Cisoyev: KGB saksoninichi yillar Olimpiadasini dunyo miqyosidagi janjaldan saqlab qolgan

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPrazdnichnoe shestvie sportsmenov vo vremya otkritiya XXII letnix Olimpiyskix igr v Moskve.
Prazdnichnoe shestvie sportsmenov vo vremya otkritiya XXII letnix Olimpiyskix igr v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n to‘qqizinchi iyul kuni Moskvada Olimpiada-80 o‘yinlari ochilganining 40-yilligi nishonlanadi. Moskva Olimpiadasi eng yuqori darajada o‘tkazilgan, shu bois, munosib ravishda, xalqaro Olimpiya harakati tarixiga oltin harflar bilan yozilgan, deya ta’kidlashadi mutaxassislar.

O‘yinlar xavfsizligi qanday ta’minlgani, Olimpiadada texnikaning qanday yangi turlari qo‘llanilgani, u mahalliy va jahon sportini rivojlantirishda qanday o‘rin tutgani haqida RIA Novostiga bergan intervyusida sport sohasidagi mashhur rahbar, o‘z vaqtida RF Jismoniy madaniyat qo‘mitasi raisi va Rossiya Olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mi prezidiumi a’zosi, Olimpiya ordeni kavaleri Valeriy Sisoyev gapirdi. U shuningdek, zamonaviy olimpiya harakatini xalqaro sport manfaatlariga mos ravishda rivojlantirish uchun uni qanday takomillashtirish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Valeriy Sergeyevich, siz Moskvadagi Olimpiada tarixiga ikki nuqtayi-nazardan qaray oladigan noyob insonsiz - o‘sha paytda alohida sport turi, xususan, velosportni boshqargan yetakchi bo‘lgansiz, qolaversa, Olimpiada-80 o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha shtab a’zosi edingiz. Ko‘pincha, ushbu o‘yinlarga nisbatan bir xil tezis yangraydi - go‘yo, xavfsizlik choralarini ta’minlash ishlari noqulay qatlamni ommaviy ravishda 101-kilometr tashqarisiga ko‘chirish bilan yakunlangan. Bunga nima deysiz?

- Bu noprofessional mulohaza. Ammo Moskva Olimpiadasidagi barcha xavfsizlik choralari talabga mos bo‘lgan. Birinchidan, o‘sha davr sharoitida Moskva Olimpiadasi eng kuchli tashqi siyosiy bosim sharoitida bo‘lib o‘tgan. Ehtimol, bungacha bironta ham o‘yinda bunday tashqi bosim bo‘lmagan. 1979-yilning dekabrida SSSR Afg‘onistonga o‘z qo‘shinini kiritdi. Shundan so‘ng AQSh Moskvadagi o‘yinlarga boykot e’lon qildi va boshqa davlatlarni ham shunga chaqirdi. Albatta, Olimpiada paytida provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmadi.

Otkritie vistavki Moskva i sport - Sputnik O‘zbekiston
Faqat kumush medallar sof bo‘lgan: 1980-yilgi Olimpiada medallari haqida

Bundan tashqari, Munxen olimpiadasida Isroil delegatsiyasining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq fojia hali xotiralardan ko‘tarilmagandi. Axir terrorchilarga O‘yinlardan boshqa yana nima jozibaliroq tuyulishi mumkin? U yerda terrorchilik aktini uyushtirish - tarixga kirishni anglatadi.

1975 yilda Moskva Olimpiadasining tashkiliy qo‘mitasi tuzilib, uning tarkibiga yetakchi mutaxassislar, shu jumladan xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ham kirgan edi. KGB tarkibida "Alfa" guruhi nomi bilan mashhur bo‘lgan aksilterror bo‘linmasi tashkil qilindi, IIV tarkibida ham maxsus bo‘linmalar tuzildi. Tegishli xodimlar Monrealga borishdi, u yerda xavfsizlik qanday ta’minlanganligini kuzatdilar va tajriba orttirdilar.

Yana bir holat bo‘lgan. 1977-yil yanvarida arman millatchilari Moskva markazi va poytaxt metrosida portlashlar uyushtirdi. Xalqaro hamjamiyat tashvishlanib qoldi, albatta: "Moskvangizda portlashlar ro‘y beraptiyu, siz esa Olimpiya o‘yinlarini tayyorlamoqdasiz". Bu juda qiyin sinovlar edi. Bundan tashqari, Leonid Brejnevning pozitsiyasi ham boshida noaniq bo‘lgan - O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘lami aniq bo‘lgach, u o‘zining Politburodagi hamkasblariga: "Balki biz uchun Olimpiadani o‘tkazish shart emasdir?", degan savol bilan murojaat qilgan. Ammo ongli kuchlar biz o‘yinlarni yuqori darajada o‘tkazishga qodir ekanligimizni isbotlay olishimizni tushunar edilar.

Olimpiada faqatgina Moskvada o‘tkazilmaganini yodga olish lozim. Yelkanli regata Tallinga ishonib topshirildi, Leningrad, Kiyev va Minskda esa futbol turnirlari o‘yinlari o‘tkazildi. Tartibni ta’minlash uchun, albatta, joylardagi kerakli mutaxassislar jalb qilindi. Hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi. Bilasizmi, men odamlarning o‘zaro munosabatlari va hotirjamlik nuqtayi nazaridan - 1980-yildagi Moskvada  yashashni xohlardim.

Vitaliy Smirnov - Sputnik O‘zbekiston
Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati

O‘zimdan misol keltiraman: O‘yinlar paytida tadbirlar ko‘pligidan ishdan uyga tungi 1da qaytardim, uch-to‘rt soat uxlardim xolos. O‘zim rulda yurardim, toliqqanim sababli ikki marta mashinani kechasiga qulflashni unutibman. Ishga borish uchun tong sahar yetib kelardim, mashina oldiga kelsam - mashina bus-butun, hech kim tegmagan.

Moskva ko‘chalarida piyonista va fohishalar bo‘lmaganligini nimasi yomon? Agar siz mezbon bo‘lsangiz, albatta, mehmonlar o‘zini xavfsiz va qulay his qilishlari uchun hamma narsaga tayyor bo‘lasiz. Olimpiadani qabul qiladigan har qanday davlat aynan shunday qiladi. Va bu yerda ikki tomonlama standartlarni qo‘llashning keragi yo‘q: ya’ni go‘yoki, chet elda masala boshqaday, u yerda tartibni kuchaytirish mumkin-u, bizda esa yo‘q.

Natijada, tartib eng yuqori darajada ta’minlanganligi nuqtayi-nazaridan, Moskva Olimpiadasi nafaqat tarixda qoldi, balki xavfsizlik xizmatlari uchun yilnomaga, uslubiy qo‘llanmaga aylandi. Ammo har qanday Olimpiada xavfsizligi faqat mezbon tomonning zimmasiga yuklanadi, deyish xom-xayoldir. Yo‘q, bu chet ellik hamkorlar bilan bajariladigan umumiy ish. Sovet idoralari ham boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan faol aloqada bo‘lgan. Tezkor ma’lumotlar almashinuvi amalga oshirildi, maxsus xizmatlar muvofiqlashtirilgan holda ish olib bordi.

- Valeriy Sergeyevich, o‘sha O‘yinlar vaqtida favqulodda hodisaga olib kelishi mumkin bo‘lgan, ammo natijada ro‘y bermagan biron bir epizod bo‘lganmi?

- SSSR uchun jiddiy tashqi tashqi siyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shunday holatni hanuzgacha eslayman va u aynan velosportda sodir bo‘lgan. Biz bunday xalqaro miqyosdagi tadbirga birinchi marta tayyorlayotganimiz va ta’minlayotganimiz sababli, ishchi darajada xavfsizlikni kafolatlovchi muhim choralar kuzatilgan va ba’zan amalga oshirilgan ham - bu bizda ba’zi sport turlarining tajribasi va spetsifikasi yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ammo o‘yinlar boshlanishidan oldin hamma narsa tartibga solindi.

Krilatskoyeda shosse velotrassasini qurdik. Poygadan bir kun oldin, barcha jamoalar mashg‘ulotlari o‘tishi kerak bo‘lgan kun, trassaning butun tashqi va ichki perimetri bo‘ylab ichki qo‘shin askarlari joylashtirildi. Ular shu qadar zich turishardiki, na ichkaridan, na tashqaridan xech o‘tolmasdi. Yaxshiyam qo‘llarida avtomatlari bo‘lmagan. Buni ko‘rib, esankirab qoldim. Axir, chet elliklar reaksiyasini tasavvur qilish qiyin emas - ular bizni ezib tashlagan bo‘lardilar: kommunistlarning tartiblari shunaqa ekanda, deb. Ammo, Xudoga shukur, u paytda xorijiy ishtirokchilar mashg‘ulotlarga kelishga ulgurishmagan edi. Men trassa qo‘riqlanishiga mas’ul odamning oldiga bordim, u esa menga: "Hech narsa qila olmayman, menga hech kimni ichkariga kiritmaslik buyrug‘i berilgan", dedi. Men unga tushuntira boshladim: velosportda o‘ziga xos xususiyat bor, trekda velosipedchilar o‘z jamoalarining yordamiga muhtoj bo‘lishadi - g‘ildirakni almashtirish kerak, ichimlik suvi va oziq-ovqat deganday. Yo‘lda to‘siq paydo bo‘lsa, unda nima bo‘ladi, qanday qilib yordam berishadi? Ammo u ko‘nmadi.

Peredacha estafeti - Sputnik O‘zbekiston
Moskva-1980 Olimpiya o‘yinlari mash’alasi tarixi va sirlari

Albatta, buni hech kim ataylab qilmagan. Hammasini a’lo darajada amalga oshirishni xohlashgan. Ammo bundan menga yengil bo‘lmadi-da. Telefonga qarab yugurdim, shtabga qo‘ng‘iroq qildim – go‘shakni KGB Beshinchi boshqarmasi boshlig‘i Filipp Bobkov ko‘tardi. Men unga: "Filipp Denisovich, holat mana shunday. Axir siz butun dunyo buni ko‘rsa, qanday sharmandalik bo‘lishini, G‘arbda buni qanday targ‘ib qilishlari va ko‘rsatishlarini axshi tushunasiz-ku", - dedim. Bobkov hammasini darhol tushundi. Buyruq berildi, askarlar olib tashlandi, faqat nazorat punktlarida qoldirildi, ular unchalik ko‘zga tashlanmas edi. Natijada hech kim hech narsani sezmadi.

- Olimpiada paytida Vladimir Visoskiy vafot etdi. Bu O‘yinlar o‘tkazilishi va xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatdimi? Axir u bilan xayrlashishga sanoqsiz odamlar kelgan.

- Yo‘q, olimpiada jamoatchiligi uchun keng rezonans bo‘lmadi. Bu xavfsizlikka ham ta’sir qilgan emas. Albatta, uning faoliyati rasman qo‘llab-quvvatlanmaganiga qaramay, Visoskiy juda mashhur edi. O‘zim ham uning yozuvlari bor kassetalarni musobaqalarga olib borardim.

- Moskvadagi Olimpiya o‘yinlarining eng yorqin xotiralari uning gastronomik qismi - do‘konlar chet el mahsulotlariga limmo-lim bo‘lganligi bilan bog‘liqligi haqida ko‘plab yozilgan va gapirilgan.

- O‘yinlardagi asosiy narsani faqat shunda ko‘rishga harakat qilish, ochig‘ini aytganda, noloyiq ish. Sportdan uzoq odamlargina bunday gapirishlari mumkin. Agar 1980-yilgi yozgi o‘yinlarning mamlakatimiz va jahon olimpiya harakati uchun merosi haqida jiddiy gaplashadigan bo‘lsak, men bunda bir nechta muhim jihatlarni ajratib o‘taman.

Birinchidan, biz - Moskva G‘arbda tasvirlanadigandek yovvoyi hayvonlar yashaydigan olis tayga emasligini, aksincha, ko‘rkam, zamonaviy megapolis ekanligini, mamlakatimiz Ulug‘ Vatan urushi oqibatlaridan xalos bo‘lganligini va barcha uchun keng ko‘lamli sport bayramini tashkillashtirishga qodirligini butun dunyoga namoyish eta oldik.

Moskva Olimpiada o‘yinlari millatchilik xususiyatidan yiroq xarakterga ega bo‘lgan va jamiyatni, turli millatlarni birlashtiruvchi ulkan omil bo‘lgan. Muvaffaqiyatli o‘tkazilgan o‘yinlardan odamlar behad xursand edilar. Mubolag‘asiz, Sovet Ittifoqining eng chekka joylarigacha bo‘lgan barcha respublikalar bu O‘yinlarda o‘zlarining ishtirokini sezishgan. Terma jamoalarimiz tarkibida turli millatga mansub sportchilar bo‘lgan. Olimpiada tugagach mamlakatning turli mintaqalariga tashrif buyurganimda odamlar: "O‘yinlarimiz naqadar ajoyib bo‘ldi!", deya hayratlarini yashirishmadi. Ha, "Moskvadagi" o‘yinlar emas, "bizning o‘yinlarimiz", deyildi.   

O‘zbekiston olimpiya qahramonlari  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston olimpiada o‘yinlarida qancha medal olgan?

Yana bir juda muhim jihat - Olimpiada Sovet Ittifoqida jismoniy madaniyat rivojiga ulkan turtki berdi. Ha, bizda urushdan oldin ommaviy jismoniy tarbiya va sport bor bo‘lgan, lekin ular urush tomonidan yo‘q qilindi. Asosan Moskva Olimpiadasi tufayli bu tiklandi. Ya’ni, odamlarda ommaviy tarzda sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ulkan xohish uyg‘ondi. Ulkan yutuqlar uchun emas, balki shunchaki zavqlanish, sog‘lik uchun.

Shu bilan hamohang, jamiyatda sportchi obrazi juda ijobiy qabul qilina boshladi. Agar ilgarilari filmlarda, spektakllarda sportchi, jismoniy madaniyat xodimi, ayniqsa, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ko‘pincha trikotaj shimda tizzalari cho‘zilgan holatda namoyon bo‘lgan bo‘lsa, O‘yinlardan keyin u endi chiroyli ekipirovkaga ega bejirim holatda, olimpiykada namoyon bo‘ldi. Sportga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantiruvchi chaqiriq paydo bo‘ldi, bu jamiyatning muhim qismiga aylandi. Bu yuqoridan singdirilmadi - bu inson ehtiyoji edi. Ammo, afsuski, u SSSR qulashi bilan barbod bo‘ldi.

Olimpiya inshootlariga kelsak, ulardan birortasi ham O‘yinlardan keyin tashlab qo‘yilmadi va boshqa, hatto Afina yoki Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan zamonaviy O‘yinlardan farqli o‘laroq - faol ishlatildi. Olimpiya qishlog‘ini olaylik? U yerda batartib uylar joylashgan va hanuzgacha majmua faoliyat yuritib keladi.

Moskvadagi Olimpiada aholining ijtimoiy manfaatlariga zid kelmadi - Tokioda koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan Olimpiadani olib qaraydigan bo‘lsak, u yerda aholining yarmidan ko‘pi olimpiada Yaponiya poytaxti uchun befoyda ekanligini bildirib, O‘yinlarga qarshi chiqmoqda.

Olimpiada 2016. BMX. Finali - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada tomon: O‘zbekistonda VMX velotrassasi quriladi

Olimpiada-80 merosining yana bir jiddiy elementlaridan biri, hozirda biz uchun o‘ta dolzarb masala bo‘lib - bu bizning jahon sportida o‘yin qoidalarini shakllantirishdagi ishtirokimizdir. Aytishim kerak, biz o‘shanda XOQda ham, xalqaro federatsiyalarda ham uning boshqaruvi tizimida ishtirokimizni mustahkamladik. Bizning obro‘-e’tiborimiz yaxshigina oshdi, biz o‘shanda, hozirgina, O‘yinlarni juda ajoyib o‘tkazgan mamlakatingni boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatlashi qanday bo‘lishini his qildik.

Keyinchalik bu ham yo‘qotildi, chunki har qanday jarayonda uzoq muddatli, teng sharoitda, teng huquqli shartlarda ishtirok etishingiz, raqobatchilarni sizga qarshi harakat qilishga undaydi. Hushorlikni yo‘qotishingiz bilan, sizni yutib yuborishadi. SSSR yo‘q bo‘lib ketishi bilan aynan shu ish sodir bo‘ldi. Afsuski, biz o‘z pozitsiyalarimizni yo‘qotdik.

Yana bir narsa – o‘z boshqaruv kadrlarimizni tayyorlash masalasi. Har qanday bu kabi olamshumul tadbir odamlarni safarbar qiladi. Mamlakatimizdagi barcha sport tashkilotlari rahbarlari u yoki bu tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish sxemasida - texnik maslahatchi, ishchi guruhlar rahbarlari va hokazolarda ishtirok etishdi. Olimpiya o‘yinlaridan keyin bu kabi har qanday odamni SSSR Sport qo‘mitasi apparati tarkibiga ishga qabul qilsa bo‘lardi - u paytda Sport vazirligi bo‘lmagan va bunday odam u yerda juda zo‘r ishlagan bo‘lardi. Ya’ni, odamlar apparat faoliyati bo‘yicha tajriba orttirar, boshqaruv tajribasi va mutaxassislar bilan hamkorlik tajribasiga ega bo‘lardi. Ularning barchasi davlat yondashuvi, davlat tafakkuriga ega bo‘lgan mutaxassislar bo‘lgan.

Uzbekistan poluchil ofitsialnoe priglashenie v Tokiyskuyu Olimpiadu - Sputnik O‘zbekiston
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari qoldirildi

Albatta, Moskva Olimpiadasi nafaqat sportga oid, balki yangi texnologiyalar yaratilishiga turtki berdi. Masalan, G‘arb bizga elektronika yetkazib bermasdi, shu bois, sanoatimizni rag‘batlantirdik, turli xil Olimpiya inshootlari uchun o‘z o‘lchash uskunalarimizni yaratdik. Zamonaviy sport, ayniqsa Olimpiada, texnologik taraqqiyot, yangi jihozlar va uskunalar yaratilishini rag‘batlantiradi. Shu asnoda sport ko‘plab yangi ishlanmalarni sinovdan o‘tkazish uchun poligonga aylandi.

- Moskvadagi o‘yinlarda, misol uchun, o‘sha velosportda bizning qanday yangi ilmiy va texnik g‘oyalarimiz ishlatilgan edi?

- Masalan, biz birinchi bo‘lib oyoq barmoqlarini pedalga mahkamlaydigan "qaldirg‘och dumi", deb ataladigan metall tuklipsani ixtiro qildik. Ungacha mahkamlash uchun charm kamarlar ishlatilgan, ammo ular ishonchli bo‘lmagan. Yana bir misol – shosse velosipedlari uchun elliptik shesternya. Vaqt o‘tishi bilan, barcha professionallar unda harakatlanishni boshladilar.

Biz birinchilardan bo‘lib Sibir tilog‘ochini velosiped yo‘lagi uchun material sifatida tanladik va uni Krilatskoe trekida ishlatdik. Bunga qadar Afrika qora daraxti ishlatilgan. Ammo u jiddiy jarohatga, velosipedchilarga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoriqlar paydo bo‘lishi bilan xatarli edi va bunday holatlar bo‘lgan ham. Sibir tilog‘ochida esa bunday noxush xususiyat yo‘q edi.

Fakel Olimpiyskix igr 2020 goda, kotorie proydut v Tokio - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada mash’alasini yoqish marosimi ilk bor muxlislarsiz o‘tkaziladi

Darvoqe, bunday sath tufayli Krilatskoe velotreki o‘sha paytda dunyodagi eng tezkorga aylandi – unda faqat 1980-yil O‘yinlarining o‘zida 13 ta jahon rekordi o‘rnatildi.

Umuman olganda, bizda qudratli sport nazariyasi bo‘lgan, unda turli sohalardagi yetakchi mutaxassislar ishlaganlar.

- Fikringizcha, 1980-yil uchun xos bo‘lgan xususiyatlar bilan taqqoslaganda zamonaviy olimpiya harakatining asosiy xususiyatlari jihatlari nimada? Uni rivojlantirish, u turli mamlakatlardagi odamlarni birlashtiruvchi omilga aylanishi uchun nima qilish kerak?

- Men quyidagilarni aytaman. Zamonaviy Olimpiya harakati tobora ulkan shou-biznesga aylanib bormoqda. Bunda nafaqat davlat, balki ko‘p milliard dollarlarga teng sarmoyalarni kiritayotgan xususiy biznes ishtirok etayotgani hech kimga sir emas.

Olimpiya harakatining tijoriy tus olishi, uning siyosiylashtirilishi kabi, kecha boshlangan emas, albatta. Ammo hozirda bu jarayonning keng qamrovligi, teng ravishda O‘yinlar dasturining tobora qappayayotgani, mening fikrimcha, nafaqat olimpiya harakatining bir qutbliligiga, balki, aytaylik, soyadagi biznes elementlari tomonidan nazorat paydo bo‘lishiga olib keladi. Jahon sport jamoatchiligi ham "o‘zimiznikilar uchun" professional super liga, o‘ziga xos "Olimpiada saltanati" shakllandi, deb bejizga aytayotgani yo‘q.

- Doping bilan bog‘liq, VADA bilan bog‘liq vaziyat, natijada Rossiya Olimpiya qo‘mitasining Pxenchxandagi 2018-yilgi o‘yinlardan chetlatilishi shunday holat natijasimi?

Olimpiyskie igri 2020 v Tokio - Sputnik O‘zbekiston
XOQ Tokio-2020 Olimpiadasi bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

- Shakllantirilgan VADA xalqaro tizimi, xususan, davlat mablag‘lari evaziga ham, tarkibida ishtirok etayotgan tashkilot va jismoniy shaxslarning haqiqiy butunjahon to‘rini yaratdi. Ammo VADAning o‘ziga nisbatan asosiy masala hal qilinmayapti: ushbu holatlarni keltirib chiqargan asosiy sabab aniqlanmayapti.

Men aytib o‘tgan barcha tendensiyalar sekin-asta alohida davlatlar darajasida joriy qilinmoqda. Biz Rossiyada bu jarayonlarni passiv ravishda o‘zlashtirmoqdamiz, va afsuski, hozirda biz ularga hech qanday ta’sir o‘tkazolmaymiz, ularni samarali nazorat qila olmaymiz.

SSSRning xalqaro sport institutlaridagi ishtiroki nuqtayi nazaridan, yuqorida Moskvadagi O‘yinlar merosi haqida bejizga esga olganim yo‘q. Ularda bizning kerakli darajadagi ishtirokimiz yo‘qligi, xalqaro sport xarakatini boshqarishda yetarli darajada ishtirok etmasligimiz, pirovardida, bir qator masalalarda doimiy ravishda chetlanib harakatlanayotganimizga, zaif bo‘lib qolayotganimizga olib keladi.

Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
XOQ COVID-19 tufayli Tokio Olimpiadasi bekor qilinishini istisno qilmadi

Agar boshqa asosiy tendensiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, shuni ham albatta ta’kidlash kerakki, olimpiya harakatida davlatning ulushi ayniqsa yuqori bo‘lib bormoqda. Axir, butun infratuzilmaning qurilishi, xavfsizlik kafolatli ta’minlanishi va alohida xalqaro sport tashkilotlarining rivojlanishiga hissa qo‘shishi davlatning zimmasida. Ammo shu bilan birga Olimpiadalarning narxi ham tobora ortib bormoqda. Keling, savol beraylik - biz bunday sharoitda birinchi marta Afrikada Olimpiada o‘tkaza olamizmi? Bu yerda javob aniq.

- Ammo o‘yinlarga sarf-xarajatlar o‘sishi abadiy davom etavermaydiku, bu qabariq bir kun kelib yoriladi. Va bir qutblilik ham uzoq davom etmaydi - bu dunyo siyosatidan ko‘rinib turibdi. Bundan kelib chiqadiki, agar biz faqat olimpiya harakatini saqlab qolmoqchi bo‘lsak, hozirning o‘zidayoq vaziyatni tubdan o‘zgartirishga harakat qilishimiz kerakmi?   

- Juda to‘g‘ri. Tokiodagi koronavirus tufayli qolib ketgan Olimpiada bilan bog‘liq vaziyat buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Axir, hozir nima bo‘lyapti? Ushbu infeksiyaning ehtimoliy ikkinchi to‘lqini fonida O‘yinlar 2021-yilda ham bo‘lmasligi mumkinligi haqida Yaponiyadan signallar kelmoqda. Bu shunchaki misli ko‘rilmagan chaqiriq. Iqtisodiy o‘ta jiddiy zarar yetkazilib bo‘ldi, sarmoyadorlar va davlat tashkilotlari bilan ishlashda, shu jumladan, Olimpiya merosi obyektlaridan samarali foydalanishda katta uzilishlar ro‘y berib bo‘ldi. Shu bilan birga, sportchilarni olimpiya sikli doirasida tayyorlashning tashkiliy va uslubiy asoslari jiddiy ravishda buzildi, murabbiylar tarkibining ishi buzildi. Vaziyat qachon normallashishi noma’lum.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokida so‘nggi matbuot anjumani - Sputnik O‘zbekiston
Drulovich O‘zbekiston terma jamoasiga Olimpiyadaga chiqishi uchun nima yetishmaganini aytdi

Ochig‘ini aytganda, gap zamonaviy olimpiya harakatining mohiyatini chuqur qayta ko‘rib chiqish haqida ketmoqda. Va bu shuni ko‘rsatadiki, XOQning ko‘p a’zolari ham bu haqda gapirishmoqda. Ammo Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining konservatizmi va uning tijoriy tarkibiy qismi o‘tmishdagi stereotiplardan xalos bo‘lishga va dadil qaror qabul qilishga imkon bermayapti.

- Bularning barchasidan qutulishning qanday yo‘lini ko‘rasiz?

- G‘oya quyidagicha: nega biron bir yilni, balki kelgusi yilni, o‘ziga xos xalqaro sport yarashuvi yili deb e’lon qilib, barcha jahon chempionatlarini XOQ patronaji va Olimpiya olovi ostida o‘tkazib bo‘lmaydi? Olimpiada o‘yinlariga hech qanday teskari taqqoslash yo‘q, chunki Olimpiya o‘yinlari, aslida, har xil sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlari yig‘indisidir. Bunday qaror barcha olimpiyachilarga haqiqatan ham biz hammamiz bitta katta sport oilasi ekanligimizni ko‘rsatadi. Bu oshiqcha siyosatlashishni olib tashlashi va Olimpiya harakatini yanada takomillashtirish uchun dastur bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lardi. Ya’ni, bir tomondan, biz ko‘p yo‘nalishli Olimpiya "matritsasi"ga erishgan bo‘lardik, XOQ a’zolari esa tegishli jahon chempionatlarida o‘z vazifalarini bajargan bo‘lardilar.

Gimnastka Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Tokio Olimpiadasidan so‘ng Chusovitina o‘z faoliyatini yakunlaydi

- Buning uchun umumiy stolga o‘tirib, hech bo‘lmaganda halol umumiy suhbatni boshlash kerak. Agar XOQning konservatizmini hisobga olsak, unda buni qanday darajada amalga oshirish kerak?

- Menimcha, to‘plangan muammolar ko‘lami, jahon sport harakatining siyosiy va ijtimoiy tarkibiy qismini hisobga olgan holda, ularni eng yuqori xalqaro miqyosda, aniqrog‘i, dunyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarida muhokama qilish zaruriyatini keltiradi. Va Rossiya bunda bunday munozarani tashabbuskori bo‘lishi mumkin.

Sportchilarimizning dunyodagi yutuqlari, yirik xalqaro musobaqalarni, shu jumladan Sochidagi Olimpiada-2014 o‘yinlari, 2018-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati, Universiada-2019, boshqa sport turlari bo‘yicha Jahon va Yevropa birinchiliklarini o‘tkazishidagi katta tajribamiz, shubhasiz, so‘nggi yillarda mamlakatimizning obro‘sini sezilarli darajada oshirdi. Bu umumiy foyda uchun ishlatilishi darkor.

Uzbekistan poluchil ofitsialnoe priglashenie v Tokiyskuyu Olimpiadu - Sputnik O‘zbekiston
Tokio Olimpiadasiga 135ta litsenziya olish rejalashtirilgan

- Ammo, avvalo, boshqa mamlakatlar bilan birgalikda, ushbu takliflarni yuqori darajaga ko‘tarish uchun, hech bo‘lmaganda mavjud muammolarni qanday hal qilish mumkinligini tahlil qilish kerak bo‘ladi, to‘g‘rimi?

- Albatta. Va aynan shu yerda nafaqat mamlakatimiz vakillari tajribasi, balki boshqa davlatlarning taniqli davlat va siyosiy arboblari tajribasi ham talab qilinishi mumkin. Bunday ish uchun poydevor sifatida “Olimpiya ordeni kavalerlari assambleyasi” nomi ostida xalqaro sport anjumani o‘tkazilishi mumkin, unda jahon sportining atoqli vakillari, shu qatorda Rossiya sporti, turli davlatlarning sport harakatini rivojlantirishga shaxsiy hissasini qo‘shgan yirik davlat va jamoat arboblari ishtirok etadi.

Ishonamanki, bunday forum butun dunyo sporti uchun juda zarur va o‘z vaqtida o‘tkazilgan bo‘lar edi. Undagi ishtirokimiz mamlakatimizning Olimpiya harakatidagi rolini aniqlashga yordam bergan bo‘lardi. Va bu nafaqat mening fikrim - boshqa mamlakatlardagi hamkasblar ham men bilan hamjihatlikda, ya’ni men bu yerda haqiqiy tendensiyani, sog‘lom o‘zgarishlarga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rmoqdaman.

Yangiliklar lentasi
0