Qobulning sabri tugadi: "Tolibon"ga urush e’lon qilindi

© AP Photo / Mirwais KhanChleni terroristicheskogo dvijeniya "Taliban" v Afganistane
Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani o‘zining televizion murojaatida "Tolibon"*ning davom etayotgan hujumlariga javoban, harbiylarga tashkilotning pozitsiyalariga hujum qilishni buyurdi.

Tinch barqarorlashtirishning amerikancha talqini "afg‘onlararo muloqot" tamoyillari va xususiyatlarini o‘zgartirmadi, Afg‘oniston Islom Respublikasidagi (AIR) vaziyatni keskin yomonlashtirdi, "Tolibon"* hukumat kuchlari bilan qurolli kurashining kuchayishiga va tinch aholining yangi qurbonlariga olib keldi. Vashington va Qobulning zaxira rejasi yo‘q. Mintaqadagi qo‘shnilar Afg‘onistondagi yangi avjlanishlarga tayyor bo‘lishlari kerak.

Bejensi iz provinsii Gazni v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston shimolida tojik jangarilarining faolligi oshmoqda - "Tolibon"ga yordam

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘zining televizion murojaatida "Tolibon"*ning davom etayotgan hujumlariga javoban, harbiylarga tashkilotning pozitsiyalariga hujum qilishni buyurdi.

Kobulda hafta bir qator yirik teraktlar bilan boshlandi. 11-may kuni Taia Maskan hududida bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Xavfsizlik kuchlarining ta’kidlashicha, nishon Milliy xavfsizlik direksiyasi va hukumat mashinalari bo‘lgan (qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q). Tolibon hujumlarga aloqadorligini oshkor qilmadi, ammo tanish uslub va tashkillashtirish darajasi bo‘yicha toliblarnikiga o‘hshaydi.

12 may kuni jangarilarning Kobuldagi shifoxonaga hujumi paytida besh kishi halok bo‘ldi. Shifohonaga kirish joyida xudkush o‘zini portlatganidan so‘ng u yerga qurollangan terrorchilar bostirib kirdi. Natijada 13 kishi halok bo‘lgan (ulardan ikkitasi chaqaloq) va 15 kishi jarohatlangan. Hujumga "Chegara bilmas shifokorlar" gumanitar tashkilotining "chet ellik missiyasi" bo‘lishi mumkin.

Mamlakatning sharqiy va shimoliy provinsiyalarida faol harbiy harakatlar boshlandi. 11-may kuni Lagman provinsiyasida toliblar bilan to‘qnashuvda 20 dan ortiq afg‘on harbiylari halok bo‘ldi va olti kishi yaralandi. G‘azni provinsiyasida olib borilgan harbiy operatsiya davomida 100 dan ortiq "Tolibon"* jangarilari yo‘q qilindi. Hukumat, shuningdek, ID* guruhining besh a’zosi yo‘q qilinganini xabar qildi.

Hukumat kuchlarining keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasi shimoldagi Farah va Balx provinsiyalarida davom etmoqda. O‘z navbatida, "Tolibon"* armiya va politsiya tayanch punktlariga hujum qilmoqda.

Kolyuchaya provoloka po perimetru turmi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda yuz nafar “Tolibon” a’zolari qamoqdan ozod qilindi

Nangarhar provinsiyasida 12-may kuni tuman politsiyasi boshlig‘i (Hoji Shayx Ikrom)ning dafn marosimida ro‘y bergan portlash natijasida 24 kishi halok bo‘ldi va 68 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda va qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. Aftidan, AQShning toliblar bilan tinchlik shartnomasi qulamoqda.

Jinoyatchilarni ozod qilinishi

Terrorchilik faoliyatining qayta jonlanishi tasodifiyga o‘hshamaydi, jangovar harakatlar mahbus toliblarni Afg‘onistondagi davlat qamoqlaridan ozod qilinishining doimiy va majburiy jarayoni hisobiga kuchaymoqda. Dohada imzolangan shartnomaga ko‘ra, asirga olingan AIR askarlarini qonunga muvofiq mahkum qilingan jinoyatchilariga almashish afg‘onlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning asosiy shartidir. Mumkin bo‘lgan besh ming nafardar bir mingdan ortiq jangari "Tolibon"* saflariga qaytib bo‘ldi. Ularning barchasi odatiy "biznes" bilan shug‘ullanishda davom etishiga ishonaman. VVS ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchi guruh har yili har xil noqonuniy harakatlardan 1,5 milliard dollardan ko‘proq daromad oladi. Barcha xavf-xatarlarga qaramay, cheksiz "jihod" avtomati bor "talaba"ga doimiy daromad olishni kafolatlaydi. "Tolibon"*ning Qo‘shma Shtatlar bilan teng huquqli sherikligi esa harbiy-diniy harakatning qayta tiklanishi, qonuniylashtirilishi va davlat hayotida ustunlik qilish istiqbollarini namoyish etadi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” asirlar bilan almashish to‘g‘risida kelishib oldi

Ayrim afg‘on parlamenti a’zolari AQSh prezident ma’muriyati guruhni Xususiy harbiy kompaniyaga aylantirib, "Tolibon"*ning harbiy faoliyatini qonuniylashtirish niyatida, deb jiddiy ta’kidlamoqdalar. Aytilishicha, go‘yoki ushbu noaniq tashabbus 29-fevralda Qatarda imzolangan tinchlik shartnomasi matnida rasmiylashtirilib, mustahkamlangan. Ehtimol, "Tolibon"* HHK mubolag‘adir, ammo jangarilarning harakatlarida haddan tashqari chegarasizligi, amerikaliklarning Afg‘onistondan ochiqchasiga qochishi, Kobuldagi "ikki hukumatlilik" Tolibonning hokimiyatga qaytishi va shafqatsiz O‘rta asrlilikka hos shariat mahkamalarining hamma jabhalarga ta’sir o‘tkazishi va ommaviy qatllarning qayta tiklanishi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Jangarilarning shafqatsizligi va uyatsizligi, ularning atigi 105 nafar harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlarini ozod qilganliklarida namoyon bo‘ladi. Bu rasmiy Kobul o‘zi amalga oshirganidan 10 baravar kam. 11-may kuni Afg‘oniston hukumati tengsiz almashinuv jarayonini to‘xtatdi. Afg‘oniston Xavfsizlik Kengashi vakili Javid Feysalning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon* 200 xavfsizlik kuchlari hodimini ozod qilmaguncha boshqa islamist asirlar ozod qilinmaydi. Ta’kidlash kerakki, ultimatum shartlari ancha yumshoq ko‘rinishga ega, toliblar tashabbusni yo‘qotmaydi.

"Tolibon"*ning ba’zi yutuqlarini kuzatayotgan qo‘shni Tojikiston va O‘zbekistonlik "hamfikrlari" ham o‘zlarining faolligini oshirmoqdalar va afg‘on zaminidagi jangarilarni bevosita qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Rejalaridagi chegaralari umuman Markaziy Osiyoda joylashgan davlatlarning joriy chegaralariga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin bo‘lgan "Islom Amirligi"ning shakllanishiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Tolibon* g‘azablandi

Yaqinda BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasining (UNAMA) hisobotida aytilishicha, 2020-yilning birinchi choragida harbiy harakatlar natijasida 533 tinch fuqaro, shu jumladan, 150 dan ortiq yosh bola halok bo‘lgan. 55% hollarda tinch fuqarolarni o‘ldirish uchun javobgar noqonuniy qurolli guruhlardir. Xususan, 533 kishining 39 foizi o‘limida aynan toliblar aybdor. "Islomiy davlat" terrorchilik guruhining harakatlari natijasida tinch aholining 13 foizi haloq bo‘ldi.

Afganskie sili bezopasnosti. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda harbiylar 17 nafar “Tolibon”* jangarilarini yo‘q qilishdi

Holatlarning 32%ga hukumatparast kuchlar javobgardir (tabiiyki, bu evfemizm ostida kim yashiringanidan qat’iy nazar "hukumatparast kuchlar"ning samaradorligi borasida savol kelib chiqadi).

Afg‘onistondagi zo‘ravonlik kuchayib borayotgan bir paytda, toliblar g‘azab bilan ta’kidlamoqda: ularning nazorati ostidagi hududlarda tinch aholi qurbonlari nolgacha tushdi. "Tolibon"* vakili Zabihulla Mujohidning ta’kidlashicha, BMTning Afg‘onistonda tinch aholi orasida qurbonlar haqidagi hisobot shunchaki "tinch aholi orasida qurbonlar sonini kam ko‘rsatish va Islomiy Amirlik mujohidlari zimmasiga 39 foiz qurbonlarni yozish orqali AQSh harbiylari va ma’muriyat qo‘shinlari, razvedka, politsiya va ko‘ngillilar tomonidan Kobulda sodir etilgan kundalik jinoyatlarni yashirishga qaratilgan urinishdir".

Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) ma’lumotlariga ko‘ra, Dohada (29 fevral) AQSh bilan tinchlik bitimi imzolangandan beri toliblar kuniga o‘rtacha 55tadan hujum amalga oshirdi. Afg‘oniston milliy xavfsizlik va mudofaa kuchlari (ANDSF) "Tolibon"*ga qarshi 1200 dan ortiq javob operatsiyalarini o‘tkazdi.

Avtomobili oxvachennie ognem v odnoy iz provinsiy Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Tolibon” jangarilariga aviazarba berdi

Milliy xavfsizlik  direksiyasining (Afg‘oniston razvedkasi) rahbari Ahmad Ziya Sarajning so‘zlariga ko‘ra, toliblar hanuzgacha "harbiy yo‘l bilan hokimiyatga qaytish" haqida o‘ylamoqdalar va o‘zaro bag‘rikenglik va tinchlikni qadrlamayaptilar. Shu bilan birga, toliblarning boshqa terrorchi guruhlar bilan aloqalari "yaqin va o‘zaro foydali bo‘lib kelmoqda, bu guruhning AQSh bilan imzolagan tinchlik bitimi ruhiga ziddir". Albatta, Afg‘onistonning 407 mintaqasining 133 tasini nazoratga ola turib "Tolibon"* jang maydonida g‘alaba qozona olmaydi. Cheksiz va ma’nosiz urush davom etmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0