Do‘stumning marshallik unvoni Kobul va Toshkent uchun nimani anglatadi- Malashenko

© SputnikRossiyskiy politolog Aleksey Malashenko
Rossiyskiy politolog Aleksey Malashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonlik o‘zbek qo‘mondoni Do‘stum Ashraf G‘anidan marshal unvonini oldi. Rossiyalik sharqshunos, siyosatshunos, tarix fanlari doktori Aleksey Malashenko kadrlarning bunday tarzda almashinishining Afg‘oniston va O‘zbekiston uchun juda ko‘p ijobiy tomonlari borligiga ishonadi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘zining asosiy siyosiy raqibi Abdulloh Abdulloh bilan kelishuv imzoladi. Bundan tashqari, bosh vazir tarafdorlaridan biri - Abdul-Rashid Do‘stum marshal unvoniga ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.

Aleksey Malashenko fikriga ko‘ra, bu nafaqat Afg‘oniston uchun, balki butun mintaqa uchun juda muhim ishoradir.

“Do‘stumga marshal unvoni berilgani G‘ani va Abdulloh kelishib olganining daraklaridan biridir. Buni tan olinmagan prezident uchun o‘ziga xos g‘alaba deb atash mumkin, chunki u hokimiyatga Ashraf G‘anining o‘zi singari pushtunni olib kelmadi. Shu bilan birga Do‘stumning ulkan harbiy tajribasi va uning o‘zbeklar, tojiklar va Markaziy Osiyo xalqlarining boshqa vakillari yashaydigan Afg‘onistonning katta qismiga ta’sirini unutmaslik kerak", - deya ta’kidladi ekspert.

Etnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24-dekabrya 2001 goda - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonning bardoshli generali – Abdul-Rashid Do‘stumning tarjimai holi

Shunga o‘xshash tayinlovlar Afg‘onistonda izchil tinchlikparvarlik siyosatini olib borayotgan va muzokaralar maydoni sifatida chiqayotgan Toshkentda ham ijobiy qabul qilindi. Tabiiyki, garchi yarmiga bo‘lsa ham etnik o‘zbekning davlatning uchinchi shaxsi etib tayinlanishi afg‘onlararo mojaroni hal qilishda ijobiy rol o‘ynashi mumkin va vaziyat keskinligini yumshatishga yordam beradi.

Rossiyalik sharqshunosning batafsil izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglash mumkin.

Chto oznachayet marshalskoe zvanie Dustuma dlya Kabula i Tashkenta — Malashenko
Yangiliklar lentasi
0