Ekspert oltin va kumush narxlarining ko‘tarilish sababini tushuntirdi

© SputnikAnalitik finansovoy gruppi "Kalita-finans" Dmitriy Golubovskiy
Analitik finansovoy gruppi Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Savdolardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, oltin va kumushning narxlari ko‘p yillik ko‘rsatkichlarning eng cho‘qqisiga chiqdi.

"Kalita-Finans" moliyaviy guruhining tahlilchisi Dmitriy Golubovskiyning fikriga ko‘ra, qimmatbaho metallar narxini o‘sishi dunyoning yetakchi markaziy banklari tomonidan chop etilgan pullar hajmi o‘sishi bilan bog‘liq, ularning balansi mart oyidan boshlab, koronavirus epidemiyasi oqibatlari bilan kurashish bahonasi tufayli qarzlari monetizatsiyasini amalga oshirgan paytdan boshlandi.

Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yil boshidan buyon qancha oltin sotdi

"Federal zahiraning REPO operatsiyalariga nazar tashlasak, siklik inqiroz avvalroq, o‘tgan yilning sentabr oyida boshlangan edi. O‘sha paytning o‘zida likvidlik inqirozi yuzaga keldi va ular o‘z muammolarini qarz pullari bilan hal qila boshladilar. Shunchaki mart oyida bu misli ko‘rilmagan miqyosga chiqdi", - deydi ekspert.

Bundan keyin mutaxassis, aholi chiqarilishi mumkin bo‘lmagan pul vositalarini afzal ko‘rishini ta’kidladi, chunki ularning miqdori chegaralangan. Bu oltin narxi ko‘tarilishining asosiy sababi bo‘ladi.

"Umuman olganda, biz uzoq yo‘lning boshidamiz, chunki hozirda 70-chi yillarga o‘hshash vaziyat kirib kelmoqda, unda dollar oltindan ajratilinib, amerikaliklar ikkinchi jahon urushi yillaridan to‘planib qolgan harbiy qarzlarini to‘lashgan. Bu past iqtisodiy o‘sish va yuqori inflyatsiya davri bo‘lgan. U payt oltin 40 dollardan 600 dollargacha ko‘tarilgan", - deydi Golubovskiy.

Otkritie linii po proizvodstvu bankovskix slitkov na Yekaterinburgskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda oltin yombilarini sotish apparatlari o‘rnatilishi mumkin

Moliyaviy tahlilchining ta’kidlashicha, hozirda oltin narxi ko‘tarilishining endi birinchi to‘lqini o‘tdi va natijada u besh xonali raqamgacha yetib borishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddatli tanaffusdan keyin kumush narxining o‘sishi ham kuzatilmoqda.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, qimmatbaho metallar narxining ko‘tarilishi rublga yaxshi ta’sir qiladi, chunki Rossiyaning oltin zaxirasiga katta. Ekspertning ta’kidlashicha, Moliya vazirligi tomonidan rubl kursini quvvatlab turish uchun chet el valyutasi sotilganiga qaramay, oltin narxining ko‘tarilishi sababli mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari pasaymaymagan.

Tahlilchi xulosa tariqasida, davlat banklarning depozit bazasi pasayib ketmasligi uchun aholining pul mablag‘larini muomalada qolishiga imkon beradigan maxsus vositalarni o‘ylab topishi kerak, deb ta’kidladi.

"Odamlar banklardan pullarini olib, bu mablag‘larga uylarida saqlash uchun qandaydir tilla tangalarni sotib olsalar, ular mablag‘larni shunchaki muomaladan chiqarib olishadi. Aynan iqtisodiyot uchun bu yaxshi emas. Ular ishlamaydi", - deb tushuntiradi Golubovskiy.

Yangiliklar lentasi
0