Migrantlar kamayishi Peterburgdagi biznesga qanday ta’sir qildi

© Sputnik / Vladimir Baranov / Mediabankka o‘tishKuryeri slujb dostavki Delivery Club i "Yandeks Yeda"
Kuryeri slujb dostavki Delivery Club i Yandeks Yeda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi, yopiq chegaralar va deyarli muzlab qolgan xalqaro turizm yaqin xorijiy mamlakatdan kelganlar mehnat qilayotgan iqtisodiyotning deyarli barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatdi. Ishchi kuchi yetishmasligidan eng ko‘p poytaxtlar jabr ko‘rmoqda.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Dmitriy Matveyev. Pandemiya Sankt-Peterburgdagi mehnat bozoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Uy-joy kommunal xizmatlari, umumiy ovqatlanish sohasidagi xodimlar va shaharda obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchilarning asosiy qismini  O‘zbekiston va boshqa yaqin xorijiy mamlakatdan kelgan migrantlar tashkil etardi. Ammo taqiq va cheklovlar kiritilgan keyin ularning ko‘pi vataniga qaytishga shoshildi, yopiq chegaralar tufayli esa qaytib kela olishmaydi.

Uborka snega v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Ishsiz rossiyaliklar migrantlarni mehnat bozoridan siqib chiqara oladimi?

Umumiy ovqatlanish va kadrlar yetishmasligi

Taqiq va cheklovlardan eng ko‘p jabr ko‘rgan uchta soha umumiy ovqatlanish, mehmonxona biznesi va sayyohlik sohalari bo‘ldi. Oxirgi ikki sohada vaziyat o‘ta achinarli, umumiy ovqatlanish esa omon qolishga urinmoqda. Chunki ularga sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda ishlashga ruxsat berildi.

hh.ru kompaniyasi marketing bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, oktabr oyida bo‘sh ish bozoridagi qulash sentabr bilan taqqoslaganda turizm, restoran va mehmonxona sohalarida qayd etilgan – minus 7 foiz. Bu qisman epidemiologik vaziyat sabab joriy qilingan qator cheklov choralari hamda o‘tgan davrda bu sohada xodimlarga bo‘lgan oshgan talabga bog‘liq.

Peterburglik restorator Mixail Feygelmanning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qadar uning xodimlarining 20 foizini O‘zbekiston, Tojikiston, Belarus va Ukrainadan bo‘lgan migrantlar tashkil qilgan.

Vo vremya pandemii ne tolko migrantam ne xvatalo Moskvi, no i Moskve — migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar qadri: Moskvada pandemiya vaqtida qaysi ishchilar yetishmasligi yuzaga keldi

“Bizda bu mamlakatlardan bo‘lganlar nafaqat klining sohasida ishlardi, ular orasida ofitsiantlar ham, ish boshqaruvchilar ham, xosteslar ham, oshpazlar ham bor edi. Hozir xodimlar yetishmasligi juda katta, chunki bizning sohada ko‘pchilik hukumat istalgan vaqtda kafe va restoranlarni yopib qo‘yishidan qo‘rqib ishlashni xohlashmaydi”, - deya tushuntirdi Feygelman.

U pandemiya boshlanishi bilan uning ko‘plab xodimlari vatani O‘zbekistonga ketib qolgani va endi esa ular qayta olmayotganliklarini qo‘shimcha qildi.

Restorator ishonchliroq sohalarni – savdo-sotiq, qurilish yoki xavf kamroq bo‘lgan sohalarni tanlayotganlarni tushunishini tan oladi. Biroq Markaziy Osiyodan bo‘lgan ishchilarsiz uning ahvoli juda og‘ir kechadi. Aynan shu bois u yangi muassasasini to‘liq ravishda ocholmaydi. Qolaversa, restorator o‘zining asosiy loyihasi uchun ishchi kuchi yetishmasligiga duch kelmoqda.

Uning bu sohadagi hamkasbi, Peterburgdagi restoran tarmoqlaridan biri va fitnes markazning xo‘jayini Aleksey Fursov o‘zbekistonliklar unda asosan oshpaz va farrosh bo‘lib mehnat qilishganini ta’kidladi.

Migranti ubirayut sneg v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar yetishmasligi muammosi yuzaga keldi

“Ishchi kuchi yetishmasligi bor. Xodimlar yetishmasligi barcha sohalarda restorandan tortib qurilishgacha kuzatilmoqda. Afsuski, ular o‘rnini rossiyaliklar bilan to‘ldirib bo‘lmayapti – mahalliy kadrlar ham yetishmayapti”, - deydi ishbilarmon.  

Uylarni kim quradi?

Uy-joy kommunal xizmatlari, obodoshlantirish va qurilish sohasida ishlovchi kompaniyalar o‘zlarini ishonganroq his qilishadi, lekin u yerda ham muammolar mavjud. hh.ru marketing bo‘limi ma’lumotlariga qaraganda, oktabrda uy-joy kommunal xizmati sohasida, jumladan, muhandis, energetikachi, hisobchi, boshqaruvchi, huquqshunos hamda o‘rta-maxsus yoki o‘rta ma’lumotli muxatassislar chilangar, santexnik, dispetcher, traktorchi va bo‘yoqchi va hokazolarga bo‘lgan talab o‘sgani kuzatilgan. Fevral oyidagi ko‘rsatgichlarga qaraganda malakali kadrlar 7 foizga, ishchilar esa 30 foizga ko‘proq talab qilinmoqda.

“Pandemiya avj olgan pallada, bozordagi boshqa aksariyat sohalarga o‘xshab, bu sohada xodimlarga bo‘lgan talabning pasaygani qayd etilgandi. Bugungi kunda bitta bo‘sh ish o‘rniga 4,3 ta rezume to‘g‘ri kelyapti. Bu meyoridan bir oz kamligi va umuman olganda kadrlar yetishmasligidan dalolat beradi. Talabgorlar rezumesida so‘ralgan ish haqi 55 ming rubl, soha ish beruvchilari 50 ming taklif qilishmoqda”, - deya qayd etishdi kompaniya ekspertlari.

Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston
Moskva hukumati shaharda mehnat migrantlari kamayganini ma’lum qildi

Sankt-Peterburgda yordamchi ishchilarga bo‘lgan talab yoz oyida o‘sa boshladi. Aprelda fevralga qaraganda pasayish 46 foizni tashkil etdi, ammo iyundan ijobiy tarafga o‘zgardi va hozirgacha davom etmoqda.

Eng ko‘p yuk tushiruvchi, yordamchi ishchilar va yuvuvchilar talab qilinmoqda. Ish ishlarga taklif qilinayotgan o‘rtacha ish haqi 39 ming rubl, bir yil oldin 36 ming rubl edi.

Aleksandr, Sankt-Peterburgda obodoshlashtirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan birining rahbari Sputnik O‘zbekiston bilan suhbatda uning kompaniyasida migrantlar o‘rnini ozroq Rossiya fuqarolari bilan to‘ldirish kuzatilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijliklarning ommaviy ketishidan keyin u kadrlar yetishmasligi muammosiga duch kelgan.

Aleksandr oylik ko‘proq bo‘lishiga qaramasdan migrantlar orasida obodonlashtirish ishlaridagi qiyinligi sabab ishni tashlab ketish yoki intizomsizlari uchrab turishini ma’lum qildi. Ayrimlari bir kun ishga chiqib, keyin chiqmay qo‘yadi. Shu bilan birga mahalliy ishchilar ham intizom jihatdan farq qilmaydi, shu bois ketgan migrantlarning o‘rnini to‘liq to‘ldirib bo‘lmaydi.

Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
“Nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi”: Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi osonlashadi

Bu muammolar tufayli u kunbay ish haqi to‘lashga o‘tgan. Bu ish beruvchiga ishonchsiz ishchilar bilan o‘z vaqtida muammosiz xayrlashishiga imkon beradi.

“Barhayot” kuryerlar

Pandemiyada yutib chiqqan yagona soha bu oziq-ovqat va boshqa tovarlarni eltib beruvchi soha bo‘ldi desa ham bo‘laveradi. Epidemiya sabab ko‘pchilik o‘zini yakkaladi, bu mahsulotlarni uyga onlayn buyurtma berishning o‘sishiga olib keldi.

O‘zbekistonlik migrantlar pandemiyaga qadar bu sohada rossiyalik yoshlar, ya’ni talabalar, turli texnikum o‘quvchilari va maktab bitiruvchilari tomonidan raqobatga duch kelishgan edi. Buni Sputnik O‘zbekiston agentligiga “Yandeks.Taksi” (“Yandeks.Yeda”, “Yandeks.Lavka”) PR xizmati qisman tasdiqladi. Ular ularning kuryerlar soniga o‘quv yili va chaqiruv kampaniyasi jiddiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi.

Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Poletayev: Rossiya hali uzoq vaqt migrantlarga muhtoj bo‘ladi

“Bizda kuryerlar ishlamaydi, biz o‘zini o‘zi band qilganlar va professional xizmatlar bilan hamkorlik qilamiz. Biz talab va taklif muvozanatini ushlab turibmiz, hozircha kadrlar yetishmasligini sezmadik, lekin pandemiyaning mehnat bozoriga bosimini sezapmiz”, - dedi kompaniya vakili.

O‘z navbatida xodimlarni saralash bilan shug‘ullanuvchilar Rossiyaning Shimoliy poytaxtida oktabrda kuryerlik bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘tgan yil oktabriga qaraganda 18 foizga o‘sganini ma’lum qilishdi. Chakana savdo va mehmonxona restoran biznesi sohasida jonlanish bo‘lmoqda. Kuryerlar hozir talab eng yuqori bo‘lgan ishchilardir. Bu sohada ish haqi ham o‘sishi kuzatilmoqda: bir yil ichida deyarli 10 ming rublga o‘sdi.

Bunday sharoitlarda kuryerlar ishi hech bo‘lmaganda pandemiya va mehnat bozoridagi inqiroz yakunlanishiga qadar barqaror va serdaromadli bo‘lib ko‘rinadi.

Yangiliklar lentasi
0