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda, buning natijasida hosilning katta qismi yo‘qolishi mumkin, yo‘qotilmagan qismi esa odatdagidan ancha qimmat bo‘ladi.

Masalan Forbes  jurnali xabar berishicha, ruminiyalik mehnat muhojirlari Buyuk Britaniyaga hosilni yig‘ib olish uchun charter reyslarida olib kelinmoqda.

AQShda do‘kon javonlarda go‘sht tanqisligi boshlanishi mumkin, chunki yirik go‘shtni qayta ishlash korxonalari koronavirus bilan ommaviy kasallanishlar tufayli yopilmoqda. Amerikaning NBC telekanali "do‘konlarda haftaning oxiriga kelib (go‘shtni qayta ishlash) korxonalari yopilishi fonida go‘sht yetishmasligi paydo bo‘lishi mumkinligini" aytmoqda.

Bunday sharoitda kimgadir barcha donni yashirgan va koronavirus haqida sohta ma’lumot tarqatgan va ehtimol, hatto go‘shtni ham yeb tashlagan (yoki olib ketib qolgan) tashqi dushmanni topish g‘oyasini yoqishi mumkin. Ammo Xitoy, Rossiya yoki hatto Vyetnam haqidagi media isteriyasidan qat’i nazar, koronavirus bilan bog‘liq muammolar yo‘q bo‘lmaydi va koronavirusga qarshi sanksiyalar kiritib bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0