“Bu yutuq”: Rossiya tank jangining yangi texnikasini sinab ko‘rmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishOtkritie mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "Armiya-2017"
Otkritie mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chelyabinsk yaqinidagi poligonlardan birida BMPT “Terminator” tanklari va jangovar mashinalarining birinchi qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Andrey Kos. Qurollangan, himoyalangan va universallar – Chelyabinsk yaqinidagi poligonlardan birida BMPT (tanklarga madadkor jangovar mashina) “Terminator” tanklari va jangovar mashinalarining birinchi qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zlarining salobatli qudratini namoyish etishdi. Bu texnikaning xususiyatlari haqida – RIA Novosti materialida.

Mudofaa vazirligi namoyish etgan videoda “Terminatorlar” asosiy zanjirning biroz ortida, og‘ir zirhli mashinalar o‘rtasidagi oraliqda bormoqda. Tanklar 125 millimetrli quroldan o‘t ochib turgan bir paytda BMPT ekipaji jang maydoni diqqat bilan ko‘zdan kechirmoqda. Askar “dushmanni” ko‘rishi bilanoq  qo‘sh qavat 30 millimetrli to‘pdan o‘t ochadi. “Terminatorlarning” asosiy vazifasi ham shunda: tanklarni granatomotlar bilan qurollangan piyodalar va tank hujumiga qarshi raketa majmuasidan (PTRK) qo‘riqlab pana qilish.

BMPTni ishlab chiqish ishlariga 1980-yillardayoq kirishilgan edi, ammo loyihaga birinchi  chechen kampaniyasidan so‘ng jiddiy ahamiyat berilgan. 1995-yil yanvarida Grozniyning shturm qilishini tanklar piyodalar bilan to‘qnashuvda o‘ta zaifligini ko‘rsatdi. Binolarning yuqori qavatlarida yashirinib yotgan jangarilar federal kuchlarning zirhli texnikasini granatomotlar bilan osonlik bilan yo‘q qilishardi. Shahar janglari uchun katta burchakli vertikal mo‘ljalga oladigan jangovar zirhli mashina lozimligi ayon bo‘ldi.

Ledokol, privezshiy rossiyskix polyarnikov v Arktiku dlya razvertivaniya novoy dreyfuyushey stansii SP-40 - Sputnik O‘zbekiston
"Ruslarda o‘nlab, bizda esa — ikkita": AQSh qay borada Rossiyaga yetolmaydi

Suriyadagi chiniqtirish

BMPTning birinchi prototipi “Obyekt 199 “Ramka” belgisi ostida 2001-yilda paydo bo‘ldi. Bu mashinaning taqdiri oddiy emas. Mudofaa vazirligi uzoq yillar davomida turli sabablarga ko‘ra – asosan moliyaviy – uni qurollanishga qabul qilishdan bosh tortib keldi.

BMPTning bitta rotasini tuzish rejalashtirilgan edi, ammo qo‘shinlar bu texnika ega bo‘lmadi. Qo‘mondonlik yangi mashinalar xarid qilishdan hamda bu loyiha bo‘yicha eskirgan tanklarni o‘zgartirishdan bosh kechishini ma’lum qildi. 10 ta BMPT Qozog‘istonga sotildi.

Shunga qaramasdan “Terminatorlar” turli xalqaro qurol ko‘rgazmalarida muntazam namoyish qilib kelingan. 2017-yil yozida bir necha BMPT Suriyaga jo‘natildi. Harbiylar “Terminatordan” mamnun bo‘lishdi. BMPTlardan ID* jangarilariga qarshi hujumlarda faol qo‘llanilgani xabar qilindi.

Mudofaa vazirligi “Terminatorlarni” qurollanishga olishga qaror qildi. 2018-yilda yangi mashinalar hatto Qizil maydondagi G‘alaba paradida ishtirok etdi. Tez orada texnika harbiy qismlarga, xususan, 90-gvardiya tank diviziyaga olib kelindi. Keyingi xarid to‘g‘risidagi qaror tajribaviy va jangovar foydalanish yakuniga ko‘ra qabul qilinadi.

Rossiya i Tursiya proveli sovmestnoe patrulirovanie v siriyskoy provinsii Aleppo-Latakiya - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb birinchi marta ruslarning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatini tan oldi

Universal askar

“Terminator” T-72 jangovar tank negizi asosida qurilgan. BMPT tankka qarshi piyodalarga bardoshli deb hisoblanadi. Ekipaj besh kishidan iborat. Bu, birinchi navbatda, “Terminator” tom ma’noda tish-tirnog‘icha qurollangani bilan bog‘liq. BMPT bu o‘ziga xos “quruqlikdagi esmines”.

Asosiy qurol qo‘shaloq 30 millimetrli avtomatik to‘p 2A42 900 dona o‘qlari bilan. Quroldan tashqari bashnyasida ikkita zirhli qoplamalar bor. Har birida ikkitadan transport-qidiruv konteynerlari bor. Ular “Ataka” 9M120-1 tank hujumiga qarshi raketalar bilan boshqariladi. Korpusining oldi qismida ikkita AG-17D avtomatik granatomotlar majud. Ular piyodalarga qarata parchalanadigan o‘q-dorilar yordamida o‘t ochishga xizmat qiladi.

Ekipaj bu qurol-yarog‘lardan “Ramka” zamonaviy o‘tni boshqarish avtomatik tizim tufayli samarali foydalanadi. Mo‘ljalga oluvchining nishoni tunu kun ishlash uchun barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan.

Tanki T-14 Armata - Sputnik O‘zbekiston
Armata eksportga ketmoqda: Rossiyaning eng yangi T-14 tankini kimlar sotib olishga tayyor

Loyiha kelajagi

BMPTning birinchi variantlarini ekspertlar tez-tez tanqid qilashardi. Asosiy kamchiliklardan biri sifatida “Terminatorning” xira “ko‘rishi” ko‘rsatilardi. Yangi mashinalar jang maydonida og‘ir zirhli mashinaga qaraganda ko‘proq narsani ko‘ra olishi mo‘ljallanardi. Ammo kuzatish vositalari va nishonga olish majmualari oldingi BMTP va asosiy jangovar tanklarda mutlaqo bir xil edi. Buning ustiga ko‘pchilik “Terminatorlar” jang maydonida zirhli texnikaning asosiy himoyachisi sifatida piyodalar o‘rnini to‘liq egallashiga shubha qilardi. Ammo BMPTning zamonaviy versiyalari ko‘zlari “yanada o‘tkirlashdi”.

Perspektivnaya rossiyskaya boyevaya bronirovannaya mashina na baze universalnoy gusenichnoy platformi «Armata” T-15 na vistavke «Armiya Rossii – zavtra” v ramkax IV Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma «Armiya-2018» v Kubinke - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun og‘ir BMP T-15 "Armata" dunyodagi eng yaxshisi

Mudofaa vazirligi kadrlariga qaraganda, harbiylar birinchi “Terminatorni” afzal bilishgan. 2013-yilda taqdim etilgan ikkinchi variant qamroq qurollangan. Undan avtomatik granatomotlar olib tashlangan va ekipaj a’zolari uch kishigacha qisqartirilgan. Rossiyalik buyurtmachida bu modernizatsiya qiziqish uyg‘otmadi, lekin Aljirda xaridorlar topildi. U yerda 300 dona “Terminator-2” BMTPga buyurtma berishdi.

“Terminator-3” qachon paydo bo‘lishi hozircha noma’lum. 2016-yilda “Uralvagonzavod” bosh direktori Oleg Siyenko RIA Novostiga korporatsiya eng yangi “Armata” platformasi negizida yangi mashinalar, jumladan, havo hujumiga qarshi, og‘ir zirhli texnikani rivojlantirish kopsepsiyasini ishlab chiqqanini ma’lum qilgandi. Ular qatoriga BMPT ham kiradi. Bo‘ljak mashina haqida hozircha ma’lumotlar oz. Lekin 30 millimetrli to‘p o‘rniga yanada kuchliroq 57 millimetrli qurol o‘rnatilishi haqida ham xabar qilingan edi.

* "Islom davlati" - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0