Ishonchdan chiqdi: Makron nega Putin bilan suhbatini matbuotga sizdirdi

© AP Photo/Thibault CamusPrezident Fransii Emmanuel Makron stoit v ojidanii prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyeyeva pered vstrechey v Yeliseyskom dvorse v Parije vo vtornik, Oktabr. 9, 2018
Prezident Fransii Emmanuel Makron stoit v ojidanii prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyeyeva pered vstrechey v Yeliseyskom dvorse v Parije vo vtornik, Oktabr. 9, 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki prezident o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat tafsilotlari shu haftada Le Monde nashrida e’lon qilindi. Fransiya prezidenti Makron Vladimir Putin bilan munosabatlarda "Merkel lahzasini" boshidan kechirmoqda, deya izoh beradi bunga yevropa matbuoti

Petr Akopov

Fransiya prezidenti Makron Vladimir Putin bilan munosabatlarda o‘zining "Merkel lahzasi"ni boshidan kechirdi, deya ishontirmoqda yevropa matbuoti. Gap 14-sentabr kuni ikki prezident o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat, — aniqrog‘i, muloqotning Aleksey Navalniyning g‘alati zaharlanishiga tegishli qismi haqida bormoqda. Suhbat tafsilotlari shu hafta Le Monde nashrida paydo bo‘ldi — ammo avvaliga "Merkel lahzasi" nima ekanligini yodga olsak.

Prezident SShA Donald Tramp v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Navalniy bilan bog‘liq "shubhali voqea"ga aralashmoqchi emas - siyosatshunos

2014 yilning ikkinchi mart sanasida nemis kansleri Ukraina va Qrimdagi to‘ntarishdan keyin yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Merkel, tabiiyki, Maydan g‘alabasini to‘ntarish deya hisoblamas edi - uni faqatgina Mustaqil Ukrainadan ajralib chiqishni istayotgan Qrimni Rossiya o‘ziga qaytarib olishi mumkinligi masalasi tashvishga solardi.

Putinning nima degani aniq ayon emas (ammo Rossiya prezidenti Merkelga Yevropa Kiyev to‘ntarishiga reaksiya qilmayotgani borasida o‘zining keskin noroziligini bildirgan bo‘lishini taxmin qilish mumkin), biroq u bilan suhbatdan so‘ng Merkel Barak Obama bilan bog‘landi va amerika prezidentiga "Putinning reallikni adekvat idrok qilishidan shubhadaligini" va umuman "Putin boshqa dunyoda yashayotgani" haqida so‘zlab berdi. Suhbatning ushbu tafsilotlari The New York Timesda chop etildi — ya’ni ma’lumot Oq uydan chiqqan edi. Nemis amaldorlari keyinchalik amerika gazetasidagi xabarni Merkel bu kabi gaplarni aytmagan, deya norasmiy tarzda rad etgan bo‘lsalarda, kanslerning bu jumlasi tarixda qoldi.

Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Yevroparlament Navalniy ishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

G‘arb uchun "Merkel lahzasi" — bu reallikdan uzilgan Putin bilan to‘qnashuvni anglatadi. Endi ko‘rinib turibdiki, navbat Makronga keldi: Libération nashri yozishicha, "Emmanuel Makron o‘tgan haftada "dunyodan uzilgan, fil suyagidan yasalgan qasridan chiqmaydigan va shaxsiy tashviqotidan sarmast Vladimir Putinni ko‘rib" o‘zining "Merkel lahzasi"ni boshdan kechirdi. Yoki bo‘lmasa, ochiqchasiga hech narsa haqiqiymas va hamma narsa mumkin deya, siyosiy surbetlikning yangi darajasiga ko‘tarildi.

Aslida nima ro‘y berdi? Gap shundaki, xuddi 2014-yildagi kabi maxfiy suhbat mazmuni ommaga e’lon qilindi, ammo o‘sha vaqtda gap Merkel Putin haqida Obamaga nima degani haqida borgan bo‘lsa, shu kunlarda ro‘y bergan holatda shaxsan Putinning suhbati oqizmasdan takrorlangan edi. Putinning Makron bilan suhbati mazmuni allaqanday tarzda Le Monde nashriga yetkazildi: gap Belarus, Ukraina, Liviya haqida borgan. Ammo maqola bosh mavzusi sifatida negadir Navalniy ko‘rsatilgan edi.

Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

Gazetaning yozishicha, Putin Navalniy haqida "bepisandlik" bilan gapirgan va uni "oddiy internetdagi osudalik buzg‘unchisi", deya atagan, u go‘yo noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan va o‘zi tomonidan yaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondidan amaldorlar va deputatlarni shantaj qilish uchun foydalangan. Putin go‘yoki Makronga Navalniy bundan avval ham mug‘ombirlarcha o‘zini turli kasalliklarga solganligini aytib, "og‘uni ham o‘zi qabul qilgan" bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan (nima sababdanligini aytmagan). Bundan tashqari, Putin, "Novichok" hamma gapirayotgani kabi u qadar murakkab modda emasligi, uning qo‘llanilgani, umuman olganda, o‘z tasdig‘ini topmaganini ta’kidlagan. Rossiyada federal tergov olib borilmaganini esa "fransuz va nemis ekspertlarining rossiyalik hamkasblar bilan ma’lumotni bo‘lishishni istamasliklari" bilan dalillagan. Bundan tashqari, Putin, "boshqa, masalan, ayni vaqtda "Novichok" ixtirochisi yashayotgan Latviyaga olib borayotgan izlarni ko‘rib chiqish imkoniyatlari haqida gapirgan". Moddani ishlab chiqishda bir necha sovet olimlari ishtirok etishgan bo‘lib, ulardan birining chet elda bo‘lishi, uni ishlab chiqarish imkoni borligini anglatmaydi, chunonchi bunga arzirli sabab bo‘lmaganini hisobga olganda.

Sud pomestil Alekseya Navalnogo pod domashniy arest - Sputnik O‘zbekiston
Navalniyning komadan so‘ng birinchi fotosi paydo bo‘ldi

Le Monde nashri Putindan erinmay iqtiboslar keltirgan, ammo gap Makronga kelganida, bu so‘zamollikdan asar ham yo‘q: "Makron "Novichok" xususiy tashkilot tomonidan ishlatilgan bo‘lishi mumkin emasligi aytdi va ushbu holat rasmiy tushuntirishlarni talab qilishini ta’kidladi. <...> Emmanuel Makron, o‘z navbatida, darhol "latviya izi" va og‘uni Navalniy o‘zi qabul qilgani haqidagi ta’kidlarni rad etdi".

Suhbat chop etilganidan so‘ng, uning mazmuni, qolaversa, maxfiy muloqotning e’lon qilingani sababli janjal avj oldi. Le Monde hikoyasida nima rost, nima yo‘q, tekshirishning imkoni yo‘q. Kreml shu paytning o‘zida e’lon qilgan munosabatida "gazeta jumlalarni aniq yozmagani" haqida ma’lum qildi, eng asosiysi esa, "gazeta bu muloqotni aniq, deya ayta olmasligi ham rost, axir aks holda, bu fransuz sheriklarimiz ikki prezident suhbatini ongli ravishda bo‘lishganini, bu esa diplomatik amaliyotga to‘g‘ri kelmasligini", ta’kidladi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi hatto nodiplomatik tilga o‘tdi: "Biz, Yelisey saroyi ongli ravishda ikki prezident suhbatini, ruscha aytganda, matbuotga sizdirganiga ishona olmaymiz. Axir bu Fransiya. Fransiya bunday ishga qo‘l urolmaydi".

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Makron Yevropani isloh qilish kerak, uni qaytadan yaratish lozim degan taklif bilan chiqdi

Afsuski, qo‘l ura oladi. Garchi Fransiya TIV sal keyin "maxfiy hujjatlarning har qanday ichki utechkasiga yo‘l qo‘yilmasligi" va Le Monde dagi maqola yuzasidan "tergov olib borilayotgani", haqida bayonot bergan bo‘lsada, ammo muloqot mazmuni aynan Yelisey saroyidan matbuotga sizdirilgani borasida deyarli shubha qilmasa ham bo‘ladi. Va bu ish katta ehtimol bilan aynan Makron tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Axir u Le Mondeda maqola e’lon qilingan kuni BMT Bosh Assambleyasida oldindan yozilgan nutqi bilan chiqish qilar ekan, Fransiya "kimoviy qurolning - Yevropa, Rossiya va Suriyada qo‘llanilishiga toqat qilmasligi" haqida gapirdi va Rossiya "nerv-falaj "Novichok" moddasini qo‘llash orqali Rossiya siyosiy muholifatchiga su’iqasdni amalga oshirishga urinish hodisasiga oydinlik kiritishi. Bu ishni, u "tez va benuqson" amalga oshirishi kerakligi, sababi, fransuzlar "ular tomonidan o‘rnatilgan "qizil chiziqlar"ga amal qilinishiga astoydil urinishlarini" qo‘shimcha qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama Suriya va Ukrainani Rossiyaning “mijozlari” dedi

Makron Putinga hujum qilmoqda — bu singari sizdirishlar orqali esa, kamiga, o‘rtalarida bo‘lgan ishonch qoldiqlarini ham yo‘q qilmoqda. Ya’ni, xuddi Merkel singari harakat qilmoqda, - haqiqiy, bu safar Putinga nisbatan "Merkel lahzasi" ham shunda ifodalanadi. Bizning prezident xuddi 2014-yilda Merkel va Obama o‘z so‘zlari ustidan chiqishmasliklariga amin bo‘lgani singari - Makron bilan ham ochiq gaplashish mumkinmasligiga ishonch hosil qildi.

Olti yil oldin, Putin G‘arb rahbarlari undan Yanukovichni Maydan rahbarlari bilan konstitutsiyaviy islohotlar va muddatidan oldingi saylovlar to‘g‘risida bitim imzolashga ko‘ndirishni so‘raganliklari haqida ko‘p marotaba hikoya qilgan edi. Oqibatda, ushbu bitim Germaniya, Fransiya va Polsha vakillari ishtirokida imzolanadi. Oradan ikki kun o‘tib kelishuv buziladi: Oliy rada Yanukovichni hokimiyatdan chetlatadi, G‘arb esa o‘zini hech qanday bitim bo‘lmagan va hech qanday to‘ntarish ro‘y bermagandek tutadi. Ya’ni Rossiyaga o‘z haqiqatini o‘tkazishga harakat qiladi — bu reallikda Ukraina yevrointegrallashuv va atlantizatsiyaga yo‘liqtirilishi lozim edi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya vizita v Donbass - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina noqulay pozaga turdi

Ruslarning o‘z tarixi va reallik haqidagi tasavvuri tabiiyki, boshqacha edi — Qrim ham, G‘arb bilan keyingi konfrontatsiya ham shundan aslida. Merkel va Putinning reallik haqidagi tasavvurlari farqlanadi — xuddi o‘z atrofida yagona Yevropani to‘plash bo‘yicha nemis rejasi va ruslarning postsovet maydoniga reintegratsiyasi, tarixiy Rossiyaning o‘z atrofida (Malorossiya - Ukraina haqida gapirmagan taqdirda ham) rus hududlarini to‘plashi rejasi farqlangani singari. Rossiya o‘z kelajagini o‘zi hal qiladi - va "yevropa tanlovi", "demokratiya" va "reallikni tan olish" singari gaplar bilan o‘zining g‘arbiy yerlarini olib ketishga qarshilik ko‘rsataveradi.

Mixail Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Saakashvili Ukraina beshta davlatga parchalanib ketishini bashorat qildi

Oradan olti yil o‘tgach Rossiyadan Navalniyni zaharlaganlik uchun tazarru qilishni talab qilishmoqda - kamiga kimoviy qurolni qo‘llash yo‘li bilan. Ammo bunga javoban Moskva "Novichok" moddasi haqida hayqirishga asos bo‘layotgan ekspertiza ma’lumotlarini ko‘rsatishni talab qilsa - biz sizsiz ham hammasini aniqlab bo‘ldik, sizning ishingiz o‘z aybingizni tan olib, tavba qilish, degandek, uni go‘yoki eshitmaganga olishapti. Ukraina bilan ham xuddi shunday bo‘lgan, hech qanday tinchlik ham yo‘q, hatto Yanukovich ham, endi faqat Turchinov va Yatsenyuk bor, ular Ukrainani yevrointegrallashuv sari yetaklamoqda, siz esa o‘zingizning Moskvangizda o‘tiring va qimirlamang.

Navalniyning zaharlanishi voqeasidan Rossiyaga ochiq bosim o‘tkazish va Yevropa-Rossiya aloqalariga putur yetkazish uchun foydalanilmoqda — o‘yin oshkora qalloblik va surbetlarcha olib borilmoqda. Shu bilan birga yevropalik yetakchilar o‘z ommaviy bayonotlarida qat’iyan cheklanganlar — endi ular "Novichok" ishlatilganidan shubha qila olmaydilar — axir bu "isbotlanganku", qolaversa "Putin har doim shunday yo‘l tutadi". Tabiiyki, Makron, xuddi Merkel singari Putinning zaharlanishga aloqadorligiga ishonmaydi — ammo ikkalasi ham Navalniyni "Kremlniy allaqanday ko‘ngilli yordamchilari" o‘ldirishga uringanini aytadi. Shu bois, Putin ularga Rossiya-Yevropa munosabatlarini qutqarishga yordam berishlarini istashmoqda - buning uchun Putin Rossiya aybini tan olishi, voqeaga aniqlik kiritib, aybdorlarni jazolashi lozim. Ammo nimada aybdorlarni? Kimoviy quroldan foydalanganlikdami? Ammo bu rossiyalik vrachlar tomonidan o‘z tasdig‘ini topmagan va G‘arb tomonidan bo‘layotgan asossiz ayblovlardir. Aynan shu uchun Putin zaharlash bilan bog‘liq voqeaga fitnaga qaragandek qaraydi - garchi hali u kim tomonidan amalga oshirilgani tushunarsiz bo‘lib turgan bo‘lsada. Va bu haqda Makronga aytadi - turli versiyalarni tilga olgan holda. Ya’ni, bunda Putinning haqiqati Makrondagi "Novichok"ning aniq aniqlangani" singari haqiqatidan haqqoniyroq ko‘rinishga ega. Kimoviy quroldan foydalanish? Ha, albatta, Suriyadagi fitnalar hali esimizdan chiqmagan — g‘arb razvedkasiga aloqador bo‘lgan "Oq kaskalar" Asad tomonidan kimoviy qurol qo‘llanilgani haqida nog‘ora chalgan va keyinchalik bu g‘arb tomonidan tashkillatirilgan postanovkalar ekanligi ochiqlangan edi.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya rabochey poyezdki v Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina kabi ittifoqdosh bo‘lsa, hech qanday raqibning keragi yo‘q

Makron rahbarligidagi Fransiya Yevropada yetakchi pozitsiyaga intilmoqda — qolaversa, Rossiya bilan munosabatlarda ham yosh prezident atlantik qopqondan chiqishga uringan edi. 2017-yilning may oyida, lavozimga kirishganidan atigi ikki hafta o‘tib, u Vladimir Putinni Versalda qabul qildi — shundan keyin ham ko‘plab marotaba Yevropa uchun Rossiya bilan munosabatlar qanchalik muhimligi haqida takrorlab, bu munosabatlarni rivojlantirishga da’vat qilib keldi. "Muloqot zarur, agar iroda bo‘lsa, ko‘plab narsalarni o‘zgartirish mumkin", - bu Makronga tegishli so‘zlar. Emmanuelda iroda mavjudligi borasida Kremlda bundan oldin ham gumon bo‘lgan, ammo muloqot ham eng kamida jimitdek ishonch bor bo‘lsagina amalga oshishi mumkin — matbuotga Putin bilan bo‘lgan suhbatini sizdirib esa, Makron o‘sha ishonchning qotgan-qutganini ham yo‘q qilmoqda. Bu vijdonsizlikmi? Ha, ammo asosiysi - o‘ta kaltabinlik.

Yangiliklar lentasi
0