Armata eksportga ketmoqda: Rossiyaning eng yangi T-14 tankini kimlar sotib olishga tayyor

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRepetitsiya parada Pobedi
Repetitsiya parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yakka o‘zi tank qurilishi sohasida texnologik inqilobni amalga oshirdi va haqli ravishda katta iqtisodiy va harbiy-siyosiy dividendlar olishni kutmoqda.

Rossiya xalqaro qurol bozorida raqobatchilarni siqib chiqarishni davom ettirmoqda va dunyoda analogi bo‘lmagan modelni - uchinchi avlod Armata T-14 tankini targ‘ib qilmoqda. Bu Rossiya mudofaa sanoatining muvaffaqiyatli rivojlanayotganini va jangovar mashinaning texnologik mukammalligini anglatadi. 

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayev 6-iyul kuni Moskva Armata T-14 so‘nggi tanklarini eksport qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Rossiya yuqori talabga ega va raqobatchilar mahsulotlarini siqib chiqaradigan qurollarning nihoyatda mustahkam va samarali namunalarini sotadi.

Perspektivnaya rossiyskaya boyevaya bronirovannaya mashina na baze universalnoy gusenichnoy platformi «Armata” T-15 na vistavke «Armiya Rossii – zavtra” v ramkax IV Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma «Armiya-2018» v Kubinke - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun og‘ir BMP T-15 "Armata" dunyodagi eng yaxshisi

Qizig‘i shundaki, bu dunyoda urushdan keyingi uchinchi avlod yagona tanki. Hatto Rossiya Mudofaa vazirligi ham hozirgacha 132 ta noyob zirhli texnika vositalariga (T-14 tanklari va “Armata” platformasidagi piyodalar og‘ir T-15 mashinasi) buyurtma berishga muvaffaq bo‘ldi. Yetkazib berish 2021-yil oxiriga kutilmoqda. Chet el sotuvlari RF Mudofaa vazirligi buyurtmasi amalga oshirilganidan keyin va mashinaning eksportbob ko‘rinishi tasdiqlangandan keyin boshlanadi (mutaxassislar chet elga nima ketishi mumkinligini va qaysi elementlar faqat Rossiya qo‘shinlari tomonidan ishlatilishini aniqlamoqdalar).

Yuqori texnologiyali tankning narxi arzon emas – bir donasi uchun 7 million dollargacha, “Armata”ga Misr, Hindiston, Xitoy qiziqish bildirishgan (dastlabki arizalar qabul qilindi). Darvoqe, xorijning taniqli tanklari - Amerikaning “Abrams”, Fransiyaning “Leklerk”, Germaniyaning “Leopard”, Isroilning “Merkava” tanklari  6-12 million dollar narx oralig‘ida sotilmoqda.

Ehtimoliy mijozlar

Avvalroq, Misr 400-500 dona Rossiyaning yangi T-90MS tanklarini sotib olishga qaror qildi va kelajakda T-14ga buyurtma berish ehtimoli ham bor. Hindiston “Armata”ni ko‘rib chiqayotgan holda 1770 tagacha zamonaviy tanklarni sotib olishni rejalashtirmoqda, shartnoma dastlabki summasi 442 milliard rublga baholanmoqda. Shubhasiz, Xitoy ham chetda qolmaydi.

Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2017. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada eng zamonaviy T-90MS tank sinovdan o‘tkazildi

Rossiyaning so‘nggi tankining MDH davlatlariga eksport hajmi hali aniqlanmagan. Albatta, T-14 MDH mamlakatlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ilgari Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan zirhli texnikalarni faol ravishda sotib olishgan.

Rossiya global qurol bozorining uchdan bir qismini tinch yo‘l bilan egallab oldi. Bugungi kunda “Rosoboroneksport” portfelida buyurtmalar miqdori 55 milliard dollarga teng (dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rin). Rossiya qurollari eksportining qariyb 15% quruqlikdagi texnikaga to‘g‘ri keladi. RF yangi tanklar bozorida tan olingan yetakchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. G‘arbda T-90 tankini “Rossiya mudofaa eksportining halokatli ilg‘ori” deb atashlari bejiz emas, yaqin yillarda Uralvagonzavod buyurtmachilarga 2500ga yaqin T-90MS tanklarini yuboradi. So‘ngi T-14 eksport g‘alabalarining munosib vorisi bo‘lishi muqarrar.

Texnologik ustunlik

T-14 dushman bilan bevosita yaqinlikda jang qilishga, motoo‘qchi bo‘linmalarining hujumini qo‘llab-quvvatlashga, istehkomlarni vayron qilish, boshpanalarda va ochiq joylarda joylashgan dushman tirik kuchini yo‘q qilishga mo‘ljallangan. “Armata” tanki Suriya Arab Respublikasi hududidagi jangovar vaziyatda sinovdan o‘tkazildi, iyul boshida esa u haydovchisiz rejimda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.

Tanki T-14 na gusenichnoy platforme Armata na generalnoy repetitsii voyennogo parada, posvashennogo 71-y godovshine Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
"Armata" tankining davlat sinovlari 2020-yilda yakunlanadi

Noyob jangovar mashina haydovchisiz minora, ekipaj uchun zirhlangan kapsula, 125 mm kalibrli qurol (NATOning 120 mm qurolidan ustunroq), modulli konstruksiya va robotlashtirish uchun asos bo‘la oladigan ochiq raqamli arxitekturaga ega. Kelajak - Rossiyada muvaffaqiyatli ishlab chiqilayotgan elektromagnit qurolga ega ekipajsiz (haydovchisiz) tanklarniki.

T-14-da nishonga oluvchi-operatori va tank komandiri qurollarni raqamli interfeyslar orqali boshqaradi (triplekslar - bu o‘tmish sarqiti). Tankning jangovar kuchining asosi – kuchaytirilgan zarba kuchiga ega 2A82-1M rusumli 125 millimetrli tekkis stvolli to‘p (jangovar komplekt o‘z ichiga ja’mi 40 dona snarad va boshqariluvchi raketalarni oladi).

T-14 tankining eshelonli mudofaa tizimi tarkibiga “Afganit” faol mudofaa tizimi (dunyoda yagona reaktiv va raketali tankga qarshi o‘q-dorilar va zirhni uradigan podkaliber snaradlar bilan kurashish qobiliyatiga ega bo‘lgan tizim), nishonga olishning har qanday tizimlariga ega o‘q-dorilarga qarshi pardalar (hamma rakursda, shu jumladan quyi yarimsferada), shuningdek “Malaxit” dinamik himoya kompleksi (kumulyativ va kinetik snaradlarning zarba berish harakatiga qarshi kurashadi) kiradi. Yakuniy himoya chizig‘i - uyg‘unlashtirilgan, oqilona nishob burchaklariga ega ko‘p qatlamli zirh.

Snayperskiy pritsel - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng ko‘p qurol eksport qiluvchi davlatlar nomlari e’lon qilindi

“Armata” butunlay yangi konstruksiyadagi dunyodagi birinchi tank bo‘lib, butun elektromagnit spektrda ko‘rinishni kamaytirish uchun “stels-texnologiyalar”ni birinchi bo‘lib oldi. Mashina Bortdagi birlashtirilgan axborotni boshqarish tizimi (BIUS) bilan jihozlangan, u boshqa boshqaruv tizimlari bilan bog‘lanishga qodir. Ya’ni, jang maydonidagi har bir T-14 ekipaji yakka o‘zi harakat qilmaydi-da, balki Yagona taktik zanjirni boshqarish tizimida ishlaydi. Bundan tashqari, og‘ir “Armata” toifasidagi yagona o‘rmalovchi bazasida texnologik “yaqin” T-15 piyodalar jangovar mashinasi va T-16 zirhli ta’mirlash-evakuatsiya mashinasi yaratildi.

Konstruksiyasi bo‘yicha T-14 ga o‘xshash tankning g‘oyasi, yetakchi mamlakatlar mutaxassislari yigirma yildan beri ko‘rib chiqilmoqda. Oldinga siljish bor, lekin faqat Rossiya tayyor seriyali mahsulotini taqdim qila oldi. Taqqoslash uchun, AQShda Future Ground Combat System (kelajak yer usti jangovar tizimi) soddalashtirilgan o‘rmalovchi platformasi endi ishlab chiqilmoqda, «Strayker” (MobileGunSystem) haydovchisiz minoraga ega g‘ildirakli jangovar zirhli mashinasi esa tank emas.

“Armata”ning dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilari yoki analoglari yo‘q. O‘tgan yili T-14 eng rivojlangan mamlakatlarning eng yaxshi 12 ta mashinasidan eng yaxshisi deb topildi. Rossiya yakka o‘zi mubolag‘asiz, tank qurilishi sohasida texnologik inqilobni amalga oshirdi va haqli ravishda katta iqtisodiy va harbiy-siyosiy dividendlarni olishni kutmoqda.

Yangiliklar lentasi
0