Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan yaqinlashuvi ehtimoli kam - Kurtov

Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo va Afg‘oniston hech qachon yaxlit bo‘lmagan. Ayniqsa sovet davrida MO respublikalari ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ildam rivojlanib ketgan.

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. "Milliy strategiya muammolari" jurnalining bosh muharriri va siyosatchi Ajdar Kurtov Sputnik muxbiriga G‘arb davlatlari Afg‘onistonni Markaziy Osiyo bilan yagona hudud sifatida hisoblashga harakat qilayotganiga qaramasdan MO va Afg‘oniston orasida iqtisodiyo munosabatlar rivojlanishi ehtimollligi kam dedi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin "S5+1" formatidagi "Markaziy Osiyo - AQSh" konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston  tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan edi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v videokonferensii Sentralnaya Aziya — SShA (S5+1) - Sputnik O‘zbekiston
"S5+1": O‘zbekiston qanday tashabbuslarni ilgari surdi

Ushbu anjumanda muhokama qilingan mavzulardan biri - xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston muammolarini hal qilishdagi roli bo‘lgan edi. 

Kurtov aytishiga qaragandan Afg‘oniston ko‘plab xalqaro ekspertlar tomonidan Markaziy Osiyoning bir qismi deb baholanadi.

"Xususan, AQShda "Katta Markaziy Osiyo" degan termin bor va u Afg‘onistonni ham o‘z ichiga oladi. Bunday qilishdan maqsad - Markaziy Osiyo respublikalariga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqishdir. Sobiq Ittifoqning beshta respublikasiga bo‘lgan munosabatni Afg‘oniston bilan bog‘lash va shunday yo‘l bilan Rossiya rolini kichraytirib ko‘rsatishdir", - deydi ekspert. 

Lekin Markaziy Osiyo va Afg‘oniston hech qachon yaxlit bo‘lmagan va bunga bir necha sabablar bor, deb hisoblaydi ekspert. 

"Afg‘onistonning va Markaziy Osiyo respublikalarining tarixiy rivojlanishida jiddiy farq bo‘lgan. Ayniqsa sovet davrida. Ushbu hududlarning iqtisodiy va ijetimoiy rivojlanishiga nazar solsak, Markaziy Osiyo respublikalari Rossiya yordamida juda ilgarilab ketganini ko‘ramiz", - deydi Kurtov. 

Ekspert fikriga ko‘ra, AQSh ushbu hududga kirib kelishidan maqsadi, birinchi navbatda o‘z foydasi yo‘lida amalga oshirmoqda. 

- Vashingtonning Afg‘oniston bo‘yicha rejasi chipakka chiqdi. Endi amerikaliklar bobsqichma-bosqich qo‘shinlarni olib chiqishni rejalashtirmoqda. Endi amerikaliklar "chiqish yumoshoqroq" bo‘lishi uchun qo‘shni davlatlarni ham ushbu  jarayonga jalb qilmoqchi, - deydi ekspert.

Gosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Sabr tugamoqda. Pompeo Qobulga AQSh o‘z qo‘shinlarini to‘liq chiqarishini aytib, tahdid qildi

"S5+1" formatida taklif qilinayotgan loyihalarning hech biri hududdagi real geopolitik vaziyatni hisobga olmaydi. Lekin tan olish kerakki ayrim muvaffaqiyatli loyihalar ham bo‘lgan. Xususan, AQSh ishtirokida Panj darosi ustidan Afg‘oniston va Tojikiston orasida ko‘prik qurish, O‘zbekiston ishtirokida Afg‘onistonda temiryo‘l qurilishi. 

Ushbu loyihalar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda ijobiy rol o‘ynadi, lekin Afg‘oniston muammosini hal qilishda jiddiy yordam bermaydi, deb xulosa qiladi Kurtov.

Espertning to‘liq nutqini audiopodkastimizda tinglang.

Kurtov: sblijenie mejdu stranami SA i Afganistanom vrad li proizoydet
Yangiliklar lentasi
0