Sardobadagi to‘g‘on o‘pirilishi: yozda suv yetadimi, yer ahvoli ne kechadi — ekolog izohi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPredsedatel Komiteta po ekologii i oxrani okrujayushey sredi Zakonodatelnoy palati - Boriy Alixanov
Predsedatel Komiteta po ekologii i oxrani okrujayushey sredi Zakonodatelnoy palati - Boriy Alixanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Ekologik partiyasi" raisi Boriy Alixanov Sardoba suv omborxonasidagi asosiy xatarlar, shuningdek, ekspertlar va hukumat komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqida gapirdi

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi yuz berdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston janubidagi aholi yashash punktlari suv ostida qoldi. FH yuz bergan hududda tiklash ishlari olib borilmoqda, hukumat komissiyasi tashkil etilgan. Shu bilan bir qatorda qo‘shni respublikaga ham yordam ko‘rsatilmoqda.

Situatsiya v Sirdarinskoy oblasti, gde proizoshel proriv dambi na Sardobskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
Ekinlarni asrash va qo‘shnilarga yordam: Ahmadjonov Sardoba hodisasidan keyingi ishlar haqida

Boriy Alixanov so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zararning aniq miqdori maxsus komissiya tomonidan aniqlanadi, ammo hozirdan ma’lumki, region ekologiyasiga ziyon yetmasdan qolmagan.

"Ayrim ekin maydonlari suv ostida qoldi, o‘simliklar zarar ko‘rdi, hayvonlar dunyosi ham. Yer masalasiga keladigan bo‘lsak, men hodisa joyida bo‘ldim, holatni o‘rgandim. Biz, ekopartiya vakillari sifatida FH tafsilotlariga oydinlik kiritish ishlarida va zararni hisob-kitob qilish ishlarida ishtirok etapmiz. Ha, yerlarning qaysidir qismi erroziyaga uchragan, lekin zarar yetmagan va qishloq xo‘jaligida foydalanish mumkin bo‘lgan yerlar ham mavjud. Fikrimcha, oqibatlar bartaraf etilgach, audit o‘tkazib, bu singari yerlar kadastrlarini hisob-kitob qilish lozim bo‘ladi", - deb ta’kidladi ekolog.

Shu bilan birga, Alixanovning aytishicha, kelayotgan yoz mavsumida suv tanqisligi muammosidan qo‘rqmasa ham bo‘ladi, bahor faslida suv toshqinlari ko‘p bo‘lgani tufayli, mintaqada namgarchilikda tanqislik bo‘lishi mumkin emas.

Iz-za proriva dambi v Sirdarye, v Kazaxstane evakuirovali jiteley sel - Sputnik O‘zbekiston
Sardoba falokati: O‘zbekiston Qozog‘istonga qutqaruvchi va texnikalarini jo‘natdi

Ekologning hammasidan ham ko‘ra bu kabi gidrotexnik inshootlar holati ko‘proq havotirga soladi, axir ular istalgan vaqtda minglab odamlar va mamlakat ekologiyasi uchun xavf manbaiga aylanishi mumkin, xuddi Sardobada yuz bergani kabi.

"Asosiysi, bu kabi obyektlar mustahkam bo‘lishi kerak, ularni barpo etayotganda texnik xatoliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi zinhor. Mamlakatimiz prezidenti ham bejizdan barcha gidroobyektlarni ularning barqarorligi va ishonchliligi jihatdan tekshirib chiqish topshirig‘ini bermadilar. Aynan shu narsa meni eng ko‘p havotirga soladi", - dedi Alixanov.

Bu masalani obdon o‘rganib, yuz bergan hodisa sabablarini aniqlashtirish kerak. Axir - eng muhimi bu odamlar hayoti va sog‘lig‘i-ku. Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topilar, deb bejizga aytmagan dono xalqimiz", - deya xotima qildi "Ekologiya partiyasi" rahbari.

Alixanov o‘zi boshchiligida partiya vaki llari Sirdaryodagi holatni o‘rganishda faol ishtirok etishlarini qo‘shimcha qildi. To‘liq izohni Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Posledstviya dlya prirodi ot proriva dambi na Sardobe — mnenie ekologa
Yangiliklar lentasi
0