“Neft asri tugayapti”: ekspertlar neft bozorini yana shokka tushirmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishNeftanoy stanok-kachalka
Neftanoy stanok-kachalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tugasa ham iste’molchilar xulq-atvori avvalgi holiga qaytmaydi, aksariyat ishga avtomobilda qatnamaydi va uzoq masofalarga samolyotlarda uchmaydi - neft davri tugashi haqida yangi nazariya tahlili.

Rossiyada hammasi yomon kelajakda undan ham yomon bo‘ladi deyishni yaxshi ko‘radigan ekspertlar ko‘chasida bugun bayram: Reyter agentligi o‘zining OPEKdagi ishonchli manbaasiga tayanib - Alyansda dunyoda neftga bo‘lgan talab endi umuman qayta tiklanmasligi mumkin va bu neft qazib oluvchi mamlakatlar uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi, degan ssenariyni jiddiy o‘rganilmoqda, deb xabar qildi.

60 yildan beri neftdan imkon qadar ko‘proq foydalanish tarafdori bo‘lgan tashkilot rahbariyati o‘ziga-o‘zi - agar bu yilgi neftga bo‘lgan talab hajmining keskin qisqarishi doimiy ko‘rsatgichga aylansa, neft asri yakuniga yetkayotgan bo‘lsa, qanday qilib  neft yetkazib berish boshqariuvining samaradorligini oshirish mumkin, degan savolni bergan bo‘lsa ajab emas, deb yozadi Reyter.

Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston
Qudratli neft davlati ustida qora bulutlar quyuqlashmoqda

Britaniya axborot agentligining OPEKning hozirgi va sobiq amaldorlari bilan aloqalri qanchalik ishonchli bo‘lmasin, tashkilot rasmiy nuqtayi nazari bunchalik pessimistik emas – ular uzoq muddatli istiqbolda neftga bo‘lgan talab bosqichma-bosqich kamayishini prognoz qilishmoqda xolos.   

Aynan shu sababli ushbu maqoli sohaga yaqin bo‘lgan tuzilmalar orasida katta qiziqish, aniqrog‘i shov-shuvli qiziqishga sabab bo‘ldi: agar rostdan ham OPEK ichida “neft asri tugayotgani” muhokama qilinayotgan bo‘lsa, unda Rossiya, Kanada va Norvegiya kabi budjeti neftga asoslangan davlatlar o‘z kelajak rejalarini jiddiy qayta ko‘rib chiqishlari kerak bo‘ladi.

Aytish joizki, bu g‘arbiy mediachilar o‘zlarining anonim va yuqori martabaali manbaalariga asoslangan holda “neft asri tugayotganini” yoki “yaqinda tugashini” birinchi marotaba tantanali e’lon qilayotganlari yo‘q.  

Koronavirus oqibatida sodir bo‘lgan iqtisodiy shok, neftga bo‘lgan talabning uzoq muddat davomida kamayishi haqidagi nazariyaga hech qanday yangilik kiritmadi. Oxirgi vaqlarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar nazariyani yana bir punktga to‘ldirdi desa ham bo‘ldi. Olin mavjud bo‘lgan “global iqlim isishi” va yangi “yashil texnologiyalar”ga koronavirus oqbatida iqtisodga yetgan zarar “hech qachon tiklanmasligi mumkin” degan nazariya bilan to‘ldirdi xolos.

Ushbu nazariya tarafdorlari fikriga ko‘ra, koronavirus epoxasi tugaganidan keyin ham iste’molchilar xulq-atvori avvalgi holiga qaytmaydi. Aksariyat masofadan turib ishlashda davom etadi, ishga avtomobilda qatnamaydi va uzoq masofalarga samolyotlarda uchmaydi.   Epidemiya fonida turizm sohasi mutlaq inqirozga uchraydi, shu sababli ham neftga bo‘lgan talab oldingi holatiga qaytmaydi.

Slanesning qulashi yoki neft qazib olishda AQSh antirekordi

Lekin karantin choralari yengillashtirilganidan so‘ng ayrim yo‘nalishlardagi turistik xizmatlarga paydo bo‘lgan ajiotajni ko‘rgan kishi bunday deb o‘ylamaydi. Dunyo iqtisodi 2 yoki 4-yilda qayta tiklansa ham – bu neftga bo‘lgan talabning tabiiy o‘sishini biroz sekinlashtiradi xolos.

Iste’molchi xulq-atvori o‘zgarishidan ham umid qilishga hali erta. Xodimlarning masofadan turib ishlash tartibiga o‘tish tajribasi Internet erasi boshlangan 2004-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Lekin aksariyat hollarda ushbu tajribalar muvaffaqiyatsiz tugadi. Masofadan turib ishlayotgan xodimlarda intizom va mahsuldorlik pasayishi kuzatilgan. Undan tashqari ofisdan ishlayotgan xodimlar boshliqlar bilan muloqotda bo‘lib “ichki siyosatni” yaxshiroq tushinib olishda va o‘z bu ularning karyera zinapoyasidan muvaffaqiyatliroq ko‘tarilishiga xizmat qilishi kuzatilgan. Ushbu omillar ikkala tomon uchun ham masofadan turib ishlashning jozibadorligini kamaytirmoqda.  

Neftga talabning keskin tushib ketishiga jiddiy xavf bu – haqiqiy texnologik kashfiyotdan so‘ng bo‘lishi mumkin. Masalan elektromobillar, elektr yuk avtomobillari va dengizda konteyner tashuvchi elektr kemalarning raqobatbardoshligi oshsa. Lekin bunday xavf har doim bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqidagi “iqlimni saqlab qolish” uchun neftdan majburiy voz kechish siyosatiga kelsak, Emmanuel Makron va “sariq nimchalar” norozilik namoyishlari – uglevodorodsiz iqtisod qurishga bo‘lgan harakat juda xavflibo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Birinchi navbatda bunday siyosat ana “yashil orzular” bilan yashayotgan siyosatchilarning o‘zi uchun xavfli.      

Ajablanarlisi shundaki, biror bir sohaning kelajagi noaniq va mavhum bo‘lib turgan vaqtda ushbu sohaga sarmoya kiritish – juda samarali natija berishi mumkin. Bir ikki yildan so‘ng dunyoda neft bozori qulashi haqidagi mish-mishlar kulguli bo‘lib tuyulishi mumkin va o‘shanda neftga bo‘lgan talab emas taklif bilan mammolar tug‘ilishi mumkin.  

Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston
OPEK+ qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng neft narxi ko‘tarildi

Masalan, amerikaning eng eski slens neft kompaniyalaridan biri Parsley Energyning rahbari Mett Gellexer Financial Timesga bergan intervyusida, AQShda neft qazib olish cho‘qqisi allaqachon o‘tib bo‘linganini va kuniga 13,1 milliona barreley qazib olish ko‘rsatgichiga kelajakda va uning umri davomida hech qachon erishib bo‘lmasligini xabar qilgan edi.

Undan tashqari: AQShdagi ulkan slanes zahiralari haqidagi ma’lumotlar ham feyk bo‘lib chiqdi. Bu “Kreml propaganda”sining bahosi emas, balkim Amerikaning Bloomberg agentligi ma’lumoti.

Sobiq va amaldagi muhandis-geologlar bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda ular anonim ravishda slanes kompaniyalari rahbarlari xom-ashyo zahiralarini bo‘rttirib ko‘rsatishni talab qilishganini aytib berishgan. Ushbu ishni amalga oshirgan muhandislar yuqori lavozimlarga tayinlangan, qarshi bo‘lganlar esa – ishdan bo‘shatilgan, - deyilgan Bloomberg xabarida.

Oxirgi bir necha yil davomida an’anaviy neft qazib olish sohasiga doimiy ravishda sarmoyalar yetishmasligi kuzatildi. Ana shuni hisobga olganda, pandemiyadan so‘ng neftga bo‘lgan talab qayta tiklanishi, lekin talabni qondirish uchun yetarli miqdorda neft bo‘lmasligi mumkin. Boshida aytilganidan ko‘ra aynan mana shunday ssenariy amalga oshishi ehtimoli ancha yuqori. Bunday vaziyatda OPEK+ alyansi oldida birinchi navbatda qazib olishni to‘g‘ri boshqarish vazifasi turadi. O‘shanda neft narxi ham ancha yuqori bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0