Yangi tahdid: Qatar gaz urushini boshlashga tayyor

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishEmir Katara Tamim ben Xamad Al Tani - soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA)
Emir Katara Tamim ben Xamad Al Tani - soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA)  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gazning jahon narxlari tushdi - iliq qishdan keyin omborxonalar to‘la, pandemiya esa talabni yanada susaytirdi. Suyultirilgan tabiiy gazning asosiy ta’minotchisi Qatar juda og‘ir vaziyatda qoldi.

TOShKENT, 18-may - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Gazning jahon narxlari tushdi - iliq qishdan keyin omborxonalar to‘la, pandemiya esa talabni yanada susaytirdi. Suyultirilgan tabiiy gazning asosiy ta’minotchisi Qatar juda og‘ir vaziyatda qoldi. Tahlilchilar ogohlantiradi: inqiroz oqibatlarini yengillashtirish maqsadida, Saudiya Arabistoni neft bozorida uyushtirgani kabi Qirollik ham narhlar urushini uyushtirishi mumkin. Bu Rossiyaga nima bilan tahdid soladi - RIA Novosti materialida.

Ventil gaza - Sputnik O‘zbekiston
Surpriz: neft inqirozi ortidan gaz inqirozi keladi. Endi nima bo‘ladi

Qiyin tanlov

Yil boshidan beri narxlar deyarli ikki baravar arzonladi: Yevropa va AQShda zangori olov 1999-yildan beri eng past narxlarda sotilmoqda.

"Gaz bozori bir vaqtning o‘zida ham taklifning haddan oshganini, ham iliq qishni singdira olmayapti", - deb yanvar oyida ogohlantirgan Nyu-Yorkdagi Statar Capital gaz xedj-fondi asoschisi Ron Ozer.

Pandemiya talabga yangi zarba berdi. Bu Qatarni juda qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

Qirollik katta zararlarni ko‘rmoqda va yaqin orada qiyin tanlovga duch keladi: ishlab chiqarishni qisqartirish yoki iste’molchilarga katta chegirmalar taklif qilish bilan narx urushini boshlash. Aks holda, o‘z yoqilg‘isining nisbatan balandroq narxlari sababli bozordagi ulushini yo‘qotib, yetakchilikni Avstraliyaga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keladi.

Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

"Suyultirilgan tabiiy gazning dunyodagi eng yetakchi eksportchisi sust talab va saqlashning katta harajatlari tufayli, yaqin orada bozor uchun kurashga kirishishi mumkin".

Fevral oyining o‘zidayoq Doha STGni koronavirus iskanjasida qolgan Osiyodan Yevropaga yo‘naltirdi. Yordam bermadi. Pandemiya Eski Dunyoni ham bosdi, u yerda energiya manbalarini sotib olishni favqulodda tez qisqartirib yuborishdi.

Qatar uchun variantlardan biri - ishlab chiqarishni qisqartirish, ammo bu barcha ulkan rejalarning barbod bo‘lishini anglatadi. O‘tgan yilning yanvar oyida qirollik OPEKdan chiqishini e’lon qildi – e’tiborni aynan STGga qaratish uchun. Ta’minotni 2024-yilga kelib yiliga 77 milliondan 110 million tonnagacha oshirishni, 2027-yilga kelib esa 126 million tonnagacha rejalashtirishgan.

O‘shanda energetika vaziri Sa’d bin Shrid al-Kaabiy bu uchun har qanday manba’lar shay dedi. Hususan, Ras-Laffan shahri yaqinidagi Shimoyliy konlarning yangi uchastkalari. Bundan tashqari, Qatar 2024-yilga kelib gazni suyultirish uchun to‘rtta ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Ikki baravar foyda: Tramp tufayli oltin va neft rekord darajada qimmatladi

"Eksportni qisqarishi davlat budjetini daromadlardan mahrum qiladi va Avstraliya haqiqatan ham Qatarni siqib chiqarib yuborishga qodir", - deb yozadi Bloomberg.

Ammo, tahlilchilar, qirollik oxir-oqibat ishtahasini pasaytirishiga to‘g‘ri kelishini istisno qilmaydilar. "Yuk tashish haqqining oshishiga olib kelgan gaz tashuvchi kemalarning tanqisligi 2018-yildan beri sezilmoqda. Va hozirda ham Qatar ularning yetishmovchiligiga duch kelishi mumkin. Bunday vaziyatda Qatarning STG narxlarini tushirishi narxlar ko‘tarilishiga olib keladi, chunki bu narx kemalar ijarsini ham o‘z ichiga oladi", - deydi sanoat mustaqil esperti Aleksey Xazanov.

Agar Qatar narxlar urushini boshlagan taqdirda ham, kotirovkalar, aprelda neft bilan bo‘lgani kabi,  salbiy ko‘rsatkichlarga o‘tib ketishi mumkin. Ammo asosiy muammo shundaki, ishlab chiqarishning tannarxi arzonligiga qaramay, ishlab chiqarish rentabelligi yo‘qoladi.

Kim yutqazadi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Qatarning STG narxlarining misli ko‘rilmagan darajada pasaytirishga urinishi shundoq ham haddan tashqari to‘yingan jahon bozoriga salbiy ta’sir qo‘rsatadi. Biroq, Rossiya hammadan ko‘ra kamroq zarar ko‘radi.

"Ta’minot tuzilmasida STGning ulushi juda oz. Quvur gaziga kelsak, u uzoq muddatli shartnomalar asosida eksport qilinadi va u rad etilgan taqdirda katta jarimalar ko‘zda tutilgan. Shuning uchun, asosan uglevodorodlar savdosidan tushgan daromadlar hisobiga shakllanadigan Rossiya budjeti uchun yaqinlashib kelayotgan halokat haqida gapirish erta", - dedi Xazanov.

Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston
Ar-Riyod neft bozorida revolyutsiya tayyorlamoqda - ekspert

Iqtisodchining fikriga ko‘ra, Qatar faqatgina qirollikdan Turkiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz quvurini qurib, uni XXI asrning birinchi o‘n yilligida rejalashtirilganidek loyihalashtirilayotgan Nabucco'ga ulaganidagina Rossiyaning gaz eksportidan tushadigan daromadlarni qulatgan bo‘lar edi. Biroq, ushbu loyihaga Qatarning Saudiya Arabistoni bilan tashqi siyosiy ziddiyatlari va Suriyadagi fuqarolar urushi to‘sqinlik qildi. Nabucco'ning o‘zi ham yo‘q bo‘lib o‘rnini Turk Oqimiga bo‘shatib berdi.

Qatarning xatti-harakatlaridan birinchi bo‘lib so‘nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida STGni targ‘ib qilib kelgan amerikaliklar jabr ko‘radi. Ushbu strategiya boshi berk ko‘chaga olib keldi: yevropalik iste’molchilar okean ortidan keltirilgan gazdan voz kechmoqdalar, chunki ular uchun Rossiyadan tabiiy gaz sotib olish ancha foydaliroq.

Yangiliklar lentasi
0