Amerikaliklarga Markaziy Osiyo va Kavkazdagi biolaboratoriyalar nimaga kerak?

© Sputnik / Denis Aslanov / Mediabankka o‘tishLaboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii
Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston, Armaniston va Tojikistonda amerikaliklar biologik laboratoriyalar tarmog‘ini yaratdilar. RIA Novosti muallifi buni o‘rgandi.

TOShKENT, 29-may - Sputnik, Galiya Ibragimova. "AQSh butun dunyo bo‘ylab, shu qatori, chegaralarimiz atrofida, harbiy biologik faoliyat olib bormoqda", - dedi Sergey Lavrov KXShT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida. Moskva uzoq vaqtdan beri qo‘shni davlatlarning biologik xavfsizligi haqida havotirda. Qozog‘iston, Armaniston va Tojikistonda amerikaliklar biologik laboratoriyalar tarmog‘ini yaratdilar. Rossiya rasmiylarining, ayniqsa, Gruziyadagi Lugara nomidagi markazga oid savollari ko‘p. Vashingtonga bularning nima keragi borligi haqida RIA Novosti materialida o‘qing.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon biolaboratoriyalari Rossiya va Xitoy biqinida joylashgan — RF TIV rahbari

Qasddan chiqarib yuborish

Qozog‘istonda koronavirusdan birinchi zararlanish mart oyining boshida qayd etildi. Hukumat chegaralarni yopib, favqulodda holat e’lon qildi. Internetda ushbu virus 2016-yilda respublikaning janubiy-sharqida amerikaliklar tomonidan qurilgan biolaboratoriya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Olma-Ota Markaziy referans-laboratoriyasi (SRL) Qozog‘iston uchun xos bo‘lgan viruslar shtammlarini o‘rganishga ixtisoslashgan. U Qozog‘iston karantin va zoonoz infeksiyalari ilmiy markazi negizida faoliyat yuritadi, respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunadi. U Pentagon hisobidan qurilgan bo‘lsa-da, Qozog‘iston mulki hisoblanadi. AQSh ushbu inshoot uchun 108 million dollar ajratgan.

Vashington buni: mintaqada AQSh harbiylari joylashgani va tadqiqotlar noma’lum virusli infeksiyalardan himoyalanishga yordam beradi, deya tushuntirgandi.

Brifing Ministerstva oboroni RF po bioorujiyu - Sputnik O‘zbekiston
Onishenko MDHdagi AQSh biolaboratoriyalari haqida: asosiysi mediklarni harbiylardan farqlash

KXShT, MDH va ShHT sammitlarida Moskva vakillari amerikaliklar ushbu laboratoriyalarni Rossiya manfaatlariga qarshi ishlatishlari mumkinligini bir necha bor ta’kidlashgan. Ammo Qozog‘iston rasmiylari mahalliy biologlar ishiga hech kim aralashmasligiga ishontirishgan.

"Xorijiy olimlarning ishtirok etishiga faqat qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazilganda va grant loyihalari amalga oshirilgandagina yo‘l qo‘yiladi", - deb izoh bergan SRL.

2018 yilda Qozog‘istonda meningit bilan kasallanishlar soni sezilarli darajada oshdi va Olma-Otada SRLdan meningokokk infeksiya shtammining sizib chiqishi haqida gapira boshlashdi. Jurnalistlar va blogerlar amerikaliklar qasddan virus tarqalishiga yo‘l qo‘ydilar, deya jiddiy yozdilar. Shu tariqa, ular go‘yoki laboratoriyada ishlab chiqilgan bakteriologik qurolning samaradorligini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi hech qanday epidemiya yo‘qligiga ishontirgan. "Qozog‘istonda meningit bilan kasallanish holati 58 ta, ulardan 32 tasi Olma-Otada. Agar nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblasak, BSST standartlariga ko‘ra, ular juda past", - dedi vazirlika.

Sotrudnitsa laboratorii  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Qrimda Lugaraga o‘xshash biolaboratoriyani tashkil etmoqchi bo‘lgan

Koronavirus ham o‘xshash tarixga ega. Hokimiyat fitnani rad etdi va vahima tarqatmaslikka chaqirdi.

Faoliyatning yopiq rejimi

Sovet davrida Armaniston SSR Mikrobiologiya instituti eng yirik mikrobiologiya markazi hisoblangan. 90-yillarda institutning ilmiy ishlanmalariga AQSh va Buyuk Britaniya qiziqish bildirdi. Armanistonlik mutaxassislar G‘arb mamlakatlarida amaliyot o‘tashga taklif etilgan.

2000 yillarda amerikaliklar mamlakatda bir nechta biologik laboratoriyalarni ochishga yordam berdi. Pullarni, Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, Pentagon ajratgan. Faqat Armaniston Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi Milliy markazining o‘ziga modernizatsiya qilishga o‘n million dollar sarflandi.

Preduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Ukrainada o‘ta xavfli infeksiyalar saqlanadigan 8 ta laboratoriya qurdi

Yerevan, Gumri, Vanadzor, Martuni va Ijevanda qurilgan ilmiy markazlar Kavkaz mintaqasiga xos bo‘lgan virus va shtammlarni o‘rganadilar.

Laboratoriyalar Armaniston sog‘liqni saqlash tizimining bir qismidir, ammo AQSh mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi bu yerga kirish huquqiga ega. U yerda mahalliy mutaxassislardan tashqari, amerikaliklar ham ishlaydi.

Armanistondagi biolaboratoriyalar yopiqliliga Moskva tomonidan tanqid bildiradi. Shubhalarni bartaraf etish uchun o‘tgan yilning kuzida bosh vazir Nikol Pashinyan rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolashga rozi bo‘ldi. Tafsilotlarni kelishib olindi, ammo oxirgiga kelib Armaniston tomoni ushbu hujjatdan voz kechdi.

Xavfli epidemiologiya

2010-chi yillarda amerikalik biologlar KXShTning yana bir a’zosi - Tojikistonga e’tiborini qaratdilar. Ular yuqumli kasalliklarning avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan noqulay epidemiologik vaziyatdan xavotirda edilar. G‘arbning bir nechta jamg‘armalari tadqiqot markazlarini tashkil etish uchun mablag‘ ajratdi.

Shunday qilib, 2013-yilda Dushanbe shahridagi Gastroenterologiya instituti negizida biologik xavfsizlik laboratoriyasi ochildi. Ushbu loyiha Xitoy, Myanma, Bangladesh va Afrikada shunga o‘xshash inshootlarni barpo etgan Fransiyaning Meryo xayriya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirildi.

Odatda, fransuzlarga BMT va AQShning USAID halqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi yordam bergan. Investitsiyalar uch million dollardan oshdi.

2019 yilda Respublika sil kasalligini nazorat qilish markazi negizida laboratoriya tashkil etishdi. USAID va Pentagon homiy bo‘ldi. Mahalliy biologlar, chet ellik hamkasblari ishtirokida Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan sil, bezgak, gepatit va o‘lat kabi kasalliklarni o‘rganmoqdalar.

Amerikanskiy istrebitel F-16, vzletayushiy vo vremya ucheniy na voyenno-vozdushnoy baze Xualyan v Vostochnom Tayvane - Sputnik O‘zbekiston
Tayvan Xitoyni nishonga oldi, AQSh esa bunda “nishonga olishga ko‘maklashuvchimi”?

O‘tgan yili Tojikiston shimolidagi Isfara shahrida yana bir inshoot ochildi. U haqida ma’lumot oz, uni ham amerikaliklar moliyalashtirdi.

" Markaziy Osiyoda koronavirusdan oldin ham epidemiologik vaziyat yaxshi emas edi. Mintaqaga gepatit, o‘lat, sil kasalligi xosdir, shuning uchun yangi biolaboratoriya zarur. Ularga mablag‘ kerak. Chet el yordamisiz eplay olmaymiz",- deb tushuntirdi RIA Novosti-ga Dushanbe shahridagi Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Abdug‘ani Mamadazimov.

Tojik mutaxassisi amerikaliklar faoliyatida shubhali narsani ko‘rmaydi. "Shunchaki ular doim birinchi bo‘lib e’tibor beradi. Agar koronavirusdan keyin Rossiya, Xitoy yoki YeI mintaqaga viruslarga qarshi kurashda faol yordam bera boshlasa, respublika hukumati buni qo‘llab-quvvatlaydi", - deydi ekspert.

Gruziya patogeni

Gruziya KXShTga a’zo emas, lekin Rossiya bilan chegaradosh va Kavkazda muhim rol o‘ynaydi. Moskva Richard Lugar jamoat sog‘lig‘ini saqlash tadqiqot markazidan xavotirda. Rossiya hukumati Tbilisi yaqinidagi biolaboratoriya amerikaliklarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadi deb hisoblaydi.

Respublikanskiy kandidat v prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Xitoyga "munosabatlarni to‘liq uzish" bilan tahdid qilmoqda

Shubhalar bekordan-bekor paydo bo‘lmaydi. 2018-yil sentabr oyida Gruziya davlat xavfsizligi sobiq vaziri Igor Giorgadze laboratoriyada odamlar ustidan eksperiment o‘tkazishlari mumkinligini ma’lum qilib Lugar markazida davolanayotgan o‘nlab odamlar vafot etganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etdi. Shu bilan birga, u yerda Pentagonning buyurtmalarini bajaradigan Amerikaning uchta - CH2M Hill, Battelle va Metabiota xususiy firmalari biologlari ishlagan.

Giorgadze laboratoriyada bakteriologik himoyaning yuqori darajasida ekanligiga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, markazda "zararli moddalar sochish uskunalari va biologik faol material bilan to‘ldirilgan o‘q-dorilar" mavjud. "Maqsadi jamiyatni himoya qilish bo‘lgan tashkilotga bu kabi narsalarni nima keragi bor?" - deb hayron bo‘ldi sobiq vazir.

Moskvada buni eshitishdi. TIVning qurollarni tarqatmaslik va nazorat qilish masalalari departamenti boshlig‘i Vladimir Yermakov Rossiya o‘z chegaralari yaqinida amerika biologik tajribalariga toqat qilmasligini ma’lum qildi.

Pentagonda Giorgadzening ayblovlari bema’nilik deb ataldi. Tbilisi laboratoriyani tinch ishlanmalar bilan shug‘ullanayotganiga va odamlar ustida tajriba o‘tkazilishi haqida gap bo‘lmaganligini ta’kidladi. Gruziya rasmiylari Lugar markaziga rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurishiga qarshi emas edi. Ammo bu rejalar o‘tgan yilgi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlardagi inqiroz tufayli barbod bo‘ldi.

"Gruziya hech qachon fizik-kimoviy biologiya sohasidagi tadqiqotlar bilan qiziqmagan. Va ushbu laboratoriyada xodimlarning himoyasi yuqori biologik darajada ekanligi ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi. Bu kabi og‘ir patogenlar bilan shug‘ullanish nima uchun kerak?" - deydi RIA Novosti bilan suhbatda biologiya fanlari doktori, Sibir federal universiteti professori Nikolay Setkov.

Shtab-kvartira VOZ v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin

Vektor virusologiya markazining ilmiy ishlar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Aleksandr Agafonovning ta’kidlashicha "Lugar markazida biologik qurollar va ularni yetkazib berish vositalarini io‘lab chiqilish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar yopiqlangan".

"Ammo CH2M Hill, Battelle va Metabiota xususiy kompaniyalarining ishtiroki va kontrakt majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot, masalan, Sibir kuydirgisi, tulyaremiya va Qrim-Kongo gemorragik bezgagi virusining xavfli bakteriyalari bo‘yicha tadqiqotlar - e’tiborsiz qolmasligi kerak", - deya ta’kidlaydi mutaxassis.

Agentlik tomonidan so‘ralgan ekspertlar postsovet davlatlari tashqi yordamdan umid qilib, epidemiologik vaziyat ustidan nazoratni boy berib qo‘yishi mumkin degan to‘xtamga kelishdi. Va bu o‘ta jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ustiga-ustak, pandemiya davrida ushbu laboratoriyalarga yanada ko‘proq ehtiyotkorlik bilan qarala boshlandi, natijada ushbu tuzilmalarni yanada ochiqroq qilishga yaxshi asos bor.

Yangiliklar lentasi
0